Platforma qoplamasi - platformalarning yuqori qurilma qavati, asosan cho’kindi jinslardan
tashkil topgan, kristallashgan (qadimgi platformalarda) yoki burmalangan (yosh platformalarda)
asos ustida yotadi. Ba'zan qoplama tarkibida magmatik maxsulotlar uchraydi. Platforma
qoplamasining metamorfizmga uchramagan jinslari deyarli gorizontal xolda yotadi; u platforma
asosida keskin nomuvofiqlik va stratigrafik tanaffus orqali ajraladi. Yosh platformalarda tanaffus
vaqti uncha uzoq emas. Ko’pincha platforma asosi va qoplama orasida oraliq kompleks jinslari
yotadi, bu ba'zi bir yosh platformalarga ayniqsa xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |