Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti "avtomatlashtirish va boshqaruv"



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/155
Sana04.11.2022
Hajmi4,1 Mb.
#860262
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   155
Bog'liq
УМК узб хафвсизлик коида ТЖА

2.
 
Jarohatlanishlar va kasallanishiami tahlil qilish usullari 
Ishlab chiqarishdagi jarohatlami tahlil qilishdan maqsad, xavfli yoki zararli 
ishlab chiqarish omillarini va baxtsiz hodisalarning vujudga kelishini aniqlash hamda 
ularni oldini olishga doir chora tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir. 
Qishloq xo‘jaligida jarohatlanishni o‘rganish va tahlil qilishda statistik, 
topografik, monografik, ergonomik, iqtisodiy va boshqa usullar qo‘llaniladi. Bu 
usullarning har biri mehnat sharoitini yaxshilashga va xavfsizlikni ta’minlashga doir 
tor doiradagi masalalarni kо‘rib chiqish va hal qilishga yo‘naltirilgan. 
Jarohatlanishni o‘rganishning statistik usuli eng ko‘p tarqalgan. Bu usul baxtsiz 
hodisani tekshirish paytida N-l shaklda dalolatnomadagi baxtsiz hodisalarni 
tavsiflovchi ma’lumotlarga asoslanadi. Shu usulga ko‘ra barcha baxtsiz hodisalar 
alohida belgilari: jarohatlanganlarning yoshi, kasbi, jinsi, bajaradigan ishiga qarab 
guruhlarga ajratiladi. Bu usul kasblar, yosh va boshqa ko‘rsatkichlar qanchalik xavfli 
ekanligini aniqlashga, shuningdek, jarohatlanishning oldini olishga doir chora 
tadbirlar ko‘rishga imkon beradi. Ushbu usul orqali jarohatlanishning quyidagi asosiy 
nisbiy ko‘rsatkichlari: tez-tez: takrorlanish koeffisienti, 
K
m
va og‘irlik koeffisienti, 
K
oq
ish vaqtinshg yo‘qotilishi, 
K
H
va o‘lim sonini ko‘rsatuvchi koeffitsentlar, 
K
o‘

orqali jarohatlanshi darajasini aniqlash mumkin. 
Tahlilga kirishishdan oldin boshlang‘ich hujjatlarni tekshirish va tayyorlash 
lozim. Dastlab ishlab chiqarish to‘liq hisobga olinganligi aniqlanadi. Buning uchun 
baxtsiz hodisalami tekshirish tavsifnomalari buxgalteriyadagi mehnatga layoqatsizlik 
varaqalari bilan taqqoslanadi. Bu varaqalarda ko‘rsatilgan diagnozlar bilan tanishish 
korxonada jarohatlanishlarni yashirish hollari bo‘lgan bo‘lmaganligini aniqlashga 
imkon beradi. Shundan keyin tavsifnomalarda bayon qilingan hodisalarning 
to‘g‘riligiga ishonch hosil qilinadi, shubha tug‘dirgan yozuvlar baxtsiz hodisa ro‘y 
bergan joyda tekshirib ko‘riladi. Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim punktlarni 
noto‘g‘ri yoki noaniq to‘ldirish, noto‘g‘ri xulosalar chiqarishga va buning oqibatida 
baxtsiz hodisa sabablarini yo‘qotishga olib keladi. Jarohatlanishlarning tez-tez 
takrorlanish koeffisienti, 


91 
bu yerda: 
T
t
 
- tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soni; 
R
- shu davr oralig‘ida ishlagan ishchilarning о‘rtacha soni. 
Lekin jarohatlanishlami tez-tez takrorlanish koeffisienti olingan jarohatning 
og‘ir yengilligini ko‘rsatmaydi. Bir korxonada baxtsiz hodisalarning aksariyatida 
yengil jarohat olgan va mehnat qobiliyatini yo‘qotgan kishi kunlar soni eng kam, 
boshqa korxonada esa baxtsiz hodisalarda asosan og‘ir jarohat olgan eng ko‘p 
bo‘lishi mumkin. Jarohatlanish darajasiga baho berishda bo‘larni, albatta, e’tiborga 
olish kerak. Shu maqsadlarda jarohatlanishning og‘irlik koeffisienti ko‘rsatkichi 
qo‘llaniladi, u bir baxtsiz hodisaga qancha mehnat qobiliyati yo‘qotilganligini 
ko‘rsatadi. 
Jarohatlanishlarning og‘irlik koeffisienti 
K
og‘
hisobot davridagi ishga yaroqsiz 
kunlar sonini tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soniga nisbati bilan 
aniqlanadi. 
bu yerda: D
ya
- hisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar soni. 
Ish vaqtini yo‘qotish koeffisienti 
K
y
1000 kishi hisobiga hisob-kitob qilinadi va 
quyidagicha aniqlanadi: 
O‘lim miqdorini ko‘rsatuvchi koeffisient 
К
o‘
o‘zicha o‘lim bilan tugagan 
hodisalarning 
I
o‘
sonini 10
4
ga ko‘paytmasini o‘rtacha ishchilar soniga nisbatidir: 
Topografik usulda baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joy aniqlanadi. Buning uchun 
xo‘jalikniig (bo‘lim, fermer xo‘jaligi, brigada va boshq.) bosh rejasida baxtsiz hodisa 
sodir bo‘lgan joy shartli belgi bilan belgilanadi. Bunda baxtsiz hodisalar tez 
takrorlanadigan joylar yaqqol ko‘zga tashlanadi, bu esa ularning sodir bo‘lish 
sabablarini yo‘qotishga doir shoshilinch choralar ko‘rishga imkon beradi. 
Monografik usulda aniq ish joyi, uchastka, uskuna, mashina, mexanizm yoki 
texnologik jarayonda yo‘zaga kelgan xavfli yoki zararli ishlab chiqarish omillari 
tahlil qilinadi. Bu usuldan foydalanib, baxtsiz hodisa sodir bo‘lgandagi barcha 
holatlami (ish joyidagi mikroiqlim, shovqin, titrash va boshq.) chuqur o‘rganiladi. 
Shuningdek, usul yangidan loyihalanayotgan yoki ta’mirlanayotgan korxonalarda 
mehnat xavfsizligiga doir chora tadbirlarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin. 
Ergonomik usulda mehnat turlarining o‘ziga xos tomonlari ergonomik 
omillarning (mashina, mexanizmning boshqarish organlarida zo‘riqish, ishchining ish 
bajarayotgandagi holati va boshq.) mehnat xavfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi. 


92 
Iqtisodiy usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy 
zarar, shuningdek mehnat xavfsizligi chora tadbirlariga sarflangan mablag‘larning 
to‘g‘ri taqsimlanganligi baxtsiz hodisalarning oldini olishga ketgan xarajatlarning 
samaradorligi aniqlanadi. Jarohatlanish darajasi korxonaning iqtisodiga ta’sirini 
baholashda jarohatlanish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, sifatsiz mahsulotlar va 
mehnat unumdorligining pasayishidan ko‘rilgan zararlar va boshqa xarajatlar 
e’tiborga olinadi. Lekin bu usul baxtsiz hodisaning sabablarini aniqlashga imkon 
bermaydi, shuning uchun bu qo‘shimcha usul hisoblanadi. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish