85
Kasb kasalliklarining fizik (kasbga
aloqador karlik, titrash kasalligi, nur
kasalligi, kesson kasalligi, balandlikdan qo‘rqish kasalligi va boshqalar),
biologik
(infeksiya va parazitar kasalliklari, brutselloz, kuydirgi) va kimyoviy omillar ta’sirida
ba’zi changlar o‘zoq vaqt nafas olinganda (pnevmokonioz, bronxit) shuningdek,
jismoniy zo‘riqishda yoki shikastlanganda (nevrit, bursit) vujudga keladigan turlari
farq qilinadi.
Kasb kasalliklarining kelib chiqishiga organizmning o‘ta toliqishi va kasallikka
qarshi kurasha olish faoliyatining pasayishi ham sabab bo‘la oladi. O‘zbekistonda
kasb kasalliklari ro‘yxati va tegishli tavsiyanomalar O‘zbekiston
Respublikasi
Sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqarish texnologiyasining takomillashtirilishi ishlab chiqarish
jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning keng joriy
etilishi, mehnat va dam olishning me’yorida tashkil etilishi
kasbiy kasalliklarning
kamayishiga olib keladi.
Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni o‘rganish baxtsiz hodisalarning kelib
chiqishiga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlash, ularni yo‘qotish
chora-tadbirlarini
ko‘rish imkonini beradi. Bu ishlar asosan samarali xavfsiz ish usullarini qo‘llash,
baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo‘ladigan ish sharoitini
tashkil qilish hisobiga amalga oshiriladi.
3. Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari
Baxtsiz hodisalarning sabablari asosan ikki usul yordamida aniqlanadi.
1. Statistik usul
. Bu usul sanoat korxonalarida statistik hisobga olingan baxtsiz
hodisalar materiallarini chuqur o‘rganishga asoslangan. Statistik usul baxtsiz
hodisalarni kamaytirish borasida chora-tadbirlar ko‘rish uchun amaliy ma’lumot
beradi va sanoatda jarohatlanishni ta’riflovchi chastota koeffitsienti, jarohatning
og‘irlik koeffitsienti o‘rtacha ko‘rsatkichini olish imkoniyatini beradi.
CHastotali koeffitsient (Kch) 1000 ishchi hisobiga ma’lum
vaqt davomida
sanoat korxonalarida to‘g‘ri keladigan baxtsiz hodisalarning o‘rtacha miqdorini
ko‘rsatadi. Uni quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin:
86
bu erda: N - ma’lum vaqt ichida jarohatlanganlar, ya’ni
baxtsiz hodisalar soni; R -
shu vaqt ichida korxonada ishlagan ishchilarning o‘rtacha soni.
Baxtsiz hodisaning og‘irlik koeffitsienti (Ko) har bir jarohatlanish tufayli
o‘rtacha yo‘qotilgan ish kunlari miqdorini ifodalaydi va quyidagi tenglama bilan
aniqlanadi:
bu erda: D - baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan yo‘qotilgan ish kunlari soni;
Korxonaning
shikastlanish darajasi, baxtsiz hodisa asorati 1000 kishi hisobiga
quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
2.
Guruhlash usuli
baxtsiz hodisalarni bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan
guruhlangan holda jarohatlanishlarning sodir bo‘lish chastotalarini aniqlash
imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: