Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti "avtomatlashtirish va boshqaruv"



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/155
Sana04.11.2022
Hajmi4,1 Mb.
#860262
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   155
Bog'liq
УМК узб хафвсизлик коида ТЖА

3.
 
Elektr uzatish tarmog‘ida yerga ulagichlarni o‘rnatish
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmog‘ini taqsimlovchi elektr 
uskunalaridan o‘chirilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutatsion 
apparatlari oldida yerga ulanishi shart. 
Quyidagilarga ruxsat etiladi: 
35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida asosiy elektr 
tarmog‘i ikki tomonidan yerga ulangan, shaxobchadagi podstansiyalarda esa yerga 
ulagich o‘chirilgan tarmoq ajratgichlaridan keyin o‘rnatilgan bo‘lsa, bu elektr tarmoq, 
yerga ulanmaydi. 
6-20 kV kuchlanishli elektr uzatishtarmoqlarini faqat bir taqsimlovchi elektr 
uskunalarida yoki bir seksiyaga ajratadigan asbob oldida yoxud taqsimlovchi elektr 
uskunalariga yoki seksiyaga ajratadigan asbobga yaqin turgan ustunda yerga ulash 
mumkin. Qolgan taqsimlovchi elektr uskunalarida va seksiyaga ajratadigan asboblar 
oldida elektr uzatish tarmog‘iga qo‘yiladigan yerga ulagichlar ish joyi bilan ushbu 
taqsimlovchi uskunalar yoki seksiyaga ajratadigan asboblar oralig‘ida o‘rnatilishi 
sharti bilan, o‘sha kuchlanish olinib o‘chirilgan elektr uzatish tarmoqlarini yerga 
ulamaslik mumkin. Elektr uzatish tarmoqlarida yuqorida qayd qilingan yerga 
ulagichlar yerga ulash uskunalari bor ustunlarga o‘rnatilishi kerak. 
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida yerga ulagichni 
faqat ish joyiga qo‘yish yetarli. 
Ushbu Qoidani 5.6.1. bandida eslatib qo‘yilgan yerga ulagichlarga qo‘shimcha 
har bir brigadani ish joyida simlarni har bir fazasi, kerak bo‘lganda troslar ham yerga 
ulanishi shart. 
Sim tortadigan metall roliklarda va ushlab turuvchi qisqichlarda (zajimlarda) 
yotgan simlar uchun roliklarning (zajimlarning) o‘zidagi qo‘zg‘almas bo‘lagini yerga 
ulash kifoya. Metal konstruksiyali hamda temir qobig‘lari yerga ulangan temirbeton 
ustunlar va undagi roliklar halkasi (oboymasi) va qisqichlar orasida tabiiy tutashish 
bo‘lsa, rolik va qisqichlarni qo‘shimcha yerga ulash: talab qilinmaydi. 
Ikki mustahkam anker ustunlari orasida sim osilayotganda, xamda anker 
ustundagi aylanib o‘tuvchi sim ulangandan keyin, osilgan simlar (troslar) 
boshlang‘ich anker ustunda va oxirgi simlarni ushlab turuvchi oxirroqdagi biron 
ustunda yerga ulanishi shart. 
Tayyor uchastkalardagi simlar (troslar) orqali momaqaldiroqdan va boshqa o‘ta 
kuchlanishdan keyingi uchastkalarga osilayotgan simlarga (trosslarga) potensial 
o‘tish xavfini yo‘q qilish maqsadida oxirgi anker ustunida osilgan simlarni 


125 
(trosslarni), hamda qurilib bitgan elektr uzatish tarmog‘i simlarini yerga ulash man 
qilinadi. 
Har bir fazasida simlar bir necha bo‘lim-bo‘limlarga tarab ajratilgan elektr 
uzatish tarmog‘ida har fazadagisining bir simini yerga ulashga ruxsat beriladi, 
fazalardagi simlar izolyatsion kashak yordamida ajratilganda hamma simlarini yerga 
ulash talab qilinadi. 
Bir zanjirli elektr tarmog‘ida yerga ulagichni ish olib borilayotgan ustunga yoki 
qo‘shni ustunga qo‘yish kerak. Brigada ishlayotgan elektr uzatish tarmog‘i 
uchastkasiga yerga ulagichlar orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan ikki 
tomonidan yerga ulagich o‘rnatishga ruxsat etiladi. 
Ustundan izolyatsiya qilingan momaqaldiroqqa qarshi osilgan trosda yoki 
ushbu ustunga osilgan trossda yoki ustun konstruksiyasida bu trossga 1 metrdan kam 
masofaga yaqinlashib ishlaganda, tros albatta yerga ulanishi shart. Yerga ulagich 
trosni izolyatsiya qilingan tomonidan keyingi ustunga ketgan yerida yoki oralig‘ida 
qo‘yiladi. 
Agar ushbu trosda muz eritish mo‘ljallangan bo‘lsa, ish boshlashdan oldin, tros 
kuchlanish kelishi mumkin bo‘lgan barcha tomonlaridan o‘chirilib, yerga ulanishi 
shart. 
Ko‘chma yerga ulagich metal ustunlarda uning elementiga, yerga ulagich 
o‘rnatish uchun jihozlangan temirbeton va yog‘och ustunlarda yerga ulagich 
uskunalariga, ularni butunligini tekshirgandan keyin shu simlarga o‘rnatilishi kerak. 
Yerga ulagich o‘rnatish uchun jihozlangan uskunalari bo‘lmagan temirbeton 
ustunlarda yerga ulagichni ustunning traversiga va boshqa metal elementiga o‘rnatish 
mumkin. 
Neytrali yerga ulangan va nol simi tarmoqda qayta yerga ulangan 1000 V 
kuchlanishgacha bo‘lgam elektr uzatish tarmoqlarida yerga ulagichni ushbu nolevoy 
simiga o‘rnatish mumkin. 
Uskunalardagi ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joylar 
bo‘yoqdan tozalanishi shart. 
Ish joyida ko‘chma yerga ulagich yerga yarim metrdan chuqurlikka tik 
qoqilgan yerga ulash uskunasiga o‘rnatilishi mumkin. Yerga ulash uskunasini tuproq 
bexos to‘kilgan uyumga qoqish man qilinadi. 
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘ida yoki izolyatsion 
zvenosi yo‘q teleskopik minorada turib ishlaganda, ta’mirlanayotgan tarmoq 
simlarining barchasiga, shu jumladan radio va telemexanika apparatlari uchun osilgan 
ochiq simlarga ham yerga ulagich qo‘yilishi shart. 
Ta’mirlash uchun o‘chirilgan elektr uzatish tarmoqlarida ko‘chma yerga 
ulagichlarni o‘rnatish va keyin uni olish hamda ustunlarga o‘rnatilgan yerga ulagich 
pichog‘ini ulash ishlarini navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlari amalga 
oshirishlari kerak: biri IV gruppali (1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish 
tarmoqlarida) 
yoki 
III 
gruppali 
(1000 

kuchlanishdan 
past 
elektr 
uzatishtarmoqlarida), ikkinchisi III gruppali bo‘lishi kerak. Ikkinchi xodim sifatida III 
gruppali tamirlash brigadasi a’zosini, iste’molchilarga talluqli elektr uzatish 
tarmoqlarida esa iste’molchi xodimini ishlatishga ruxsat beriladi. 
Ustunlardagi yerga ulagich pichoqlarini navbatchi yoki tezkor-tamirlash 
xodimlarida III gruppali bir xodim o‘chirishiga ruxsat etiladi. 


126 
Elektr uzatish tarmoqlaridagi ish joylarida ko‘chma yerga ulagichni ish 
bajaruvchi bilan birgalikda III gruppaga ega bo‘lgan brigada a’zosi bilan birgalikda 
o‘rnatishi mumkin. Ushbu yerga ulagichni olish ish bajaruvchining farmoyishi bilan 
III gruppali ikki brigada a’zosi bajarishi mumkin. 
Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish, yerga ulagichni 
o‘rnatish va olish paytida ishchini biri yerda turishi va boshqa ishchini kuzatib turishi 
kerak. 
Elektr maydoni ta’siri doirasidagi ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va 330 
kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridagi ishlarni bajarishda 
GOST 12.1.002-84 talablariga asosan ishchining ushbu maydonda bo‘lish vaqti 
chegaralanib qo‘yilishi kerak. 
Elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m gacha bo‘lgan maydonlarda 
ishchilarning u yerda bo‘lishi vaqti chegaralanmaydi. Elektr maydoni kuchlanganligi 
20 dan 25 kV/m gacha bo‘lgan maydonlarda ishchilarning u yerda bo‘lishi 10 
minutdan oshmasligi shart. Elektr maydoni kuchlanganligi 25 kV/m dan yuqori 
bo‘lganda himoya vositalarini qo‘llash kerak. Bunda ishlash muddati bir ish kuni 
vaqti bilan chegaralanadi. 
Elektr maydoni kuchlanganligi 5 dan 20 kV/m gacha bo‘lgan maydonda 
(malum bir kuchlanganlik ostida) bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaqt T soat, quyidagi 
formula bilan hisoblanadi, ya’ni 
bu erda, E—nazoratda bo‘lgan elektr maydonining ta’sirchan kuchlanganligi, kV/m. 
Ko‘rsatilgan formula bilan elektr maydoni kuchlanganligi 10 kV/m bo‘lganda turish 
vaqti 180 minut, kuchlanganligi 15 kV/m bo‘lganda esa 80 minutni tashkil qiladi. 
Ushbu band talablari, xodimlarga elektr razryadi ta’siri bo‘lishi mumkinligi 
batamom bartaraf qilingan hollarda kuchlidir. 
Ish kuni ichida ishchilarning elektr maydonida bo‘lish vaqtini bir marotaba 
yoki bo‘lib-bo‘lib ishlatish mumkin. Ish vaqtining qolgan paytida himoya 
vositalaridan foydalanishlari yoki elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m dan kam 
bo‘lgan maydonda bo‘lishlari kerak. 
Elektr maydoni kuchlanganligi, hamda uning ta’sir maydoni va uni ekranlash 
chegarasi o‘lchash natijalari bilan belgilanadi. Barcha hollardagi ishlarni bajarishda 
odamlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan maydonni hamma joyida o‘lchayotgan xodim 
ta’siridan tashqaridagi joyda aniq o‘lchanadigan elektr maydonining kuchlanganligi 
o‘lchanishi shart. 
Uskunalar va konstruksiyalarga ko‘tarilmasdan bajariladigan ishlarda 
kuchlanganlikni o‘lchash quyidagicha amalga oshirilishi shart: 
-himoya vositalari yo‘q paytida yer yuzidan 1,8 metr balanddikda; 
-umumiy himoya vositalari ishlatilganda yer yuzidan 0,5; 1,0 va 1,8 metr balandlikda 
o‘lchanishi zarur. 
Uskunalar va konstruksiyalarga ko‘tarilib bajariladigan (himoya vositalarini 
bor-yo‘qligidan qat’iy nazar) ishlarda o‘lchash ish joyining sathidan 0,5; 1,0 va 1,8 m 
balandlikda va yerga ulangan tok o‘tkazuvchi uskunalar qismidan 0,5 m uzoqlikdagi 
masofada o‘lchanishi shart. 
Nazorat qilinayotgan maydonda bo‘lish vaqti maydon kuchlanganligining eng 
yuqori bo‘lgan qiymatini hisobga olib belgilanadi. 


127 
Himoya vositalari sifatida quyidagilarni ishlatish mumkin: mustahkam 
o‘rnatilgan ko‘chma va ko‘chirma ekranlash uskunalari; mashina va mexanizmlarga 
o‘rnatilib, olinuvchi ekranlash uskunalari; ekranlash komplektlari. Ekranlash 
uskunalari GOST 12.4 154-85 talablarini qoniqtirishi shart. 
Yerga ulangan avtomashina kabinalari va ko‘zovlarida, mexanizmlar, 
ko‘chirma ustaxona va laboratoriyalarda shuningdek temirbetondan, yoki metall 
sinchli temirbeton bilan yopilgan g‘ishtdan ishlangan imoratlarda, elektr maydoni 
bo‘lmagan tunuka tomlari yerga ulangan imoratlarda ishlanganda u yerga himoya 
vositalarini qo‘llash talab qilinmaydi. 
Ko‘chma va ko‘chirma ekranlash uskunalari o‘rnatilgan joylarida yerga 
ulanadigan qurilmalarga yoki ularga ulangan metall konstruksiyalarga yo‘g‘onligi 
kamida 10 mm
2
bo‘lgan yumshoq mis sim orqali yerga ulanishi shart. 
Mashina va mexanizmlarga o‘rnatilgan olinuvchan ekranlash uskunalari ularga 
galvanik ulangan bo‘lishi shart. 
Mashina va mexanizmlar yerga ulangan taqdirda ularga o‘rnatilgan olinuvchan 
ekranlash uskunalarini qo‘shimcha yerga ulash talab qilinmaydi. 
Alohida shaxsiy ekran komplektlarini yerga ulash maxsus tagcharmli tok 
o‘tkazuvchi maxsus oyoq kiyimida bajarilishi kerak. Izolyatsion asos ustida 
(bo‘yalgan metall, izolyator, yog‘och to‘shalma va boshqalarda) turib ishlanganda 
yoki yerga ulangan konstruksiyalarni ochiq qo‘l bilan (qo‘lqopsiz) tegishli kerak 
bo‘lgan ishlarda, ekranlash kiyimlari qo‘shimcha qalinligi 10 mm
2
yumshoq maxsus 
mis sim bilan yerga ulash uskunalariga yoki ushbu uskunalarga ulangan metall 
konstruksiyalarga ulanishi shart. 
1000 V kuchlanishgacha kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga 
tegib ketish mumkin bo‘lgan hamda elektr uskunalarini sinash paytida (yuqori 
kuchlanish ostida sinov o‘tkazayotgan xodimning faqat o‘zi uchun) va elektr 
kavsharlash ishlarida ekranlash komplektlarni ishlatish man qilinadi. Bunday hollarda 
ishlayotgan ishchilarni ekranlash uskunalarini qo‘llab himoya qilish shart. 
O‘chirib qo‘yilgan tok o‘tkazuvchi qismlarning uchastkalarida ishlanganda 
kuchlanish ta’sirida paydo bo‘ladigan potepsialni olib tashlash uchun ushbu uskuna 
yerga ulanishi zarur. O‘chirib qo‘yilgan, lekin yerga ulanmagan tok o‘tkazuvchi 
qismlarga himoya vositalarisiz tegish man qilinadi. SHuningdek yerdan 
izolyatsiyalangan holda qolishi mumkin bo‘lgan ta’mirlash moslamalarini jihozlari 
ham yerga ulanishi shart. 
Elektr maydoni ta’sir doirasida turgan g‘ildiraklari siqilgan havo yordamida 
ishlaydigan mashina va mexanizmlar yerga ulangan bo‘lishi shart. 
Ushbu trapsport vositalarini elektr maydoni ta’sir doirasida harakat qilganda 
kuchlanish ta’sirida paydo bo‘ladigan potensialni olish uchun uning shassisiga yoki 
ko‘zoviga yerga tegib turuvchi metall zanjir ulangan bo‘lishi zarur. 
Elektr maydoni ta’sir doirasida mashina va mexanizmlarga yoqilg‘i va 
moylash materiallarini qo‘yish man qilinadi. 
Elektr maydoni ta’sir doirasidagi uskuna va konstruksiyalarga ko‘tarilish kerak 
bo‘lib qolganda, elektr maydoni kuchlanganligi va ish jarayonining muddatidan qatiy 
nazar himoya vositalaridan foydalanish shart. 
Teleskopik minora va gidroko‘targichda ko‘tarilganda uning ko‘tarma kajavasi 
ekran bilan ta’minlanishi kerak yoki ekranlash komplektidan foydalanish zarur. 


128 
Ekranlash maydonida, ochiq taqsimlovchi uskunaning konstruksiyalari ichida 
shuningdek gaz relesiga, kuch transformatorlaridagi yog‘ sathini ko‘rsatuvchi relega 
narvon orqali ko‘tarilishda elektr maydonining tasiriga qarshi himoya vositalari 
ishlatilishi shart emas. 
Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarini ko‘zdan kechirishga va ish joyiga 
borishda, xodim ushbu maqsadlar uchun ishlab chiqilgan yo‘nalish yo‘li bo‘yicha 
yurishi kerak. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish