Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Milliy qadriyatlarni inkor etishning milliy g’oyaga zidligi



Download 0,63 Mb.
bet139/190
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#211519
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190
Bog'liq
2017 G'OYA MAJMUA LAT

Milliy qadriyatlarni inkor etishning milliy g’oyaga zidligi. Milliy qadriyatlar ba’zilari o’tmish mustabid tuzum sharoitida tazyiq va tahqirga uchragan, ularga «eskilik sarqiti», «o’tmishning qodig’i» degan tamg’alar bosilgan edi. Xatto, bolani beshikka belash, isiriq tutatish, maxsi-kavush kiyish, oyoqni sandalda issiq tutish kabi beg’ubor odatlar ham shu tahqirdan chetda qolmagan.

Mustamlakachilik siyosati sohta qadriyatlar, begona taomillarni zo’rlab kiritishga urindi. Xalqimizning ruhi va tabiatiga zid bo’lgan - ichkilikbozlik va giyohvandlik, behayolik va andishasizlik illatlari ildiz ota boshlagan edi. Milliy ma’naviy qadriyatlarni himoya qilish millat-chilik deb baholandi.

O’zbekiston mustaqilligi ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Milliy g’oya bu qadriyatlarni tiklashni yanada yuqori bosqichga ko’tarishga xizmat qiladi.

Birinchi Prezident Islom Karimov «Ota-bobolarimizdan qolgan ezgu udumga muvofiq, keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatishdek noyob insoniy qadriyatlarni yangi mazmun va amaliy ishlar bilan boyitish va mustahkamlash zurur», deb ta’kidlagan edi. SHu boisdan ham «An’anaviy qadriyatlar»ni yo’q qilib taraqqiyotga erishish mumkin degan g’oya xavflidir.

«Nur borki - soya bor» deganlaridek, o’z farzandlik yoki ota-onalik burchlarini unutayotgan, muqaddas milliy qadriyatlarimizni oyoq osti qilayotgan ayrim kimsalar ba’zan uchrab turibdi. O’zlarini dunyoga keltirgan otalari yo volidalarini «Qariyalar uyi»ga joylaydigan, farzandlarini «tirik yetim» qilib, «Mehribonlik uyi»ga tashlab ketadigan kimsalar nafaqat milliy or-nomus, oddiy insof va vijdon, umuman, odamgarchilik yo’qligi milliy qadriyatlarimizga zid bo’lgan achinarli hol.

Milliy g’oya ruhiga yot bo’lgan salbiy xislatlardan biri - boqiman-dalik, loqaydlik illatlari kishilarning g’ayratini, tashabbusini bo’g’ib kelgan salbiy odatlar o’tmish tuzumdan meros bo’lib o’tdi va hozir ham ayrim kishilarning faoliyatiga salbiy ta’sirini o’tkazib kelmoqda.

Mustabid tuzimda munofiqlikka asoslangan, yakka hukmronlikni da’vo qilgan rasmiy mafkura real hayotni, odamlarning his-tuyg’ulari va orzu-intilishlarini aks ettirmay qo’ygan edi. Ijtimoiy ongdagi bu tuzilish natijasida odamlarda ichki norozilik ortdi. Ayrimlar esa bu soxta g’oyaga ishonar edi.

Milliy mafkuraning muhim vazifasi - kelajakka komil ishonch, erkin va farovon hayotga umid hissini tarbiyalashdir. Xalqimiz azaldan noumidlikni, ruhiy tushkunlikni qoralablikni, ruhiy tushkunlikni qoralabbo’lgani kabi, milliy marosimchilikni hozirgi zamon ruhiga mos ravishda tahlil va tahrir qilish zarurati, milliy g’oyaga muvofiq tarzda rivojlantirish mas’uliyati vujudga keldi. Masalan, to’y va marakalardagi ortiqcha isrofgarchilikka, kim o’zarlikka chek qo’yish, bu marosimlarni ma’naviyatga xizmat qiladigan darajada fayzli, farovon-likni ta’minlaydigan darajada kamxarj qilib o’tkazish, uning milliy qadriyatlarimizga mos bo’lishi lozimligi O’zbekiston Prezidentining Farmonida (1998) ham alohida ta’kidlab o’tilgan edi.

Umumbashariy qadriyatlar - mohiyat e’tibori bilan aksariyat xalqlar e’tiqod va hurmat qiladigan, ammo genezisi (kelib chiqishi)ga ko’ra bir yoki bir qancha millatlar hayotidan olingan, umume’tirof etilgan tamoyillar ekanligi, shubhasiz.

Muayyan milliy muhitda amal qilganligi uchun ham umumbashariy qadriyatlarda ma’lum darajada milliylik libosi saqlanib qoladi. Masalan, qonun ustuvorligi milliy g’oyaning umuminsoniy tamoyili deb e’tirof etilgan. Huquqiy demokratik jamiyat barpo etayotgan O’zbekiston uchun bu tamoyilni ijtimoiy hayotning barcha sohalari va aholining barcha qatlamlari ongi va faoliyatiga ta’sirli mafkuraviy vositalar orqali singdirish hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

O’zbekistonda istiqomat qilayotgan ko’p millatli xalqqa xos bo’lgan milliy qadriyat - bag’rikenglik, o’zaro ahillik, madaniy-ma’rifiy yaqinlik-dir. Xalqimiz shovinizm va agressiv millatchilikning, mutaassiblik, jaholat va aqidaparastlikning har qanday ko’rinishlarini qat’iyan inkor etadi, bularning taraqqiyot va barqarorlik, ma’naviyat va ma’rifat uchun xavfini chuqur anglaydi.

Demak, asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelayotgan milliy ma’naviy qadriyatlar milliy g’oyaga ma’naviy zamin, negiz bo’lib xizmat qilmoqda. Unga xalq, millat, jamiyat amal qilish uchun kuchli, qudratli, ta’sirli milliy mafkura kerak.

Demak, shunday bir yo’l tanlash kerakki, unda milliy manfaatlar va an’anaviy qadriyatlar munosib o’rin topsin, shu bilan birga umuminsoniy manfaatlarning ustuvorligi ham tan olinishiga imkon tug’ilsin.




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish