MA'RUZA № 27
GIDROGEOLOGIK IZLANISH USULLARI
Turli gidrogelogik sharoitda utkaziladigan gidrogeologik kidiruv ishlari uziga xos
xususiyatlarga ega. Suvli gorizont turiga karab gidrogeologik kidiruv ishlarining tarkibi, xajmi,
uslubiyati turlicha buladi.
Bu xususiyatlarni yer osti suvlarining asosiy turlarini, ya'ni buloklar daryo voxasidagi yer osti
suvlari, tog oldi rayonlaridagi yer osti suvlari va katlamlar orasidagi bosimli suvlarni (artezian
suvlarni) kidirish misolida kurib chikamiz.
Buloklarni kidirish 1:50000 masshtabli gidrogeologik s'yomka yordamida bajariladi. Bunda
asosan bulok suvining sarfi, ximiyaviy tarkibi, xarorati va boshkalar urganiladi. Katta buloklar
chikadigan uchastkalarda burg kuduklari kovlanadi, bunda suvli tog jinslarining geologik-litologik
tuzilishi aniklanadi, geofizik ishlar yordamida rayonning umumgeologik tuzulishi urganiladi,
suvning yer gorizontiga chikish maydonlari belgilanadi. Bularning rejimi batafsil urganilib, suv
ta'minoti uchun yarokliligi baxolanadi. Yirik buloklarni kaptaj kilish (ekspluatatsiyaga
moslashtirish) tasdiklangan suv zaxiralari asosida olib boriladi.
Daryo voxalaridagi yer osti suvlari tulik gidrogeologik ishlar kompleksi yordamida kidiriladi.
Bu narsa allyuvial tog jinslari yer osti suvlariga boy bulishi bilangina emas, balki bu yotkiziklar
tarkibining va filtratsion xossalarining uzgaruvchanligi bilan boglikdir. Daryo voxasidagi grunt
suvlarini urganishda bu suvlar bilan daryo suvlari urtasidagi boglanishni aniklash katta axamiyat
kashf etadi, bu esa uz navbatida yer usti suvlari xisobiga yer osti suvlarining ifloslanish darajasini
aniklashga imkon beradi.
Gidrogeologik kidiruv ishlari uch boskichda olib boriladi: kidirish ishlari, dastlabki razvedka va
mufassal razvedka, yaxshi urganilgan rayonlarda esa dastlabki razvedka va mufassal razvedka
boskichlarida olib boriladi. Bunda markaziy burg kudukdan suv chikarilib, ikki nur buyicha
joylashgan 4 - 5 ta kuzatish kuduklarida yer osti suvlari satxining uzgarishi urganiladi. murakkab
tabiiy sharoitga ega bulgan rayonlarda bir necha oy davomida tajriba-ekspluatatsion suv chikarish
ishlari olib boriladi. Geofizik usullardan bu boskichda keng foydalaniladi.
Mufassal razvedka boskichida olib boriladigan ishlar suv olish inshooti sxemasini kuzda tutgan
xolda olib boriladi.
Doimiy okar suvlarga ega bulgan daryo voxalarida suv olish inshootlari daryo kirgogiga parallel
ravishda, shaxar va kishloklardan yukoriga tomon (okimga karshi) joylashtiriladi. Mufassal
razvedka boskichida burgulangan kuduklar orasidagi masofa bir necha un metrdan bir necha yuz
metrgacha bulishi mumkin, bu rayon tabiiy sharoitining murakkabligiga boglik. Kamdan-kam
xollarda suvolish inshooti allyuvial suvli gorizont tarkalgan maydonda bir tekis joylashtiriladi.
Buning sababi shundaki, daryo suvlarining sarfi vakt davomida bir xil bulmaydi. Mufassal razvedka
ishlarida xal kilinadigan asosiy masalalardan biri suv olish inshootini tashkil etuvchi burg
kuduklarining uzaro ta'sirini aniklash. Bu masalani xal kilish maksadida birdaniga 2 va 4 ta
kudukdan suv chikariladi. Xamma xollarda statsionar rejimli kuzatish ishlari olib boriladi.
Tog yon bagirlaridagi suvli gorizontni urganish uchun butun maydon buylab mufassal
gidrogeologik s'yomka ishlari olib boriladi. Burg kuduklari yer osti suvlari okimi yunalishi buyicha
toglik rayondan tekislikka karab va unga perpendikulyar ravishda joylashtiriladi.
Bunda chizikli tipdagi suv olish inshootining uzunligi 20 - 30 km ga yetadi. Kidirish uchun
muljallangan burg kuduklarining uzunligi 200 - 300 m ni ba'zan 600 m ni va undan ortikrokni
tashkil etishi mumkin, bu suvli gorizontning kalinligiga boglik. Burg kuduklari kovlanib
bulingandan sung suv chikarishning xamma turlari (bitta burg kudukdan; burg kuduklar
gruppasidan, bir necha burg kudukdan baravariga tajriba-ekspluatatsion suv chikarish) utkaziladi.
Tog oldi rayonlari yer osti suvlarining rejimi juda uzgaruvchanligi sababli, yer osti suvlarining
rejimi uzok vakt urganiladi. Agar gidrogeologik sharoit yaxshi urganilgan bulsa, yer osti suvlarini
tekshirish ikki boskichda olib boriladi: dastlabki va mufassal. Kup xollarda bu ikki boskichni
kushib, suv olish inshootini loyixalash bir boskichda olib boriladi.
Artezian suvlarining urganilganligi darajasiga karab kidirish ishlari uch, ikki (dastlabki va
mufassal) boskichda olib boriladi yoki bir (mufassal) boskichda olib boriladi.
Yaxshi urganilgan platforma tipidagi artezian xavzalarida gidrogeologik s'yomka ishlari
utkazilmaydi.
Mufassal razvedka ishlari uchun uchastkalar geologik va gidrogeologik materiallar asosida
tanlab olinadi. Tanlangan uchastkalarda chukurligi 200 - 300 m, ba'zan 800 m va undan chukur
bulgan burg kuduklari kaziladi. Xar bir kudukdan tajriba uchun suv chikarish ishlarining xamma
turlari olib boriladi. Xar bir kudukda geofizik ishlar tulik utkazilishi shart.
Boshlangich davrda xamma bosimli suvli gorizontlar urganiladi. Mufassal razvedka boskichida
esa fakat istikbolli suvli gorizont urganiladi. artezian xavzalarida suv olish inshooti maydon tipida
joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |