Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Download 1,23 Mb.
bet63/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

Topshiriq. So‘zlarni o‘qing. Ularni qaysi sohaga oid ekanligini aniqlab, jadval talabiga mos ravishda guruhlarga ajrating. So‘z guruhlarini mustaqil davom etgiring.
Alif, divan, limonad, lyustra, makaron, kostyum, kofta, kofe, kino, konsert, kompozitor, konfet, palto, televizor, teatr, shlyapa, shokolad, shifoner, shkaf, shifer, film, sement, beton.

Кiyim -

Oziq -

Uy

Qurilishga

San’atga

kechakka

ovqatga

Jihozlariga

oid so‘z va

oid so‘z va

oid so‘z

oid so‘z

oid so‘z va

Atamalar

Atamalar

va

va

Atamalar







atamalar

atamalar










Darslik materialini to‘ldirishga xizmat qiladigan yana bir vosita rasmli albomlar va rasmli tarqatma materiallardir.


Rasmlar o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, o‘rganilayotgan til hodisasini amalda qo‘llab matnlar yaratish, tasvir, rivoya, muhokama insholar o‘tkazishda muhim o‘rin egallaydi.
Ona tili mashg‘ulotlarida rasmlardan foydalanishga muayyan talablar ham qo‘yiladi. Bular rasmning yuksak badiiyligi, o‘rganilayotgan mavzu talabiga mosligi, sinf o‘quvchilarining yoshi va bilim saviyasiga muvofiqligi, rasmda rassom maqsadining ifodalanganligi, nutq o‘stirishga muvofiqlik darajasi kabilar bo‘lib sanaladi.
Rasmlardan so‘z tanlashda, so‘z birikmalari va gaplar qurishda, ijodiy diktantlar yozishda, og‘zaki va yozma matnlar tuzishda, insho o‘tkazishda keng foydalaniladi.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodiy matn tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish ta’limning asosiy maqsadlaridandir. Shuning uchun ham, ayniqsa, keyingi yillarda ona tili darslarida mustaqil va ijodiy ishlarni bajarishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘quvchida ijodiy ish ko‘nikmasini shakllantirish uchun esa turli vositalar, usul va manbalardan foydalanish mumkin.
Tasviriy ko‘rgazma vositasida o‘tkaziladigan ijodiy ishlardan maqsad o‘quvchilarda tasvirlangan voqea-hodisani, holatni yozma yoki og‘zaki bayon, tavsif etish ko‘nikmasini hosil qilishdir. O‘quvchilar boshlang‘ich ta’limning ma’lum davridan boshlab, rasm asosida matn tuzishni o‘rganadilar. 5-sinf o‘quvchilari «Yil fasllari», «Bog‘da», «Gulzorda» kabi tabiat manzaralariga bag‘ishlangan rasmlarda nimalarni ko‘rayotganliklarinigina emas, balki ko‘rish orqali nimalarni his qilayotganliklarini, tasvir ularda qanday ichki kechinmalar uyg‘otganligini ham ifodalay bilishlari kerak.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturida ko‘rsatilgan «Ona tili o‘qitishning asosiy vositalari» sirasi ikkinchi bosqichida «...ona tili mashg‘ulotlarida og‘zaki va yozma tasvir uchun izohli albom, ishlatilishi lozim bo‘lgan zarur so‘zlar, berilgan rasm-tasvirlar va h.k. bilan to‘ldirilishi lozim» deb qayd etilgan. Ijodiy ishning bu ko‘rinishi uchun tavsiya qilinadigan rasmlar quyidagi talablarga javob berishi:
a)suratlar rangli tasvirda bo‘lishi;
b)tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi (o‘quvchining ma’naviy dunyosini boyitishi, go‘zallikni ko‘rishga, his qilishga o‘rgatishi va his-tuyg‘ularni so‘zlar vositasida ifodalay olishi kabilar ko‘zda tutiladi);
v)san’at asarlarining turlari, janrlari va mualliflari bilan tanishish imkoniyatini berishi;
g)chegaralanmagan ijodiy erkinlik berishini nazarda tutishi kerak.
Rasm asosida ijodiy matn yaratishga tayyorgarlik jarayoni bosqichli ravishda tashkil qilinishi kerak: birinchi bosqichda, matn yaratishdan avval surat asosida suhbat o‘tkazilib, lug‘at tuzish, ikkinchi bosqichda lug‘atdagi so‘zlar ishtirokida lug‘at diktanti o‘tkazish (so‘z zaxirasini boyitish va savodxonlikni oshirish maqsadida) kerak. Yakunlovchi uchinchi bosqichda lug‘atdagi o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan so‘zlarni iboralar, ularning ma’nodoshlari bilan almashtirish, uyadoshlar qatorini tuzish yuzasidan mustaqil ish tashkil qilish.
«Qovun sayli» yoki «Qovun bozori» mavzusida quyidagicha amaliy - ijodiy ish o‘tkazish mumkin:
1-bosqichda umumiy suhbat natijasida yaratilgan lug‘at: dehqon, bozor, sotuvchi, xaridor; liboslar: yaktak, to‘n, chakmon, qiyiqcha, do‘ppi; tush payti, peshin, poliz, lazzatli, chaqqon kabi qator so‘zlar tasviriy manbani o‘rganish jarayonida to‘planadi.
2- bosqichda esa imlosi qiyin bo‘lgan so‘zlar yuzasidan lug‘at diktanti o‘tkaziladi.
3- bosqiichda grammatik mavzu bilan bog‘liq bulgan topshiriqlar yuzasidan vazifalar bajariladi.
3.1. bozor – savdo maydoni,
xaridor – sotib oluvchi,
sotuvchi – savdo qiluvchi, dehqon,
lazzatli – shirin, mazali, asaldek shirin,
boldek,mazasi tilni yoradigan...
chaqqon – qo‘li-qo‘liga tegmaydigan.
3.2. Qovun turlari: bosvoldi, ko‘kcha, qirqma, qizil urug‘, miri, bo‘rikalla, cho‘giri, toshloqi, churvak, mirzacho‘l, shakarpalak, jo‘raqand, asati, davlatboy, ko‘k turna, eski chopon, kampir qovun, doniyor, obi novvot, obi qand...
3.3. Uyadoshlar qatorini tuzing: yaktak, to‘n, qiyiqcha, do‘ppi...
bozor, sotuvchi, xaridor...
Shu turdagi topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash va matn tuzish malakalarini hosil qilish mumkin.
Ijodiy matn yaratish uchun oldindan ko‘riladigan bunday tayyorgarlik o‘quvchilarni ijodiy ishga jiddiy yondashishga undaydi. Shuningdek, rasm asosida ijodiy matn yaratishdek murakkab jarayon ma’lum tayyorgarlikni (so‘z zaxirasini oshirish, mantiqiy bog‘liqlikni hosil qilish) talab qiladi. Turli mavzudagi ijodiy ish jarayoniga maxsus tayyorgarlik ko‘rilishi o‘quvchilarning bu ishga mas’uliyat bilan yondashishlariga sabab bo‘ladi. Binobarin, ijodiy matn yaratish o‘quvchida mustaqil fikr va savodxonlikning uyg‘unligini ta’minlaydi.
Agar tanlagan suratimiz rangli tasvirda bo‘lsa, ranglarning nomlanishi haqida ham o‘quvchilarga ma’lumot berib, maxsus lug‘at yaratish lozim. Ba’zan aynan bir suratning avval oq-qora, so‘ng rangli tasvirda berilishi o‘quvchining ranglarni o‘z o‘rnida ishlata bilish malakasini tekshirish va xatolarini tuzatish imkoniyatini beradi.
Matn ma’lum bir mavzu yoki rasm asosida yaratiladi. O‘quvchi rasm asosida matn yaratar ekan, unda aks ettirilgan lahzani ko‘z o‘ngida qanday namoyon bo‘lsa, shundayligicha qabul qiladi va tasvirlaydi. Shu bilan birga, rasmda tasvirlangan holat tuzilayotgan matnni ma’lum darajada chegaralaydi. Hikoya qilinishi kerak bo‘lgan holat makon (s), zamon (V), vaqt (t) birligiga aniqlik kiritadi va o‘quvchining fikrlash jarayonini yengillashtiradi. Rasm asosida tuzilgan matnlarda holat chegarasining buzilmasligi, o‘quvchining tafakkurida mazkur lahza qay tarzda namoyon bo‘layotganini aniq ko‘rsatib, o‘quvchining shaxsiy olamini, ma’naviy qiyofasini ochib berishga xizmat qiladi. Rasm asosida matn tuzish jarayonida o‘quvchining mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida ijodiy ish jarayoni uch bosqichga bo‘linadi:
1-bosqich: tasvirlangan holatga qadar bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar haqida bildirilgan mantiqiy fikr va mulohazalar;
2-bosqich: tavsiya qilingan rasmdagi holat tavsifi va unga munosabat;
3-bosqich: mazkur holat davomi haqida o‘quvchining mustaqil bayoni.
Bu 3 bosqichli ish o‘quvchining mushohada qilish doirasini, dunyoqarashini kengaytiradi.
O‘quvchi voqea-hodisalar ketma-ketligiga e’tibor beradi. Ular o‘rtasidagi uzviylikni qidiradi. Demak, ijodiy ishni tashkil qilish orqali o‘quvchiga ijodiy erkinlik beriladi, mustaqil fikrlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Ijodiy matn yaratishda ta’limiy va tarbiyaviy, ma’naviy va ma’rifiy jarayon doimo bir butunlikni vujudga keltirishi lozim.
Shuning uchun ham tavsiya qilingan rasm-tasvirlar o‘quvchilarda ona-Vatanga, tabiatga, milliy an’ana va qadriyatlarga muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadigan xarakterda bo‘lishi maqsadga muvofiq.
To‘g‘ri tanlangan va metodik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan rasm dars oldiga qo‘yilgan maqsadni muvaffaqiyatli hal qilishga, mashg‘ulotning qiziqarli bo‘lishi va o‘quvchilarning faollik darajasini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Rasmli tarqatma materiallar ham darsning muhim vositalaridan biridir. Bu vosita darsni o‘quvchilarning bilim saviyasiga qarab tabaqalashtirishda, har bir o‘quvchining o‘quv imkoniyatidan kelib chiqib topshiriq berishda, bolaning mustaqil ijodiy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Rasmli tarqatma materiallardan o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda, berilgan so‘zga ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar tanlashda, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini tashkil etishda (bitta rasmga 8–10 ta sarlavha topish, sarlavha talabidan kelib chiqib, har xil reja tuzish, nutq sharoitiga mos ravishda fikrni bayon qilish va h.k.) foydalanish mumkin.
Ta’limning samarali vositalaridan yana biri diafilm va diapozitivlardir. Bu vositalardan til hodisalarining mohiyatini sharhlashda ham, nutqiy malakalarni takomillashtirishda ham foydalansa bo‘ladi. Ayniqsa, mavzu talabga muvofiq so‘z va so‘z birikmalari tanlashda, gaplar tuzishda, matn yaratishda bu muhim vositalar qo‘l keladi.
O‘qituvchi diafilm va diapozitivlardan foydalanishda quyidagilarga amal qilishi lozim:

  • diafilm va diapozitivdan foydalanishning maqsadini aniq belgilashi, uning dars maqsadiga to‘la mos kelishini ta’minlashi;

  • darsning qaysi bosqichida qanday tartibda foydalanishni belgilab olishi;

  • tasvirdagi qaysi o‘rinlarga o‘quvchilarning e’tiborini qaratishni aniqlashi.

Ona tili o‘qituvchisi teleko‘rsatuvlardan, namoyish etiladigan kinofilmlardan ham unumli foydalanishni unutmasligi lozim. O‘rganilayotgan mavzu talabiga muvofiq matn yaratishda, sinf va uy insholari yozishda bu vositalar qo‘l keladi.
Xullas, yuqorida tilga olingan vositalar darslik materialini to‘ldirish hamda boyitish bilan bir qatorda mashg‘ulotlarning qiziqarli va zavqli o‘tishini ta’minlashda ham alohida o‘rin egallaydi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish