Kimyoviy cho’kindi tog’ jinslari. Kimyoviy tog’ jinslari eritmalardagi kimyoviy moddalarning
cho’kishidan hosil bo’ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, qurib borayotgan suv
xavzalarida, sho’r suvli buloqlarda kuzatiladi. Kimyoviy tog’ jinslariga oxaktosh, dolomit, angidrit,
gips osh tuzi kiradi.
Oshtuzi - qatlamlar xolida sho’r kullar va dengiz kultiklaridagi yotkiziklar orasida uchraydi.
Osh tuzining rangi hosil bo’lish sharoitiga va tarkibidagi aralashmalarga qarab, oq, sariq, qizil, havo
rang bo’ladi. Suvda oson eriydi. Asosan u galit (NaCl) mineralidan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |