Gips va angidrit bug’lanish kuchli bo’lgan va suvi oqib chiqib ketmaydigan dengiz
qo’ltiqlarida tuzlarning cho’kishidan hosil bo’ladi. Gips mayda donli zich yoki tolasimon oq,
kulrang, sariq rangdagi jinsdir. Xajmiy og’irligi 2200 kgG`m3. mustaxkamligi 20MPa
Oxaktoshlar juda keng tarqalgan cho’kindi tog’ jinsi hisoblanadi. Ularning tarkibiga kaltsit
qisman dolomit minerali xam kiradi. Asosan oxaktoshlar kaltsiy karbonatdan tarkib topsada kvarts,
pirit, gil aralashmalari xam uchraydi. Shunga ko’ra - kulrang, oq, sariq yoki qo’ng’ir tusli xillari
uchraydi. Tuzilishiga ko’ra loyqa aralashsa loyqali, qum aralashsa ko’li, dolomit aralashsa
dolomitli, kremniy aralashsa kreniyli oxaktosh deb ataladi. Hosil bo’lishiga qarab organogen,
xemogen, chaqiq va aralashma oxaktoshlar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |