6
Yoddan yozuv diktanti
Mitti mosh
Mushukkinam mitti Mosh,
Shirin sut mushukka osh.
Olma bersam kelmaydi,
Non yeyishni bilmaydi.
G`oz
G`oq, g`oq, g`oq,
Dimog`im ko`p chog`.
Suvda suzib yuraman,
Maza qilib suzaman.
Gilos Shaftoli
Men gilosman
Sariq, oq
Quloq sol,
Shaftoliman.
Rangim ol-u
Zarg`aldoq
Totim bol.
Shaftoliman.
Topsang
Maqtanib
Qo`shalog`imni,
O`tirmayman,
Qulog`ingga
Maqtanchoq
Taqib ol.
Shaftoliman.
Erkin Vohidov
Tekshirish diktant
Bahor
Bahor kelishi bilan kunlar isiy boshlaydi. Boychechak, binafsha va lolalar
ochiladi. Daraxtlar gullaydi. Issiq o`lkalardan qushlar uchib keladi.
Yoz
Yoz faslida kunlar uzayadi. Havo issiq bo`ladi. Mevalar g`arq pishadi.
Bolalar suv havzalarida cho`miladilar.
7
Bog`da
Biz bog`ga kirdik. Daraxtda o`rik ko`p. Ikkita bola meva terdi.
Qizlar o`riklarni savatga terdilar. Bog`da gilos, olcha, shaftoli ham bor
ekan.
Bog`bon bobo bizga “ Mevalarni yuvib yenglar”, dedilar. Biz o`rik,
olchalarni yuvdik va maza qilib yedik. Mevalar juda shirin ekan. Bog`bon
boboga rahmat, dedik.
Shotut
Shotut-ko`p yillik daraxt. Shoxlari qo`ng`ir-qizg`ish. Bargi dag`al qalin.
Aprelda meva tugadi, may oyida pishadi. Mevasining rangi qora yoki to`q
qizil. Mazasi nordon.
Shotut-shifobaxsh meva.
Topshiriq:
Olmaning foydali xususiyatlarini bilib keling.
Olcha
Bahor keldi. Olcha daraxti gulladi. Gullari to`kildi. Ko`m-ko`k g`oralar
tezda qizardi. Olchalar yetilib pishdi. Oilamiz olchadan to`yib-to`yib yedi.
Onam olchadan murabbo pishirdi.
Kuz-hosil yig’iladigan fasl
Kuzda Respublikamizda poliz ekinlari, shirin-shakar mevalar, qovun-
tarvuzlar pishadi. Dehqonlar, bog’bonlar yetishtirgan hosillarini yig’ib-terib
oladilar. Kuz fasli sentabr, oktabr va noyabr oylaridan iborat.
8
Yomg’ir
Yomg’ir-suv bug’lanib osmonga chiqadi va bulut ko’rinishida yog’adi.
Yomg’ir yog’ganda daryo, ko’llar to’lib oqadi. Yomg’ir zaminimizni suvga
to’yintiradi. Shu tufayli hosil mo’l bo’lad.
Qish
Qish keldi. Sovuq tushib, qor yog’di. Daraxtlar uyquga ketdi. Qishda
kunlar qisqa bo’ladi. Hamma issiq kiyim kiyadi.
31-dekabrda yangi yilni kutib olamiz.
Archa
Alisher Navoiy nomli milliy bog`ga juda baland va chiroyli yasatilgan
archa o`rnatildi. Ota-onalari, opa-akalari bilan kelgan bolalar archa atrofida
xursand bo`lib o`ynaydilar. Jo`shqin musiqa yangradi. Ular Qorbobo va
Qorqiz bilan raqsga tushdilar hamda ashula aytdilar.
Ko`chamiz
Bizning ko`chamiz keng. Ko`cha atrofiga gullar ekilgan. Bu yo`lda
avtobuslar qatnaydi. Bekat chorrahaga yaqin. Bekatda o`rindiqlar bor. Biz
ko`chamizni ozoda tutamiz.
Uyimiz
Uyimiz shu ko`chada joylashgan. U ikki qavatli. Hovlimiz keng,
daraxtlar va gullar ko`p. Birinchi qavatda mehmonxona, oshxona va hamom
bor. Ikkinchi qavatda darsxona, yotoqxona bor.
Momiq
Gulnoza mushukcha boqdi. Unga Momiq deb nom qo`ydi. Mushukcha
juda chiroyli, ovozi yoqimli. Gulnoza uni non va sut bilan boqadi.
Samarqand
.
Samarqand katta shahar. U yerda baland-baland binolar bor. Ular
pishiq g’ishtdan ishlangan.
Yaqinda katta korxona binosi qad ko’taradi. Shaharning ko’rkam
jamolini ko’rgan xursand bo’ladi. Samarqand tarixiy yodgorliklarga boy
shahardir.
Topshiriq:
Siz qaysi shaharda yashaysiz ?
Shahringiz haqida so`zlab bering.
9
Toshkent
Toshkent O`zbekistonimizning poytaxtidir. Toshkentda O`zbekiston
milliy bog`i barpo etilgan.
Bog`da Alisher Navoiyning katta, chiroyli haykali bor.
Bog`chada
Anvar hali yosh. Opasi Yulduz uni bog`chaga olib boradi. Bog`chada
uning o`rtoqlari ko`p. Ular bir-birlari bilan juda ahil. Tarbiyachi Sevara
Yunusova ularni maqtaydi.
Kanareyka
Kanareyka-sayroqi qush. U juda yoqimli sayraydi. Kishilar kanareykani
uzoq Kanar orollaridan keltirishgan.
Kanareyka bizda ovqat topib yeyishda qiynaladi. Shuning uchun kishilar
uni uyda boqadilar.
Gulbeor
Gulbeor-bir yillik manzarali o`simlik. Etli, pushti rang poyasi bor. Bargi
ham etli va sersuv. Sariq, och sariq, pushti, qizil rangda gullaydi.
Gulbeor urug`idan ko`payadi. Poyasi uzib olinib, nam tuproqqa tiqib
qo`yilsa ham ko`karadi.
Kapalak
Umida gulzor atrofida o`ynab yurgan edi. Yonidagi gulga kapalak
qo`ndi. Umida kapalakni tutmoqchi bo`ldi. Kapalak bu guldan uchib ketdi va
boshqa gulga qo`ndi. Umida sekin kapalakni tutib oldi. U kapalakning chiroyli
qanotlarini ohista siladi.
Topshiriq:
Siz kapalaklarni ko`rganmisiz ?
Kapalaklar haqida she`r yodlab keling
.
10
3-sinf
Do'stlaringiz bilan baham: |