4-sinf
Lug`at diktant
Ta`til, reja, oromgoh, soya-salqin, chiniqmoq, majmua, yovvoyi, qirg`oq,
tabiat, qayiqcha, taassurot, poytaxt, qadimiy, ko`rkam, mehmonxona.
Mehribon, hunar, jahon, mehnat, suhbat, hayvon, handalak, behi, xat,
husnixat, hovli, olxo`ri, xo`jalik, halol, hisob, xaridor, xayr.
Avtomobil, agronom, anhor, aeroport, manzilgoh, aholi, yuk, baxtli,
boychechak, bug`doy, davolamoq, direktor, jamoat, juft, imtihon.
15
Muhandis, yilnoma, fazogir, kutubxona, mashhur, mashaqqat,
makkajo`xori, nishon, metal, mukofot, musicha.
Muhim, na`matak, nihol, nomzod, kema, to`lovchi, poytaxt, sur`at,
tuman, mushak, san`at, nastarin, sochiq, tashakkur, ta`zim, tanaffus, telefon,
tuxum.
Farzand, faxrlanmoq, xabar, xavf, xashak, xizmat, xirmon, xohlamoq,
xushchaqchaq, haydovchi, shudring, sayohat.
Elak, qahramon, qarmoq, qurbaqa, havaskor, hazil, hayot, halol, hamma,
harakat, hafta, hukumat, hurriyat.
Yaxshi bola, oq paxta, katta bino, sariq qalam, yorug` xona, shirin meva,
nordon olcha, toza havo, mehnatsevar kishi.
4-sinf, 20-xona, 44-maktab, 12-yanvar, 22-fevral, 18-mart, 2-may, 2016-
yil, 1-sentabr, 20 kishi, 4 ta qalam, 6 ta daftar, 55-xonadon.
Jahongir – Amir Temur. Kelajak avlod – yoshlar. Mo`yqalam sohibi –
rassom. Sahro kemasi – tuya.
Mehribon, hunar, jahon, mehnat, suhbat, hayvon, handalak, behi, xat,
husnixat, hovli, olxo`ri, xo`jalik, halol, hisob, xaridor, xayr.
Tekshirish diktanti
O`zbekiston-go`zal diyor
Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug`ilib o`sdim. O`zbekiston
juda go`zal diyor. O`zbekistonda go`zal bog`lar, yuksak tog`lar, bepayon
dalalar, zilol suvlar, zamonaviy qishloqlar va bir-biridan go`zal shaharlar ko`p.
O`zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo`lib, go`zallikda tengi yo`q.
O`zbekistonning poytaxti - Toshkent shahri. Toshkent juda ko`hna va
qadimiy, shu bilan birga zamonaviy shahardir.
Toshkent shahri respublikamizning yuragi hisoblanadi. Shu zaminning
munosib farzandi bo`lib yashaylik
.
Topshiriq:
Qayer ? so`rog`iga javob bo`luvchi so`zlar tagiga chizing .
16
Tilga e`tiborsiz – elga e`tiborsiz.
Har bir millatning o`zi tushunadigan tili uning ona tilisi hisoblanadi va bu
til unga bir umr xizmat qiladi, atrofdagilar bilan muomala vazifasini o`taydi.
Yurtimizda turli millat vakillari tinch va ahil yashab kelmoqdalar. Ular o`zbek
tiliga , milliy an`analariga hurmat yuzasidan ularni o`rganib kelishmoqda.
Tilimiz so`zlarga juda boy . Faqat biz ulardan to`g`ri va o`rinli
foydalanishimiz kerakligini unutmasligimiz kerak.Bir birimiz bilan
so`zlashganda qo`pollik qilmasdan , baqirmasdan so`zlashishimiz, so`zlarni
to`liq talaffuz qilishimiz kerakligini yodimizda tutaylik . Har bir so`z o`z
ma`nosiga ega.Agar ularni buzib aytsak, fikrimizni to`liq ifoda eta
olmasligimiz , yoki suhbatdoshimiz bizni tushunmay qolishi mumkin.
Davlat bayrog`i
O`zbekiston Davlat bayrog`i 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan .
Davlat bayrog`i hamma uchun muqaddas va uni e`zozlab asraymiz. Bayroqlar
odatda gazlama parchasidan tikiladi. Bo`yi enidan uzunroq bo`lib, ranglari va
naqshlari ham turlicha bo`ladi.
Bizning ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab , o`zlarining
bayroqlariga ega bo`lganlar va uni behurmat qilishga hech kimga yo`l
qo`ymaganlar. Chunki bayroqni behurmat qilish , uning xalqini behurmat
qilish bilan barobar bo`lgan.Shuning uchun turli xalqaro musobaqalarda davlat
bayrog`lari olib kiriladi va g`olib bo`lganlar sharafiga yuqori ko`tariladi.
Nurotaning nur qal’asi
Nur qal’asi mashxur nur chashmasining ustki qismida suv boshiga egalik
qilish, dushman qamaliga bardosh berish maqsadida qurilgan. Qal’aning ichki
qurilishlari yaxshi saqlanmagan. Qal’aning eng baland minorasi bo‘lgan
kuzatuv maskanidan to‘rt tomon yaqqol ko‘rinib turgan. Kuzatuv punkti 26×26
metrni tashkil etadi. Kuzatuv punkti va ark 12 metrli usti yo‘lak bo‘lgan qalin
paxsa devor bilan tutashtirilgan. Devorning qalinligi taxminan 14-16
metrgacha bo‘lgan.
17
Buyuk mutafakkir
Alisher Navoiyning ulug`ligi yozib qoldirgan asarlarida, betakror
obidalarida oz aksini topgan .Turli sohadagi iste`dodli kishilarga o`z shaxsiy
jamg`armasidan homiylik qilib, o`nlab san`at asarlarini yaratishga o`z hissasini
qo`shgan. Shulardan biri odamlarning uzog`ini yaqin qilayotgan qo`shni
Afg`oniston viloyatidagi Saripul ko`prigidir .Ko`prik bunyodkori bilan teng
umr ko`rib, 5 asrdan beri odamlarga xizmat qilib kelmoqda.Alisher Navoiy
qay manzilda yashab ijod qilmasin, adabiyotga, el-yurt obodligi yo`lida xayrli
va savobli ishlarga o`z hissasini qo`shgan
Millatlararo totuvlik
Do`stlik faqat insonlar o`rtasida emas, balki davlatlar o`rtasida ham
bo`ladi.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bir qancha
davlatlar bilan hamdo`stlik shartnomalarini tuzganlar. Yurtimizda bir qancha
davlatlarning elchixonalari faoliyat yuritmoqda. Toshkentda tashkil etilgan
“Baynalminal markaz” ida turli millat vakillari , chet ellik mehmonlar bir oila
farzandlaridek yashab, mehnat qilishmoqda. Ularning ko`plari o`zbek tilida o`z
ona tilida so`zlashgandek so`zlasha oladilar.
Xalqlar o`rtasidagi do`stlikdan maqsad bitta - yer yuzida tinchlik-
totuvlikni mustahkamlash. Tinchlik bo`lgan yurtda obodlik va farovonlik
bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |