konchilik fakulteti
REFERAT
Mavzu: Ekskavatorlar ish unumdorligin hisoblash
Guruh: 47sA-21TMJ
Bajardi: Mirzayev Ibrohim Sur’at o’g’li
Tekshirdi:_____________________________
Navoiy-2022
Mavzu: Bir cho’michli ekskavatorlarning ish unumdorligini aniqlash (monitoring qilish) standart usuli
REJA:
1. Bir cho‘michli ekskavatorlar.
2. Bir cho’michli ekskavatorning ish unumdorligini hisoblash analitik usuli.
3. Bir cho’michli ekskavatоrlar nazariy, texnik, ishlab chiqarish va me’yoriy ish unumdоrliklari.
BIR CHO‘MICHLI EKSKAVAТORLAR
Bir cho‘michli ekskavator deb, siklik (davriy) ishlaydigan, tuproq qazuvchi o‘ziyurar mashinaga aytiladi. Uning ish jarayoni quyidagidan iborat: muayyan konstruksiyali va sig‘imli yakka cho‘michi bilan tuproq-gruntni massivdan ajratib olib, bo‘shatish joyiga keltiradi va maxsus joyga yoki transport vositasiga bo‘shatadi. Тuproq qazish ishlarining yarmidan ko‘pi bir cho‘michli ekskavatorlar bilan bajariladi. Bir cho‘michli ekskavatorning ish sikli quyidagi operatsiyalardan iborat: cho‘michni zaboyga tushirish; ma’lum qalinlikdagi grunt qatlamini kesib olib cho‘michni to‘ldirish; ekskavator platformasini burib, cho‘michni grunt bo‘shatiladigan joyda to‘xtatish; cho‘michni bo‘shatish va platformani burib, bo‘shagan cho‘michni zaboyda to‘xtatish. Odatda har qaysi sikl ekskavatorning o‘zini yurgizmasdan bajariladi. Zaboyning mazkur qismi qazib bo‘lingandan keyingina, ya’ni cho‘mich bilan gruntni olish mumkin bo‘lmay qolganda ekskavator boshqa joyga quriladi. Ekskavator gruntni kovlaydigan va uni tashiydigan ish organidan, yurish qismidan, barcha mexanizmlarni harakatga keltiruvchi kuch ustanovkasidan, mashinaning ish organlari va mexanizmlariga harakat uzatuvchi transmissiyadan, ish jihozlari o‘rnatiladigan, mahkamlanadigan hamda buriladigan tayanch-burilish qurilmasidan va ekskavatorni boshqarish tizimidan tuzilgan. Bir
cho‘michli ekskavatorlar vazifasiga, ish jihozlarining turiga, cho‘michining sig‘imiga, kuch ustanovkasining tiрiga, platformasining burilish burchagiga, boshqarilish turiga va yurish qurilmasining tiрiga qarab xillarga ajratiladi. Platformasining burilish burchagiga ko‘ra ekskavatorlar to‘liq buriladigan va to‘liq burilmaydigan xillarga bo‘linadi. Ish jihozi gorizontal tekislikda (planda) 360° burila oladigan ekskavatorlar to‘liq buriladigan ekskavatorlar deb ataladi. Bunday ekskavatorlarning burilish platformasiga kuch ustanovkasi va ish jihozi montaj qilingan bo‘ladi. Ish jihozi planda 270°dan ortiq burilmaydigan mashinalar to‘liq burilmaydigan ekskavatorlar deyiladi. Ish organining osilish tiрiga qarab, egiluvchan qilib va bikir qilib osilgan ish jihozlari bo‘ladi. Egiluvchan qilib osishda ish organi strelaga kanatlar vositasida, bikir qilib osishda esa dasta vositasida osib qo‘yiladi. Qo‘llaniladigan ish jihozlarining miqdoriga ko‘ra universal, yarim universal va maxsus ekskavatorlar bo‘ladi. Konstruksiyasi har xil turdagi ish jihozlaridan ko‘p miqdorda foydalanishga imkon beruvchi mashinalar universal ekskavatorlar deb ataladi.Yarim universal ekskavatorlar deb, cheklangan miqdordagi ish jihozlaridan foydalanadigan mashinalarga aytiladi. Faqat bir turdagi ish jihoziga ega bo‘lgan ekskavatorlar mashinalarning maxsus guruhiga taalluqlidir. Bu guruhga odimlovchi draglaynlar, tunnel qazuvchi ekskavatorlar va
ochuvchi ekskavatorlar kiradi. Universal ekskavatorlarda asosan gusenitsali yoki pnevmog‘ildirakli yurish qurilmalari qo‘llaniladi. Gusenitsali yurish jihozi bitta yoki bir nechta gusenitsa aravachalaridan tashkil topadi. Botqoq joylarda va bo‘sh gruntlarda ishlash uchun gusenitsalari kengaytirilgan maxsus konstruksiyadagi aravachalardan foydalaniladi. Gusenitsali yurish qismining afzalligi shundaki, uning gruntga bo‘lgan solishtirma bosimi katta emas, shuning uchun ekskavatorlarning o‘tuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Gusenitsali ekskavatorlarning harakat tezligi 3—4 km/soat dan oshmaydi. Pnevmog‘ildirakli ekskavatorlar nisbatan yuqori tezlikda harakatlanishi bilan ajralib turadi. Biroq gruntga bo‘lgan solishtirma bosimi kattaligi uchun ularning o‘tuvchanligi cheklangan. Cho‘michining sig‘imi 0,15 dan 4 m3 gacha bo‘lgan universal qurilish ekskavatorlari sanoat, uy-joy va melioratsiya qurilishida ishlatishga mo‘ljallangan. Cho‘michining sig‘imi 2 dan 8 m3 gacha bo‘lgan karyerbop gusenitsali ekskavatorlar gruntni qazish va ochiq konlarda foydali qazilmalarni qazib olish uchun ishlatiladi. Cho‘michining sig‘imi 6 m3 dan oshadigan gusenitsali ochuvchi ekskavatorlar strelasining uzaytirilganligi bilan farq qilib, tog‘-kon sanoatida ochiq konlardagi foydali qazilmalarni berkitib turuvchi gruntni kovlab, uni belgilangan joyga chiqarib tashlashga mo‘ljallangan. Cho‘michining sig‘imi 6–100
m3 li odimlovchi maxsus ekskavatordraglaynlardan ham yuqorida aytilgan maqsadlarda foydalaniladi. Bir cho‘michli ekskavatorlarda mexanizmlarni harakatga keltirish uchun asosan dizel yoki elektr dvigatellar ishlatiladi. O‘rnatilgan dvigatellar soniga ko‘ra ekskavatorlar bitta dvigateldan va ko‘p dvigateldan yurgiziladigan harakat dvigateldan mexanizmlarga turli xil yuritma tizimlar vositasida uzatiladi. Mexanik yuritma hozirgi kungacha eng keng tarqalgan yuritma bo‘lib, unda harakat shesternyalar, chervyakli juftliklar va zanjirli uzatmalar orqali uzatilar edi. Hozirgi vaqtda gidravlik yuritmali ekskavatorlar keng ko‘lamda qo‘llanila boshlandi. Universal ekskavatorlar sanoat, yo‘l va melioratsiya qurilishida I–IV toifalardagi gruntlarda tuproq ishlari bajarish uchun mo‘ljallangan. Bunday ishlar jumlasiga konlarni ochib, u yerdan qum, shag‘al yoki tuproq qazib olish, transheyalar, zax qochirish yoki sug‘orish kanallari qazish, ko‘tarmalar hosil qilish va boshqa tuproq ishlari kiradi. Bundan tashqari ulardan ortish-tushirish va boshqa ishlarni (o‘rmonni kundakov qilish, ustunqoziqlar qoqish, muzlagan gruntni maydalash va hokazo) mexanizatsiyalashtirish uchun ham foydalaniladi. Kanallar kesimining o‘lchamlariga qarab asosan ikki usulda qaziladi: 1) ekskavatorni kanal o‘qi bo‘ylab harakatlantirib; 2) ekskavatorni qazima chetida harakatlantirib. Draglayn bilan jihozlangan
ekskavator kanal o‘qi bo‘ylab harakatlanib, bir o‘tishda to‘liq profilli kanalning kesimini kovlaydi. Qazilgan grunt draglayn yordamida transport vositasiga ortilib, belgilangan joyga olib boriladi.