Navoiy kon metallurgiya kombinati


Yig’ish texnologik jarayonlarining elementlari



Download 2,17 Mb.
bet11/20
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#306273
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Амалий - МТА (узб)-2021й

4.2. Yig’ish texnologik jarayonlarining elementlari
Yakka yig’ish, ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichi bo’lib, yig’uv uchastkalarida bajariluvchi keng nomenklaturali mahsulot, turg’un bo’lgan bironta texnologik jarayon bo’lmasligi, universal jihozlarning va asboblarning keng qo’llanilishi, yuqori malakali ishchi kuchining mavjudliklari bilan tavsiflanadi. Mahsulotlarni yakka ishlab chiqarishdagi yig’ishda moslashtiruv ishlari (prigonka) katta hajmni egallaydi.

Seriyali ishlab chiqarish sharoitida mahsulotlarni partiyalab, seriyalab yig’ish tashkil etiladi, bu esa ma’lum vaqt oralig’ida qaytalanib turadi.

Partiyalarning soniga va qaytalanib turishiga qarab shartli ravishda: mayda seriyali, seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarishlarga turlanadi. Bu yerda yig’ish bo’yicha ish hajmini kichik yoki katta darajadagi tashkil etuvchi qismlarga ajratiladi. Seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarishlarda, qismlarni alohida yig’ish va buyumni umumiy yig’ishga ajratiladi.

Moslashtiruv ishlari yakka ishlab chiqarishga qaraganda, mayda seriyali qisman seriyali ishlab chiqarishlarda sezilarli darajada kam hajmda bajariladi.

Ommaviy ishlab chiqarish deb, bir xil nomdagi buyumlarni uzluksiz ravishda yig’ishga aytiladi. Qismlarni yig’ish va umumiy mahsulotlarni yig’ish ishlarini bir-birlaridan aniq qilib ajratiladi. Butun ish davomida har bir ishchi joyga ma’lum hajmdagi berilgan qismni yig’ish ishlari biriktiriladi. Uning bajarilish vaqti umumiy yig’ish tipi bilan kelishtirib olinadi.

Texnologik jarayon batafsil ishlab chiqiladi, jihozlar esa yig’uv texnologik jarayon talablariga binoan oqimlar bo’yicha joylashtiriladi.

Ommaviy va seriyali ishlab chiqarishda, seriyadagi buyumlar soni juda ham ko’p bo’lsa, va yig’uvga keluvchi detallar materiali, ishlanishi va o’lchamlari tomonidan bir xilda o’xshash bo’lsa to’la o’zaroalmashinuv usuli tamoili asosida amalga oshiriladi.

Ommaviy va ko’pincha yirik seriyali ishlab chiqarishlarda buyumlarni yig’ishda, yig’uv liniyalarida (konveyerlarda) olib borish tashkil etiladi, shuning uchun detallarni moslashtiruv ishlarini qo’llash, mavjud bo’lgan kamchiliklarini to’g’rilab qo’yishga yo’l qo’yilmaydi, chunki yig’uvga, detallar nazoratdan keyin kamchiliksiz kelishlari kerak.

Birgina ishlab chiqarishning o’zida mahsulotning u yoki jihoz konkret elementlarini yig’ish uchun iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini hisobga olib, ishlab chiqarishning ma’lum turida tashkil etish mumkin.

Masalan, Ommaviy ishlab chiqarish sharoitida ba’zi-bir alohida qismlarni seriyalab yig’ish mumkin.

Yig’ish amali deb, berilgan qism yoki buyum ustidan, bir yoki bir nechta ishchilar yordamida, alohida ishchi joyda bajariluvchi yig’uv texnologik jarayonining tugallangan qismiga aytiladi.

O’tuv - amalning bir qismi bo’lib, o’zgarmas asbob yordamida ma’lum birlashtirish ishi bajarilishiga tushuniladi.

Ishchining yig’ish jarayonida yoki buyumni (qismni) yig’ishga tayyorlashda alohida tugallangan harakatiga o’tish elementi deb ataladi. Masalan, tishli g’ildirakni valga o’tqazish ikki o’tuvdan tashkil topgan birgina amaldan iborat (masalan; tishli g’ildirak valga presslab o’tqazilsin hamda yig’ma birlikning tepishi tekshirilsin). Bu o’tuvlarning har biri ayrim holda birlamchi elementlarni o’z ichiga oladi: val olinsin va val bo’yiniga tishli g’ildirak o’tqazilsin, press tirsagi bosilsin va h.k.

Texnologik yig’uv amalini va texnologik o’tuvni bajarishga bog’liq bo’lgan ishning mazmuni texnologik yig’ish jarayonlarini ishlab chiqishda aniqlanadi va texnologik hujjatlarga kiritiladi. Texnologik o’tuvlar elementlari esa ko’p hollarda texnologiyani ishlab chiqishda mazmuni o’rnatilmaydi, shu sababdan turli ishchilar (yig’uvchilar) tomonidan turlicha bajariladi.

Shuningdek elementar uslublarni ratsionallashtirish, uni ishlab chiqarish ilg’orlari tomonidan isbot etilgan mehnat unumdorligini bir qancha oshirishda qo’shimcha manbaa bo’lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan bayon etilgan o’tuv elementi tushuncha bo’lmay, balki texnologik jarayonning to’la ma’lum qismini tashkil etib, uning sermehnatligiga jiddiy ravishda ta’sir ko’rsatadi.

Ikki va undan ko’proq sondagi detallarni qism qilib birlashtiruvchi qator amallar yig’uv sexlarida bajarilmay, balki mexanika sexlarida bajarilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.



Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish