,,TIANCHEN NAVOIY” xususiy korxonasi. Men malakaviy o’quv tanishuv amaliyotida ,,TIANCHEN NAVOIY” xususiy korxonasida o’tadim. ,,TIANCHEN NAVOIY” xususiy korxonasida-har xil ichimliklar, shirinliklar, tez ayniydigan mahsulotlar uchun vetrina muzlatgichini ishlab chiqaradigan korxona hisoblanadi. Amaliyotni boshlashdan avval men korxona bilan tanishdim so’ngra menga yuklatilgan o’qituvchi bir boshdan texnika xavfsizlikgi, elektr xavfsizligi, yong’in xavfsizligi haqida tushuntirish berdilar. Keyin kasbga doir muhim asboblar-uskunalar bilan tanishtirib chiqdilar. Bular quyidagicha: bolg’a, ombur, atverka, metr, shtangensirkul, direl, balgarka va h. k. Ishlab chiqarish sexida ikkita dastgoh bilan tanishdim va e’tibor bilan ishlash jarayonini kuzatib bordim. 1-ZG-3 GB491-65-metall listlarni kesish dastgohi; 2-WC67Y metal listga ishlov berish dastgohi. Bu korxonani ishlab chiqarishida judayam muhim mahsulot metal list hisoblanadi. Metall listning ham o’lchamlari mavjud vetrina muzlatgichlari uchun 0.4 mm 0.6 mm 0.8 mm metal listlar ishlatilar ekan. ZG-3GB491-65- bu dastgoh bilan asosan metal listlarni kesadi barcha kesiladigan listlar o’lcham asosida qilinadi. WC67Y bu dastgohda asosan metal listlarni har hil graduslarda qayiradi ya’ni ishlov beradi bu ham ma’lum bir aniq gradusda qayriladi. Bu muzlatgichlarni boshdan oyoq ko’tarish uchun har hil profillardan foydalaniladi bular 2x2, 2x6 o’lchadagi profillar ishlatiladi. Ishlab chiqarish sexidagi ZG-3GB491-65 va WC67Y bu 2 ta dastgohdan foydalanishda texnika xavfsizlik qoidalariga judayam rioya qilgan holatsda ishlash kerak. Bu vetrina muzlatgichlaqrini yig’ishda sexda o’rnatilgan yarim avtomat kontakli payvandlash qurilmasi kerak buladi. Yarim avtomat kontakli payvandlash qurilmasida simni qalinligi muhim 0.8-1 mm gacha buladi va asosan nerjavika va cherniyashka simlar ishlatiladi. Bu apparat 380 v tok kuchida ishlaydi va markasi Jasic deb nomlanadi.
Yarim avtomat kontakli payvandlash qurilmasini foydalanishda zarur bo’ladigan maxsus kiyim va bosh kiyim kiyib ishlash maqsadga muvofiq buladi. Ishlab chiqarish sexidagi ZG-3GB491-65 va WC67Y bu 2 ta dastgohdan foydalanishda texnika xavfsizlik qoidalariga judayam rioya qilgan holatda ishlash kerak. Keyin ishlatib bo’lgach dastgohlarni o’chirishni sedan chiqarmaslik kerak. Dastgohlarnini kesadigan pichog’ini har 4-5 kunda moylab turish lozim. Shunaqa qilinsa ishlash unumdorligi oshadi va dastgohlarni ishlatish uzoqqa boradi. Har bitta ishlab chiqarilgan muzlatgich uchun judayam kuchli e’tibor berilib yasaladi. ,,TIANCHEN NAVOIY” korxonasi o’zi ishlab chiqargan muzlatgichlar uchun 3 yil kafolat va texnik ko’ssatishni qilib beradi. ,,TIANCHEN NAVOIY” korxonasi muzlatgichlardan tashqari oshxonalar uchun mo’ljallangan turli xil stullarni ham ishlab chiqarar ekan, ishlab chiqarishda o’zim guvohi bo’lib stollarni ishlab chiqarishni o’rgandim. O’zim ishlab chiqargan vetrina muzlatgichklarni va oshxona uchun mo’ljallangan stollarni ko’plab joylarga joylashtirib keldim. Ishlab chiqarish sexida ish yakunlangach dastgohlarni o’chirish kerak, qo’shimcha elektr asboblarini o’chirib joylashtirish lozim va hammasini o’chirilganligiga ishonvch hosil qilib sexdi tozalab ertangi ish kuni uchun tayyor holatda qilib ketish kerak. Men bu ishlab chiqarish sexidan judayam ko’p va hayot uchun kerakli maslahatlar, mahsulotni sifatiga e’tibor berib ishlab chiqarishni o’rgandim. Men shunaqa ahil insonlar bilan amaliyotni o’taganimdan mamnunman.
Do'stlaringiz bilan baham: |