jarayonlar natijasida paydo bo’ladi. Ayniqsa, qumtosh, gil, karbonatlar ichida R2O5 ning miqdori
bo’lgan organizmlar qoldigining to’planishidan organogen jinslar hosil bo’ladi. organogen jinslar
sergovak bo’lib, suvda eriydi, tashki kuch ta'sirida siqiladi. Bu guruhdagi jinslarga kremniyli jinslar
- diatomit, trepel, opoqa va kaustobiolitlar - tosh ko’mir, qo’ngir ko’mir, antrotsit, ozokerit,
Diatomit - bo’shroq tsementlangan diatom suv o’tlaridan tarkib topgan, sergovak, oq, och
ko’lrang sargish kremniyli jins. Har doim tarkibida gil loyqalari uchraydi. Kremniyning miqdori 80
-95 % ni tashkil etadi.
Tryepyel tashqi ko’rinishidan diatomitdan uncha farq qilmaydigan, oq, och kulrang yoki
sarg’ish tusli, ko’lda tez uqalanadigan, namni o’ziga tez yo’tuvchi kremniyli jins. Trepel yengil,
tuproqsimon jins bo’lib, gil zarralari bilan aralashgan opal mineralidan tarkib topgan. Hajmiy
og’irligi 250 - 1000 kgG`m3 .
Opoka trepelga nisbatan zich va qattiq, och hamda to’q bo’zrangli, g’ovakli jins. Tarkibi
asosan, opal minerali zarrachalaridaan iborat bo’lib, ba'zan bunga juda ko’p qum kremniyli
organizm qoldiqlari aralashgan bo’ladi.
Ko’mir tarkibidagi uglerod strukturasi va miqdoriga ko’ra ko’ngir ko’mir, toshko’mir va
antratsitga bo’linadi.
Ko’ngir ko’mir tarkibida 69 % karbon bo’lib, qolgan qismi vodorod, kislorod, azotdan iborat.
U tarkibida o’simlik qoldiqlari saqlangan torfning tosh ko’mirga o’tish bosqichida to’planadi. U
qo’ngir-qora, qo’ngir-jigarrang bo’lib, yahshi maydalanadi.
Toshko’mir tarkibida karbon 80%, kislorod 13%, vodorod 5%, azotning miqdori juda ham
kam. Tuzilishi zich, qo’ngir ko’mirga nisbatan qattiq, sirti moylangandek, yaltiraydi, rangi qora,
qoramtir kulrang.
Antratsit tarkibida 95 % karbon bo’lib, qolgan qismi kislorod va vodoroddan iborat. Uning
tarkibida azot juda oz bo’ladi. toshko’mirga nisbatan juda ham qattiq bo’lib, tuzilishi zich va qat-
qat,juda yaltiroqdir. Rangi qora bo’lib, ko’lga yo’qmaydi.
Nyeft-mutloq himiyaviy tarkibga ega bo’lmagan murakkab, o’ziga hos hidli suyo’qlik. Neft
parafin, naftalin va aromatik qatoriga qiruvchi suyo’q uglevodorodlarning aralashmasidan iborat.
Bundan tashqari neft tarkibida ozroq oltingugurt, azot, neft kislotasi, suv noorganik moddalar
aralshmasi ham bo’ladi. u sargish, yashil, qo’ngir rangli bo’lib, moyga uhshab yaltiraydi. Neft
tabiatda tarqalgan hamma geologik davr yotqiziqlari ichida uchraydi.
Asfalt (tog simolasi) - qo’ngir-qora rangli bitumsimon jins. Himiyaviy tarkibi 80% karbon, 10%
kisloraddan iborat. Zichligi 1 - 1,23 . Rangi qora bo’lib, smoladik yaltiraydi, bitumning hidini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: