Navoiy kon metallurgiya kombinati



Download 304 Kb.
bet1/6
Sana11.03.2022
Hajmi304 Kb.
#489438
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shahar elektr ta\'minoti Amaliyot ish





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA URTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI


ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI
"ELEKTR ENERGETIKASI" KAFEDRASI


«SHAHARNING ELEKTR TA’MINOTI»
fanidan
Amaliy ishlarni bajarish uchun
USLUBIY KURSATMA

5310200 «Elektr energetikasi» (tarmoqlar bo‘yicha) yunalishi talabalari uchun.


Navoiy




Tuzuvchi: dots.. Ataullayev A.O.

Ushbu uslubiy ko’rsatma «Elektr energetikasi» kafedrasining ______ 2021 y №____ sonli yig’ilishida muhokama kilinib, «Energo mexanika» fakultetining ________ 2021 y №____ sonli uslubiy kengashida ko’rib chiqilib, institutning o’quv-uslubiy kengashiga chop ettirish uchun tavsiya kilingan.


Uslubiy kursatma shaharlardagi elektr energiya qabul qiluvchilar va iste’molchilarning tasnifi berilgan bulib shaharlarning elektr ta’minotini ratsional tuzish asoslari keltirilgan, shuningdek elektr yuklamalarni hisoblash usullari, kuchlanishni va transformatorlarni tanlash, shaharlarning elektr ta’minoti sxemalari, elektr uzatish liniyalarini tanlash va urnatish texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlar, shahar elektr tarmoqlarini loyihalash masalalari ko‘rib chiqilgan. SHahar elektr tarmoqlarini hisoblashga doir tajriba ishlar keltirilgan.
Ushbu uslubiy ko’rsatma 5310200 “Elektr energetikasi” (tarmoqlar buyicha) ta’lim yunalishi talabalari uchun muljallangan.


Takrizchilar: Eshev X.X. – NIES «Elektrotexnik laboratoriya» sining bosh muxandisi

Eshmurodov Z.O.-NDKI «TJA» kafedrasi dotsenti.



Amaliy mashg‘ulot № 1
Shahar tarmoqlarining elektr yuklamalarini hisoblash, iste’molchilarining hisobi va bashoratlashtirish.

SHahardagi bino va inshootlarning ichki va tashqi elektr tarmoqlarini loyihalash vaqtida kutilayotgan elektr yuklamalarni to‘g‘ri aniqlash barcha shahar elekòr ta’minoti masalalari kompleksining ratsional echimi asosidir.


SHahar tarmoqlarining jamoat va turar-joy binolarining hisobiy elektr yuklamalari Qurilish me’yorlari va qoidalari QMQ 2.04.17 – 98 «Turar joy va jamoat binolarining elektr jihozlari. Loyihalash me’yorlari» bilan reglamentlanadi.
Xonadonlarning elektr energiya qabul qilgichlaridan vujudga keluvchi transformator podstansiyalarining ta’minlovchi liniya-larida, kirishlarida va 0,4 kV RU shinalarida hisobiy elektr yuklamani quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi, kVt:

bu erda: Rsol.xon - xonadon elektr qabul qilgichlarining solishtirma hisobiy elektr yuklamalari, havoni konditsioner-larining mavjudligi, ishlatilayotgan oshxona plitalarining turiga va ulangan xonadonlar soniga qarab 5-jadvaldan olinadi, kVt/xonadon
nxon - TP tarmog‘iga ulangan xonadonlar soni.

Turar joy binosining kirishiga, liniyasiga yoki TP ning 0,38 kV kuchlanishli shinalariga keltirilgan kuch elektr qabul qilgichlarning hisobiy yuklamasi talab koeffitsienti usuli bo‘yicha aniqlanadi.


Lift qurilmalarining ta’minlov liniyasining hisobiy yuklamasi Rh.l. quyidagi formuladan aniqlanadi, kVt:

bu erda: Kt.l –talab koeffitsienti, QMQ ning 6-jadvalidan aniqlanadi;
nl – liniya bilan ta’minlanuvchi liftlar soni.
Sanitar-texnik qurilmalar elektr yuritgichlarining ta’minlov liniyasi hisobiy yuklamasi ularning o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha, talab koeffitsientini hisobga olgan holda 10-jadvaldan aniqlanadi.
Ta’minlov liniyasi kirishlaridagi, TP ning RU-0,38 kV li shinalaridagi maishiy pol usti elektr plitalaridagi hisobiy yuklamalar quyidagi formula orqali aniqlanadi, kVt:

bu erda: Rx.pl – pol usti elektr plitalarining hisobiy yuklamasi, kVt;
Rn.pl – elektr plitasining o‘rnatilgan quvvati, kVt;
npl – elektr plitalar soni;
Kt.pl –talab koeffitsienti, QMQ ning 7-jadvalidan aniqlanadi.
Ta’minlovchi liniyalar, TP ning RU-0,38 kV shinalari va kirishlari uchun yo‘laksimon turdagi yotoqxonalarning umumiy yoritishining hisobiy yuklamasi, QMQ ning 7-jadvalidan aniqlanuvchi yoritgichlarning o‘rnatilgan quvvati Rn ga bog‘liq bo‘lgan talab koefffitsienti Kt ni hisobga olgan xolda aniqlanadi.
Turar joy binolari umumfoydalanuv xonalarining, shuningdek yotoqxonalarning yashash xonalarining guruhiy yoritish tarmoqlari hisobiy yuklamasini talab koeffitsienti birga teng bo‘lgan svetotexnik hisob bo‘yicha aniqlash kerak.
Turar joy binosining hisobiy yuklamasi Rx.t-j (xonadonlar va kuch qurilmalarining) quyidagi formula orqali aniqlanadi, kVt:

bu erda: Rx.xon – xonadon elektr qabul qilgichlarining hisobiy yuklamasi, kVt;
Rx.kuch – kuch elektr qabul qilgichlarining hisobiy yuklamasi, kVt.
Transformator podstansiyasining turar joy va noturar joy binolari xonalarining aralash ta’minotida hisobiy yuklama maksimumlarni bir-birini qoplash koeffitsientini (koeffitsient sovmeщeniya maksimumov) hisobga olgan xolda aniqlanadi.
Zaxira elektr yuritgichlari quvvati, shuningdek yong‘in qurilmalari va yig‘ish mexanizmlari elektr qabul qilgichlarining quvvati ta’minlovchi liniya va binoga kiritilish joyidagi hisobiy yuklamalarni aniqlashda e’tiborga olinmaydilar.
Bino va inshootlarning ichki elektr ta’minotini hisoblash va loyihalashda, jamoat binolariga kiritilish joyining va ta’minlovchi liniyalarning hisobiy yuklamasi, kuch va yoritish elektr qabul qilgichlarining aniq ma’lumotlari hisobga olingan holda, tartiblangan diagrammalar usuli yordamida quyidagi formula orqali aniqlanadi, kVt:

bu erda: Rn – elektr qabul qilgichlarning o‘rnatilgan quvvatlarining yig‘indisi, kVt;
Ki – guruhiy aktiv quvvatni ishlatish koeffitsienti;
Kmmaksimum koeffitsienti, elektr qabul qilgichlarning effektiv soni va Ki ga bog‘liq xolda aniqlanadi.
Elektr qabul qilgichlarning effektiv soni ne quyidagi formula orqali aniqlanadi:


bu erda: n – elektr qabul qilgichlarning umumiy soni;
- guruh elektr qabul qilgichlarining o‘rnatilgan quvvati yig‘indisi, kVt;
Rni i elektr qabul qilgichning quvvati, kVt;
Rn.maks – ushbu guruhning eng katta elektr qabul qilgichning quvvati, kVt.
Ma’lumotlar etarlicha bo‘lmagan holatlarda jamoat binolarining hisobiy elektr yuklamalari quyidagi formuladan aniqlanadi, kVt:

bu erda Rsol – solishtirma yuklama, QMQ ning 1-jadvalidan olinadi.
Turar joy binolari va jamoat binolarining elektr iste’molchilarini aralashiga liniya (TP) bilan ta’minlanganida hisobiy yuklama quyidagi ifoda orqali aniqlanadi, kVt:

bu erda: Rb.maks – liniya (TP) bilan ta’minlanuvchi binolar yuklamalarining eng kattasi;
Rb.1 ... Rb.i – boshqa binolarning hisobiy yuklamasi;
K1 ... Ki – masimumda qatnashish koeffitsienti.

Download 304 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish