Nazorat savollari
Elektr maydoni nima uni xarakterlovchi kattaliklar va ularning birliklari.
Ostrogradskiy-Gauss teoremasi va Kulon qonunini ta’riflang.
No’qtaviy zaryadning kuchlanganligi va potentsiali.
Kuchlanganlik E bilan potentsial (orasidagi munosabat kuch-langanlik chiziqlarining ekvipotentsial sirtlarga perpendikulyar ekanligini isbotlang.
grad ning fizik ma’nosi. Agar potentsial kordinata funktsiyasi sifatida ma’lum bo’lsa Kuchlanganlik E qanday aniqlanadi.
TAJRIBA ISHI № 2
KULON QONUNINI O‘RGANISH
Ishning maqsadi: 1. Kulon dinamometrini ishlatishni o‘rganish.
2. Zaryadlangan shar va ta’sir etuvchi kuch orasidagi boglanishni hosil qilsh.
3. Kuch va masofa orasidagi nisbatni tekshirish.
4. Elektr doimiysini aniqlash.
Kerakli jihozlar: Kulon millidinamometri, duralyuminiy plastinasi, yuqori potensialli izolyasiyalangan po‘lat sharlar va ularning og‘ir tayanchlari, yuqori kuchlanishli tok manbai, elektr zaryadi miqdorini kuchaytirgich va o‘lchagich kulonometr, ebonit tayoqchasi, shtativ va elektr ulash simlari.
Nazariy qism
Jismlar boshqa jismga ishqalganida ularda zaryadlanish hodisasini grek olimi Fales Miletskiy birinchilardan bo‘lib aniqlagan bo‘lsa, ingliz fizigi Uilyam Gilbert bu hodisa ko‘pchilik jism (olmos, qahrobo, tog‘ xrustali, shisha, qo‘rg‘oshin, oltingugurt, osh tuzi va hokazo)larda kuzatilishini o‘rgangan. Fransuz olimi Benjimen Fraklin esa ipak matosiga ishqalgan shishada musbat ishorali zaryad hosil bo‘lishini topgan. Bu zaryadni musbat ishorali deb olinishi shartli ravishda qabul qilingan. Manfiy ishorali zaryad esa faqat elektron kashf qilingandan keyin ma’lum bo‘lgan.
1785 yili fransuz fizigi Sharl Kulon tajribada qo‘zg‘almas zaryadli zarrachalarning o‘zaro ta’sir kuchini aniqlagan. Keyinchalik olimlar zaryadli jism (zarracha)lar inson organizmi sezmaydigan maydon orqali o‘zaro ta’sirlashishini aniqlashgan. Qo‘zg‘almas zaryadlar atrofida elektrostatik harakatdagi zaryadli zarrani atrofida esa magnit maydonini daniyalik olim Ersted aniqlagan. Bu maydonlarni umumiyroq etib ingliz olimi J.Maksvell tabiatda faqat elektromagnit maydoni mavjud ekanligini aytgan va uning nazariyasini 1887 yili e’lon qilgan. Elektr maydoni muayyan sharoitda magnit maydoniga aylanishi va aksincha bo‘lishi mumkin.
Qo‘zg‘almas zaryadlarning ta’sirlashishini o‘rganadigan fizikaning qismiga elektrostatika deyiladi va zaryadlarning o‘zaro ta’sirlashish kuchiga elektrostatik maydon deb ataladi.
Vakuumda bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashayotgan ikkita nuqtaviy zaryadning o‘zaro ta’sir kuchi shu nuqtaviy zaryadlarning ko‘paytmasiga to‘g‘ri proporsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional bo‘lgan kuch bilan ta’sirlashishiga Kulon kuchi deyiladi.
(1)
Do'stlaringiz bilan baham: |