Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti "avtomatlashtirish va boshqaruv"



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/155
Sana04.11.2022
Hajmi4,1 Mb.
#860262
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   155
Bog'liq
УМК узб хафвсизлик коида ТЖА

2.
 
Jabrlanuvchini jaroxatlovchi omillarning ta’siridan xalos etish
Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish uni jaroxatlovchi omillarning ta’siridan 
xalos etish vaqtidan boshlanadi: elektr uskunasini o‘chirish, tok o‘tkazuvchi 
qismlardan kuchlanishni uzish yoki jabrlanuvchini undan ajratib olish
jabrlanuvchini qadam kuchlanishi maydonidan olib chiqish va boshqalar; suvdan 
tortib olish; xavfli (gazlangan, changlangan, havoning harorati oshgan yoki 
pasaygan va x.) zonadan olib chiqish; ishlab chiqarish uskunalarini, harakatdagi 
mashinalar va mexanizmlarni to‘xtatish; bug‘ yoki suvni o‘chirish; yonayotgan 
kiyimlarni o‘chirish va boshqalar. Bunda yordam ko‘rsatayotgan shaxsning o‘zi 
ham, tegishli himoya vositalaridan foydalangan holda, o‘zini shu jaroxatlovchi 
omillarning ta’siridan saqlashi lozim. 
E l e k t r t o k i n i n g t a ’ s i r i d a n o z o d q i l i s h .
Elektr toki urganda jabrlanuvchini imkoni boricha tezroq elektr toki 
ta’siridan xalos etish lozim, chunki elektr tokining ta’siri qancha ko‘p bo‘lsa, 
organizmdagi elektr jaroxati shunchalik og‘irroq bo‘ladi. 
Kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketish, ko‘p hollarda 
mushaklarning ixtiyoriy bo‘lmagan ravishda qisqarishiga va nafas olish va qon 
aylanish organlari faoliyatining buzilishi yoki umuman to‘xtab qolishiga olib 
keluvchi holatga sabab bo‘lishi mumkin. Agar jabrlanuvchi simni qo‘lida ushlab 
turgan bo‘lsa, uning barmoqlari shunday qattiq qisiladiki, simni uning qo‘llaridan 
bo‘shatib bo‘lmaydi. SHuning uchun yordam beruvchining birinchi harakati elektr 
uskunasining jabrlanuvchi tegib turgan qismini tezroq o‘chirishdan iborat bo‘lishi 
kerak. 
Elektr uskunasini uzgich, rubilnik yoki boshqa o‘chiruvchi apparat 
yordamida (1-rasm), hamda saqlagichlarni olib qo‘yish, shtepsel ulamasini ajratish, 
havo liniyasiga sim tashlab sun’iy qisqa tutashuv hosil qilish yo‘li bilan o‘chirish 
mumkin. 
1-rasm. Elektr uskunalarini o‘chirish yuli bilan 
jabrlanganni tok ta’siridan ozod qilish 
Agar jabrlanuvchi tepada 
turgan bo‘lsa, uskunani 
o‘chirilishi va shu tariqa 
jabrlanuvchini 
tok 
ta’siridan xalos etilishi, 
uning balandlikdan yiqilib 
tushishga olib keladi. Bu 
holda 
qo‘shimcha 
jaroxatlarning oldini olish 
choralarini ko‘rish kerak. 
HLning 
tayanchlaridan 
jabrlanuchini 
tushirish 
tartibi 
mazkur 
yuriqnomaning 
ilovasida 
tavsiya qilingan.
Uskunani o‘chirish bilan bir vaqtda elektr chirog‘i ham o‘chib qolishi mumkin, 
shuning uchun kunduzgi yoritish bo‘lmaganda , elektr uskunaning o‘chirilishi va 
jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatilishini kechiktirmasdan,boshqa manbadan yoritish 


68 
(xonaning portlash va yong‘in xavfsizligini e’tiborga olib avariyaviy yoritish, 
akkumulyatorli fonarlar va h) ta’minlanishi kerak. 
2-rasm. 1000 V gacha kuchlanishli elektr 
uskunalarida simni yog‘och bilan olib 
tashlash yo‘li bilan jabrlanuvchini tok 
ta’siridan ozod qilish
Agar elektr uskunani tezlik 
bilan 
o‘chirish 
imkoni 
bo‘lmasa, 
bu 
holda 
jabrlanuvchini u tegib turgan 
tok o‘tkazuvchi qismlardan 
ajratish 
choralari 
ko‘rilishi 
kerak. Bunda yordam beruvchi 
shaxs, barcha hollarda, ehtiyot 
choralarini 
ko‘rmasdan 
jabrlanuvchiga 
tegib 
ketishi 
mumkin emas, chunki bu uning 
hayoti uchun xavflidir. Xuddi 
shuningdek, u tokning yerga 
tutashuv joyida o‘tkazuvchi 
qismga o‘zi tegib ketmaslik
yoki qadam kuchlanishi ta’siriga tushmaslikni nazorat qilib turishi kerak.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish