O`zbekiston respublikasi
NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI
Navoiy davlat konchilik instituti NUKUS FILIALI
“Tabiiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi
“BURG’ILASH VA PORTLATISH ISHLARI”
Fanidan tajriba mashg`ulotlarni bajarishga oid
USLUBIY QO’LLANMA
531 1600 - Konchilik ishi (ochiq konchilik ishlari) ta`lim yo`nalishi talabalari uchun
Nukus-2021
Uslubiy qo’llanma Navoiy davlat konchilik instituti nukus filialida ishlab chiqilgan bo’lib 2019 yil 19. 04 dagi № BD-5111000 -2. 10 bilan ro'yxatga olingan va O'zbekiston Respublikasi Yuqori va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yil 02. 08 da tasdiqlangan fan yo'nalishlaması asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar:
Djaksimuratov K. – NavDKI NF, «Tabiiy va umumkasbiy fanlar»
kafedrası dotsenti;
Taqrizchilar:
Embergenov N. - QDU, “ Iqtisodiy va ijtimoyiy fanlar”
kafedrasi dotsenti;
KIRISH.
Burg‘ilash va portlatish ishlarida tog‘ jinslarini yemirib parchalash usullarini tubdan takomillashtirish va foydali qazilmalarni qazib olishning prinsipial yangi vositalari hamda usullarini yaratish, qazib chiqarish hajmini kengaytirish, texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni va sanoatning konchilik sohasidagi barcha texnologik jarayonlarini rivojlantirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Yaqin yillar davomida ko‘mir sanoati hamda qora va rangli metallurgiya sanoatida, noruda jinslar qazib olish, gidrotexnik va transport inshootlari qurilishida tub tog‘ jinslarini qazish hamda qayta ishlash hajmi bir necha barobar ortdi. Bu sanoat tarmoqlari ehtiyojiga ishlatiladigan tub tog‘ jinslarini, shpurlar, skvajinalar va kamerali zaryadlarni portlatish yo‘li bilan yumshatib-parchalab olinadigan jinslarning mahkamlik darajasi prof. M. M. Protodyakonov shkalasiga muvofiq, asosan, f =6–14 ga to‘g‘ri keladi.
Tub tog‘ jinslarini qazib olishda ular shunday maydalangan bo‘lishi zarurki, ularning kattaligi yuklovchi va tashuvchi transport vositalarining ishlashi uchun samarali o‘lchamda bo‘lishini va bu portlatilgan jinslarni qayta ishlashda yuqori samaradorlikni ta’minlashi uchun ochiq sharoitda va qo‘yilgan talablarga mos keladigan shpur va skvajinalar burg‘ilash va portlatish usullarini tanlash zarur.
Tog‘ jinslarini portlatishga tayyorlash va uni qazib olishga sarflanadigan mehnat umumiy sarflangan mehnat hajmining 30% ini tashkil etadi, lahimlar o‘tishda esa 50% ga yetadi. Jinslar mahkamligining ortishi bilan burg‘ilash, portlatish ishlariga sarflanadigan mehnat hajmi ham ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |