Ona tili va adabiyot fani metodbirlashmasi rahbari: Yuldosheva M. Navoiy shahar 2- umumiy o`rta ta’lim maktabi Ona tili va adabiyot yo‘nalishi metodbirlashma rahbari Yuldosheva Ma’mura G`aybulloyevna tomonidan umumta’lim muassasasida belgilangan fan oyligi tashkil etilganligi to‘g‘risida ma’lumot Navoiy shahar 2-maktabda ona tli va adabiyot fani oyligini o`tkazish bo`yicha NSHXTB ning chora -tadbiri asosida maktabning 2021-yil 2-oktyabrdagi chora-tadbiri ishlab chiqildi.
2021-yilning 30-sentyabr kuni maktab fayesi fan oyligiga mos qilib bezatildi. 20121yilning
2-oktyabrida maktab fayesida fan oyligining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. 4-6-oktyabr kunlari esa barcha sinflardan kirish testlari olindi. Kirish testlarining natijalari quyidagicha bo`ldi:
5-sinflar - 70%
6-sinflar -84%
7-sinflar -84%
8-sinflar -81%
9-sinflar -75%
10-sinflar -75%
11-sinflar -85%
Ushbu kirish testlari asosida o`quvchilar bilimidagi quyidagi bo`shliqlar aniqlandi:
5-sinf- “So`zlarning tuzilishi”, “Ezopning hayoti va ijodi”.
6-sinf – “Matn turlari”
7-sinf – “Olmoshlar mavzusini o`rganish”
8-sinf- “So`z birikmasi
9-sinf- “Kesim va uning turlari”, “Alpomish dostonini o`rganish”
4-15-oktabrda o`‘quvchilar o‘rtasida “O`zbek tilim-iftixorim” mavzusida chelenj, “Qadring baland bo`lsin, ona tilim”, “Ona tilim-faxrim, g`ururim”, “Tilga e`tibor-elga e`tibor”kabi mavzularida insholar tanlovini o ‘tkazildi. Tanlovda 9-10-11-sinf o`quvchilari ishtirok tishdi. 10-“E” sinf o`quvchisi Zayniyeva Munisa 1-o`rinni egallab , shahar bosqichida ishtirik etdi. Insholar tanlovining shahar bosqichida faxrli 2-o`rinni egalladi.
2021-yil 6-oktabr kuni targ`ibotchi yozuvchi A.Hasanov ijodkor o`quvchilar bilan “Tilga ehtirom-millatga ehtirom” mavzusida ijodiy davra suhbati o`tkazdi.
2021-yilning 8-oktyabrida ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Bibitova Zulxumor 9-sinf o`quvchilari bilan “Yoshlar ma’naviyatining shakllanishida ona tilining o`rni va ahamiyati” mavzusida davra suhbati o`tkazdi. Davra suhbatini MMIBDO` Bibitova Z.B. olib bordi. U “Yoshlar ma’naviyatining shakllanishida ona tilining o`rni va ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi o`z ma’ruzasida o`zbek tilining rivojlanish tarixi, unga davlat tili maqoming berilishi, o`zbek tilining yoshlar ma’naviyatining shakllanishidagi o`rni haqida gapirdi. O`z nutqi davomida o`quvchilarga savollar berib ularni bahs -munozaraga chorladi. O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o`tdi. O`quvchilarni ona tilida so`zlashganda uning sofligini saqlashga chaqirdi. Ona tilini buzib talaffuz qilish, har xil chet tildagi so`zlarni qo`shib gapirish tilga bo`lgan hurmatsizlik ekanini uqtirdi. So`ng o`quvchilar ona tili haqidagi she’rlardan yod aytishdi. Davra suhbati qizg`in o`tdi, o`quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
2021-yilning 13-oktyabrida ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Shamsiyeva Sanobar “Alisher Navoiyning hayoti va ijodi” mavzusida adabiyot fanidan 10-“F” sinfda ochiq dars o`tdi.
2021-yilning 13-oktyabrida ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Qurbonova Orzigul “so`roq olmoshlari” mavzusida ona tilidan 6-“F” sinfda ochiq dars o`tdi.
2021-yilning 14-oktyabrida ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Temirova Guljon “Harakat va holat fe’llari” mavzusida ona tilidan 6-“E” sinfda ochiq dars o`tdi.
2021-yilning 16-oktyabrida ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi O`tamurodova Gulchehra “Alisher Navoiyning hayoti va ijodi” mavzusida adabiyot fanidan 8-“A” sinfda ochiq dars o`tdi.
2021-yilning 18-oktyabrida ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Faxriddinova Risolat “O`zbek tilining imlo lug`ati” kitobining taqdimotini o`tkazdi.
2021-yilning 20-oktyabrida O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlab“Bag`ri kenglik timsolisan –o`zbek tilim!” mavzusida shahar seminar tashkil etildi/ Seminarda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
9:00-9:35-mehmonlarni kutib olish