Nazorat savollari:
1. KPM-1A portlatish mashinasining ishlash ketmaqketligi.
2. KPM-1A portlatish mashinasining ishlash sharoitlari.
3. Portlatish mashinasining tayyorligi.
TAJRIBA ISHI №4
ELEKTRODETONATORLARNI ULASH USULLARI VA ELEKTR PORTLATISH TARMOQLARINI O’RGANISH.
Ishdan maqsad: Belgilangan vaqt ichida ketma-ketligi saqlangan holda portlovchi modda zaryadida portlashning qo‘zg‘a lishini ta’minlaydigan portlatish texnikaviy vositalari va usullarini o’rganish.
PORTLATISHNING O‘T O‘TKAZISH VA ELEKTR O‘T O‘TKAZISH USULLARI
O‘t o‘tkazib portlatish usuli ma’lum kamchiliklarini hisobga ol-gan holda chang va gaz portlash xavfi bo‘lmagan ko‘mir shaxtalari-da, ruda konlarida va karyerlarda keyingi vaqtda kamroq qo‘llanila boshladi.O‘t o‘tkazib portlatish usuli qo‘llanilganda portlatuvchi vosita si-fatida kapsul-detonator, o‘t o‘tkazuvchi pilik (shnur) va uni yondirish vositalari qo‘llaniladi.O‘t o‘tkazib portlatish usulining o‘ziga xos ba’zi afzalliklari ham bor: bu usul ishlatishda oddiy, murakkab hisoblar talab etil-maydi, zaryadlarni istalgan ketma-ketlikda yakka-yakka portlatish mumkin.
6.1-rasm.Kapsul-detonatorning o’t o’tkazuvchi pilik bilan birlashtirilgan ko’rinishi.
O‘t o‘tkazib portlatish usulining asosiy kamchiliklari: ish baja-ruvchi (portlatuvchi) uchun katta xavf mavjud, ya’ni portlatuvchi pi-likni (shnurni) o‘t oldirishda bevosita zaryadlar oldida bo‘ladi, port-latishga tayyorlangan zaryadlarning sifatini tekshirib ko‘rish imkoni yo‘q, kerak bo‘lganida bir necha zaryadni bir zumda bir vaqtning o‘zi-da portlatish imkoni yo‘q, yondiruvchi (o‘t oldiruvchi) patronsiz, bir vaqtda yondiriladigan shnurlarning miqdori cheklan-gan, o‘t o‘tka-zuvchi pilik (shnur)dagi porox va uning qobig‘i yonishida ancha ko‘p miqdorda zaharli gaz-uglerod oksidi hosil bo‘ladi, suvli kavjoylarda qo‘llanishi cheklangan va boshqalar.
O‘t o‘tkazib portlatish usulini qo‘llash uchun yondiruvchi va nazorat trubkalarni tayyorlash lozim bo‘ladi. Yondiruvchi trubka bir bo‘lak o‘t o‘tkazuvchi pilik (shnur) bilan birlashtirilgan kapsul deto natordan iborat (6.l-rasm). Yondiruvchi trubkani tayyorlashda o‘t o‘tkazuvchi pilikning (shnurning) o‘lchamini belgilash uchun port-latiladigan shpurlarning chuqurligini, miqdorini, jangovar patron-ning zaryadi qaysi joyda joylashtirilishini, portlatish uchun ruxsat etilgan shpurlar miqdorini va yondiruvchi trubka yonib bo‘lgunga qadar usta-portlatuvchining xavfsiz joyga yetib bora olishini hisob-ga olish zarur.
O‘t o‘tkazuvchi pilikni (shnurni) yondirish oson bo‘lishi uchun u shpur og‘zidan kamida 25 sm chiqib turishi kerak.Portlatish ishlari yer ostida olib borilayotganda yondiruvchi trub-kaning uzunligi bitta kavjoydagi hamma shpurlar uchun kamida 1 m bo‘lishi shart.
6.2-rasm. Kapsul-detonatorning o‘t o‘tkazuvchi pilikka birlashgan joyini siquvchi moslama.
Tayyor bo‘lgan o‘t o‘tkazuvchi trubkalarning bir xil uzunlikdagi-larini alohida doira shaklida o‘rab, maxsus sumkaga joylashtiriladi. So‘ng portlovchi moddalar omboridan portlatish ishlari olib boriladi-gan kavjoyga olib boriladi. Yondiruvchi patronlar yordamida yondi rish uchun yondiruvchi trubkaning o‘t o‘tkazuvchi pilik bo‘laklari ning uzunligi shunday bo‘lishi kerakki, pilikning shpurdan chiqib turgan uchlarini portlash ketma-ketligini saqlagan holda guruhlarga to‘plash va bog‘lash mumkin bo‘lishi lozim.
Agar suvli shpurlarni zaryadlash lozim bo‘lsa, kapsul detonator bilan o‘t o‘tkazgich pilik birlashtirilgan joyining sirtqi qismi maxsus mastika bilan yoki yupqa izolatsiyalovchi lenta bilan izolatsiyalanadi.
Chang va gaz portlash xavfi bo‘lgan ko‘mir shaxtalarida hamda chang va gazni portlash xavfi bo‘lmagan ko‘mir va boshqa shaxta-larda zaryadlarni o‘tli va elektr o‘tli usullarda portlatish taqiqlangan. Bulardan tashqari, o‘t bilan portlatish usuli og‘ish burchagi 30° dan yuqori bo‘lgan lahimlarni portlatishda, tik stvollar kavjoyini port-latishda va usta-portlatuvchining xavfsiz joyga ketishi qiyin bo‘lganda yoki berkinadigan joyga borish mumkin bo‘lmagan sharoitda xavfsiz lik qoidasiga muvofiq taqiqlanadi. Hozirgi vaqtda o‘t bilan portlatish usulidan foydalanish kamayib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |