Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Download 1,23 Mb.
bet92/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

Savol va topshiriqlar

1. Nutq o‘stirishda til va tafakkur uyg‘unligini rivojlantirish yo’llari va vazifalarini ayting.


2. Mustaqil ta’lim orqali nutq va tafakkurni rivojlantirishning ahamiyatini qanday asoslaysiz?
3. Mustaqil ishlarni tashkil etish usullarini izohlang?
4. Mustaqil ish turlarining muhim vositalarni ayting.
5. O‘quvchilar nutqini boyitishda nutq uslublari bilan ishlashning qanday ahamiyati bor?
Mavzu bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar

1. Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topshiriqlardan foydalanish. Toshkent, «Musiqa», 2009, 25–34-b.


2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili leksikologiyasi asoslari. Toshkent, «O‘qituvchi», 1995.
3. Ne’matov H., G‘ulomov A, Ziyodova T. O‘quvchilar so‘z boyligini oshirish. Toshkent, 1996.
4. Ta’lim jarayonida so‘z boylitini oshirishning asosiy omillari. «O‘zbek tili» doimiy anjumani 3-yig‘inining tezislari. Toshkent, 1995.
5. To‘xliyev B, Shamsiyeva M, Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. Toshkent, «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi», 2006,
6. G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tili ta’limi mazmuni. Toshkent, «O‘qituvchi», 1995.
7. G‘ulomov A., Qobilova B. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari. Toshkent, «O‘qituvchi», 1995.
8. G‘ulomov A., Qosimova N. Ijodiy ishlar nazariyasi. Buxoro, 2011.
9. Qosimova N. O‘rta maktablarning 5-sinflarida «Leksikologiya» bo‘limini o‘rganishda sinonim so‘zlar ustida ishlash. Toshkent, 1996.
10. Ernazarova M., Matnazarova G. «Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarni aqliy faoliyat usullariga o‘rgatish. Navoiy, 1998, 3–7-b.
14-MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI ISH QOG‘OZLARIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISHGA O‘RGATISH.


Reja:

1. Ona tili mashg‘ulotlarida ish qog‘ozlaridan foydalanishni samarali tashkil etish. 2. O‘quvchilarni e’lon, ma’lumotnoma, tavsifnoma, taklifnoma, hisobot yozishga o‘rgatish.


O‘quvchilarni ish qog‘ozlaridan to‘g‘ri foydalana olishga o‘rgatish hayotiy zaruriyatdir. Zero, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonunining 7-moddasida: «O‘zbekistonda muassasa, korxona, tashkilot birlashmalarda ish Respublika davlat tilida yuritiladi», deb qayd qilinadi.
Ish qog‘ozlaridan foydalanishga o‘rgatish til sathlarini o‘qitish bilan chambarchas aloqadorlikda amalga oshiriladi. Ona tilining deyarli barcha bo‘limlarini o‘qitishda o‘quvchilar hujjatlarning u yoki bu turi bilan tanishadilar, uni yozishni o‘rganadilar. Chunonchi, «Fonetika» bo‘limini o‘rganishda manzilgohni yozish, telegramma matni ustida ishlash, ariza yozish kabilar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, «Leksikologiya»da e’lon, taklifnoma, dalolatnoma, tavsifnoma yozish, «Morfologiya»da tarjimayi hol, majlis bayoni, bildirishnoma, tilxat, ishonchnoma, ma’lumotnoma kabilar ustida ishlash ko‘zda tutiladi. «Sintaksis»ni o‘rganishda esa o‘quvchilar buyruq, farmoyish, yo‘riqnoma, shartnoma, hisobot kabilar bilan tanishadilar.
Ona tili mashg‘ulotlarida ish qog‘ozlaridan foydalanishni samarali tashkil etish uchun avvalo shu hujjatning murakkablik darajasi hisobga olinadi. 56- sinflarda asosan, sodda hujjatlar (bir muammoni o‘z ichiga olgan hujjatlar) ustida ish olib borilsa, keyinchalik murakkab hujjatlar (ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga olgan hujjatlar) ustida ish olib boriladi.
Ayrim ish qog‘ozlari hatto ikki bosqichda o‘rganiladi. Birinchi bosqichda (56-sinflarda) ayni bir hujjatning sodda shakllari o‘rganilsa, keyingi bosqichda (79-sinflarda) uning murakkab shakllari o‘rganiladi. Masalan, ariza, ma’lumotnoma kabi ish qog‘ozlarining ham sodda, ham murakkab ko‘rinishlari mavjud. O‘quvchilar uning sodda ko‘rinishi bilan quyi sinflarda tanishsalar, murakkab ko‘rinishlari yuqori sinflarda o‘rganiladi.
Hujjatda fikrni bayon qilish shakli o‘ziga xosdir. Ularning ko‘pi (mas., ma’lumotnoma, dalolatnoma kabi) muayyan bir qolipga ega bo‘lib, erkin fikr yuritishni talab etmaydi. Lekin shunday hujjatlar ham borki, (mas., tarjimayi hol, qaror, shartnoma kabi) ularda ma’lum darajada erkin fikr yuritiladi.
Ish qog‘ozlari matniga bir qator talablar qo‘yiladi. Avvalo, hujjatlar matni boshqa ijodiy yozma ish matnlari singari imloviy, ishoraviy va uslubiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan muhim talablardan biri xolislikdir. Unda bayon qilinayotgan mazmunga o‘quvchi (muallif) hech qanday munosabat bildirmaydi, balki axborotni xolis aks ettiradi. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Rasmiy ish uslubida kichraytirish, erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinkitantanavor so‘zlar, iste’mol doirasi chegaralangan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a singari badiiy tasvir vositalaridan foydalanilmaydi.
Shubhasiz, hujjat matni mazmunan aniq, ixcham, lo‘nda va to‘liq bo‘lishi shart.
O‘quvchilar hujjatlar matnida asosan, turg‘unlashgan, rasmiy qabul qilingan so‘z va so‘z birikmalari (masalan, berildi, bajarilsin, tayinlansin, eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi kabilar) dan foydalanish lozimligini bilishlari kerak.
Ish qog‘ozlari asosan, uch qismdan iborat bo‘ladi: a) kirish; b) asosiy qism; v) yakun (xulosa).
O‘quvchilarni ish qog‘ozini yozishga o‘rgatish shu ish qog‘ozining mufassal rejasi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Masalan: «Tarjimayi hol»ning mufassal rejasi quyidagicha:
Кirish: a) tarjimayi hol muallifining ismi, familiyasi, tug‘ilgan yili, oy va kuni, joyi va millati, oilasi; b) otasi va onasi haqida; v) aka-ukalari, opa-singillari haqida.
Asosiy qism: a) muallifning maktab yoshigacha bo‘lgan hayoti haqida; b) maktab hayoti haqida; v) hozirgi kundagi faoliyati haqida.
Yakun: a) ushbu tarjimayi holning nima sababdan yozilganligi; b) imzo, kun, oy, yil.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish