12
Ovda
Sentyabr oyi edi. Yo`lchivoy aka iti bilan ovga chiqdi. U o`rmonning
serdaraxt joyida bekinib yotdi. Bir vaqt uning ustiga qandaydir o`g`irlik tushdi.
U yirtqich hayvon-qoplon edi.
It yugurib kelib, o`zini unga tashladi. Shunda
qoplon Yo`lchivoy akani qo`yib, itda yopishdi.
Yo`lchivoy aka qoplonga qaratib o`q uzdi. O`q tegmadi. Qoplon it bilan
uzoq olishdi va holdan ketdi. Yo`lchivoy aka yana o`q uzdi. Qoplon o`ldi.
Yo`lchivoy aka
qoplonni sudrab, iti bilan ovdan qaytdi.
Topshiriq:
Harakatni bildirgan so`zlarni ko`chirib yozing.
Qish fasli
Qor qalin yog`ib, yer ustini qopladi. O`lkamizda qishlovchi qushlarga
yashash qiyinlashdi. Mana qushlar chiriliashib don izlashyapti. Odamlardan
najot istaydi.
Qushlarni asrab qolishning iloji topildi. Yosh tabiatsevarlar qushlar
uchun donxo`rak o`rnatdilar. Qushlar endi qish qahridan qo`rqmaydilar.
Hayvonot bog`ida
Shanba kuni biz hayvonot bog`iga bordik. U yerda turli o`lkalardan
keltirilgan jonivorlar qafasda yashar ekan.
Shuhrat va men timsohni, oq ayiqni, filni rosa kuzatdik. Maymunlarni
uzoq vaqt tomosha qildik. Ayrim bolalarga ilonning harakati yoqibdi. Shu kuni
biz jonivorlar haqida ko`p narsalarni bilib oldik.
Topshiriq:
Kim ? so`rog`iga javob bo`luvchi so`zlar tagiga chizing ?
Bo`ri
Bo`ri ertaklarda tulkining yolg`onlariga ishonib ko`p
pand yesa-da, aslida
o`ta aqlli yirtqich. Shimol bo`rilari ancha yirik. Janubda yashaydiganlari
kichikroq bo`ladi. Ular juda tez yuguradi. Uyasini topib bo`lmaydigan
darajada ko`zdan berkitadi. Bo`rilar ko`pincha ikkita bo`lib ov qiladi. Biri
pistirmada turadi. Ikkinchisi o`ljani quvlaydi. Bo`rining eshitish qobilyati o`ta
kuchli.
13
O`zbekiston
Vatanimiz keng va bepoyon.
Unda yam-yashil vodiylar, baland tog’lar,
daryo va ko’llar bor. Shahar va qishloqlari tobora obod bo’lib
ko’rkamlashmoqda.
O’zbekistonda Buxoro, Samarqand, Toshkent
singari butun dunyoga
mashhur bo’lgan shaharlari bor.
Bepoyon o’lkamizni sayr qilgan kishining gullab-yashnayotgan bog’lar,
gulzorlarda bahri dili ochiladi.
Topshiriq:
Shahar nomlarining tagiga bir chiziqdan chizing ?
Yurtimiz shaharlari haqida yozib keling .
Toshkent
Toshkent-juda qadimiy shahar. Bu shahardan savdo karvonlari o`tgan.
Shaharliklar savdogorlarni muhtasham saroylarda kutib olishgan. O`zaro
savdo-sotiq rivojlangan. Bora-bora shahar savdo markaziga aylangan. Yildan-
yilga shaharning shuhrati orta borgan.
Hozir Toshkent sanoati, iqtisodiyoti va madanyati
rivojlangan yirik va
ko`rkam shaharlardan biri.
Topshiriq:
Yurtimiz shaharlari haqida yozib keling .
Do'stlaringiz bilan baham: