Navoiy viloyati Xatirchi tuman 5-umumiy o'rta ta'lim maktabi 2-“B” sinfning past o'zlashtiruvchi o’quvchisi Shodiyev Tohirga
Tavsifnoma
2-“B” sinf o'quvchisi Shodiyev Tohir kamgap va biroz uyatchang bola. Ko'p hollarda atrofidagi voqealarga etiborsiz, fikrlari tarqoq, aniq maqsadni ko'zlay olmaydi, sinfdosh o'rtoqlari bilan ham ko'p vaqt chiqisholmay qoladi, yolg'izlikni maqul ko'radi. Yoshlik davridan faqatgina ingliz tiliga emas boshqa fanlarga ham qiziqishi kam, o'z-o'ziga talabchan va mas'uliyatli emas. Shunga qaramay, hulqi yaxshi, darslarga muntazam qatnaydi. O'qituvchi bu o'quvchi bilan qo'shimcha ravishda ishlashi darslarni u o'zlashtiradigan darajada yengillashtirib o'tishi va yengil topshiriqlar berish orqali uning faolligini oshirishi kerak . Bu o'quvchi ingliz tilida so'zlasha oladiganlarga havas qiladi, lekin o'zi yetarli darajada bilimga ega emasligi uchun dars davomida mashqlarni bajara olmaydi. Bunga sabab unga qo'shimcha e'tiborning kamligi va ko'pchilik orasida gapirishga uyalishi, tortinchoq ekanligi deb topdim. Hozirda umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari DTS lari bo'yicha 2- sinf o'quvchisi uncha qiyin bo'lmagan so'zlarni yod olgan bo'lishi sodda- sodda gaplar tuza olishi o'zi haqida qisqa va sodda ma'lumot bera olishi kerak. Shunday ekan, bu o'quvchiga darslarni o'zlashtirish bilan bir qatorda, yuqoridagi mezonni uddalashga ham ko'maklashish lozim. Buning uchun u sinfning ilg'or o'quvchilari bilan ko'proq muloqotda bo'lishi, darsdan bo'sh vaqtlarda birgalikda ishlashi maqsadga muvofiq bo'ladi. Endigina til o'rganish jarayoniga kirib kelayotgan o'quvchini bu jarayonga qiziqtirish va jalb etish eng asosiy vazifa hisoblanadi.
Tavsifnoma beruvchi talaba: ---------- Z.Nurullayeva
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 5-umumiy o'rta ta'lim maktabi 2-“B” sinfning yaxshi o'zlashtiruvchi o'quvchisi Imomnazarov Sherzodga
Tavsifnoma
2-“B” sinf o'quvchisi Imomnazarov Sherzod bilimli, ijodkor va boshqalarga nisbatan iqtidorli o'quvchi. Barcha fanlarni yaxshi o'zlashtiradi va a'lo baholarga o'qiydi. Shuningdek, dunyo qarashi keng o'z fikrini boshqalarga erkin tushuntirib bera oladi, jamoat ishlarida, tadbirlarda, bilimlar bellashuvida ham faol qatnashadi. O'z ona tilidan tashqari ingliz va rus tillarini biladi va o'rganish jarayonini davom ettirmoqda. O'z ustida doimiy ravishda ishlashi tufayli so'z boyligi yuqori. Mustaqil ravishda sodda gaplarni tuza oladi, o'zi haqida qisqacha bo'lsa ham ma'lumot bera oladi. O'qituvchilari va sinfdoshlari bilan yaxshi aloqada, tarbiyali o'quvchi. Dars jarayonlariga muntazam qatnashadi, darsliklar bilan cheklanib qolmay, zamonaviy komputer texnalogiyalaridan ham foydalana oladi. Word kabi dasturlarda ishlash ko'nikmasi mavjud. Yoshligidan musiqa to'garagiga borganiligi uchun dutorni juda ham ajoyib chala oladi. Musiqa yo'nalishida bir necha tadbir va musoboqalarda olgan faxriy yorliq va diplomlari ham mavjud. Ingliz tili bilan ko'p vaqt shug'ullanganligi va bu fanga yuqori qiziqishi tufayli, ingliz tilida o'qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish qobiliyati sinfdoshlariga qaraganda yuqori. O'zi mustaqil ravishda mavzuni o'zlashtiradi va darsni tashkillay oladi. Xotirasi juda ham yaxshi rivojlanganligi uchun ingliz tilidagi qisqacha yozilgan hikoyalarni eslab qolib mazmunini ayta oladi. Mas'uliyatli o'quvchi sifatida o'z kelajagi haqida qayg'uradi va bu tilni yaxshi o'zlashtirib oliy o'quv yurtida o'qishini davom ettirishni, kelajakda malakali kadr bo'lib yetishishni xohlaydi.
Tavsifnoma beruvchi talaba: ---------- Z.Nurullayeva
Do'stlaringiz bilan baham: |