2.Tadbirkorlikni qo‘llab-quvatlashning zamonaviy mexanizmlari, “Har bir oila –tadbirkor” tamoyili.
Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadqiqotlar XVIII asrda R.Kontilon, A.Tyurgo, F.Kene, A.Smit va J.V.Sei asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq, hozirga qadar jamoatchilik fikrida “tadbirkorlik” tushunchasining ko‘p ma’noligi saqlanib qolmoqda. Ilmiy adabiyotda ushbu tushuncha haqida ko‘pincha bu favqulodda hodisaning iqtisodiy,tashkiliy va ruhiy tavsiflari to‘plamidan iborat har-xil tasavvurlar mavjud.
Xorijiy adabiyotlarda “biznes” ta’rifining ko‘p turlarini uchratish mumkin.
Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‘liq bo‘lgan.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron bir shaxs-tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararligini belgilovchi noaniqlik omili hisoblangan. Tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o‘rnatishga doir takomillik faoliyatidan iborat, deb tan olingan.
Keyinchalik “sarmoya egasi” va “Tadbirkor” tushunchalari bir biridan farqlana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning muomalada yuritishni, ko‘payib borishini ta’minlaydi va bu borada u venchur sarmoyador, ya’ni jalb qilingan moliyaviy mablag‘larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritib yuborishga o‘z g‘oyalari, bilimi va ko‘nikmalarini tadbiq qilib, ko‘p foyda olish maqsadida o‘sha mablag‘larni tavakkal ishlarga sarflaydi.
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko‘p turlari mavjud. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‘liq bo‘lgan.
Biznesmen (tadbirkor) so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi.
Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflagan, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir deb ta’kidlaydi.
Tadbirkorni o‘zi, o‘z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o‘zi xo‘jayinlik qiladi.
Biznes – bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o‘zi so‘ngra esa pul ishlash demakdir.20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarori asosan, Hududlarda oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, ularning barqaror va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishiga, milliy hunarmandchilik yanada rivojlanishiga, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishiga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalari ro‘yobga chiqishiga hamda shu asosda aholining bandligi ta’minlanishiga zamin yaratish, shu bilan birga aholining mehnat orqali daromad topishga bo‘lgan qiziqishini keskin oshirish, ayniqsa muhtoj oilalarning hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyatini, shuningdek, hududlarda foydalanilmayotgan binolarda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni, aholi tomorqalari va bo‘sh ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bog‘liq loyihalarni imtiyozli shartlarda moliyalashtirishni tizimli ravishda davom ettirishni taqozo etmoqda.
Mazkur jabxada tumanimiz hududida aholining daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishiga, oilaviy tadbirkorlikni rivojlanishiga har tomonlama ko‘maklashish va mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida, tuman maxalla fuqarolar yig‘inlari, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, sog‘liqni saqlash, va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlariga va axoliga tumandagi Iqtisodiy kompleks tashkilotlari tuman hokimligi Moliya bo‘limi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘z tadbirkorliklarini rivojlantirib oilaviy daromadlarini kengaytirishda kam ta’minlangan va ehtiyojmand xonadonlar va boshqa axoli qatlamlariga uyma-uy yurib kredit olishga talabni aniqlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berish, “Xar bir oila tadbirkor” dasturi to‘g‘risida maxsus prezentatsion materiallar, buklet, flaer va broshyuralar tarqatilib aholi o‘rtasida imtiyozli kredit qulayliklari to‘g‘risida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlangan. Uning Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish bo‘limida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan quyidagi chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |