Umumbashariy qadriyatlar, tamoyillar tushunchasi hamda
milliy g’oyada umumbashariy tamoyillar
Umumbashariy qadriyat - jamiyat va odamzod nasli uchun eng qadrli va umumijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan narsalar, hodisalar, sifat, faoliyat va boshqalarning ismi yoki nomini emas, yoyobalki ularning ijtimoiy qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy-aksiologik tushunchadir.
Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligining ifodasidir.
Hozirgi davrga kelib umuminsoniy qadriyatlar jamiyatda har qanday umumiy qadriyatlar tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib qolganligining sabablari quyidagicha:
- sayyoramizda yashayotgan barcha kishilar millati, irqi, ijtimoiy guruhi, yoshidan qat’iy nazar tug’iladi, yashaydi va o’ladi, insoniyat umumiy makon, cheksiz koinotda kichik bir yulduzda yashayotganligini his eta boshladi;
- olam ijtimoiy xilma-xillikdan tarkib topgan bo’lib, mafkuraviy rang-baranglik, qiziqish, maqsad va manfaatlari umumiy mezon kashf etayotganligini anglab bormoqda;
- dahshatli qurol, yadro urushi, ekologik bo’hron, ma’naviy tanazzul kabi xavflar bilan yuzma-yuz kela boshlaganligi, inson genofondining taqdiri xavf ostidaligini va uni saqlab qolish ehtiyojlari yuzaga keldi;
- kishilarning turli ijtimoiy tuzumlar va davlatlarda yashashidan qat’iy nazar hamma joyda asosiy maqsad inson, uning tirikligi va mazmunli hayoti ekanligi anglab olinayotganligi.
Milliy g’oyaning tarixiy, falsafiy ildizlari uning tamoyillari ham bir-biri bilan uzviy bog’liqlikdadir. Ularning uzviy bog’liqligi negizida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi yotadi. Demak, milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillaridan biri insonparvarlik g’oyasi bilan bog’liqdir.
Demak, insonparvarlik milliy g’oyaning asosiy tamoyillaridan biri. Buning birinchi sababi mustaqillik tufayli insonparvar va demok-ratik jamiyat barpo etish imkoniyati paydo bo’ldi. Ana shu imkoniyatni voqelikka aylantirishda 2 ta muhim masalani xal etish zarur:
1) Odamlarning ongi va tafakkuridagi mustabid tuzum asoratlaridan, uning g’ayriinsoniy g’oyalaridan, yakka mafkurachilik tamoyillidan tozalash-dir. YAngi jamiyatda insonning tub manfaatlariga mos ijtimoiy munosa-batlarni shakllantirishdan iborat.
2) Insonparvarlik tamoyilida umumbashariy tamoyillar bilan bir qatorda millat tafakkuri, ruhiyati va fikrlash tarzi, qarashlar xilma-xilligi o’zaro uyg’unlashtiriladi. Bu jarayon mamlakatimiz taraqqiyotida barqarorlik, xavfsizlik masalalari bilan bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |