Navoiy ijodining xorijda tadqiq etilishi. Navoiyshunoslik muammolari


Fransiyada Navoiy ijodining yosh navoiyshunos Mark Toutant asarlarida o`rganilishi



Download 33,14 Kb.
bet5/8
Sana03.07.2022
Hajmi33,14 Kb.
#733829
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abduraxmanova Umida 215 Navoiyshunoslik

5. Fransiyada Navoiy ijodining yosh navoiyshunos Mark Toutant asarlarida o`rganilishi
Fransiyadagi yosh tadqiqotchi olimlaridan biri Mark Toutant ilmiy tadqiqotlarining asosiy obyekti Navoiy ijodiyotidir. Mark Toutant 2013–yilda “So ‘nggi Temuriylar davri madaniyati: Nazira amaliyotini Alisher Navoiyning “Xamsa” asari misolida o ‘rganish” (“The Last Temurids’ Culture: Study of Imimtation Practices through the case of Alī Shīr Nawā’ī (1441-1501)’ Khamsa” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yozgan. Tadqiqot temuriylar sulolasining so ‘nggi vakillaridan biri Husayn Boyqaro davridagi adabiy muhit buyuk mutafakkir shoirning “Xamsa” asari misolida o ‘rganilgan. Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiylarning asarlari janr nuqtayi nazaridan qiyoslangan, va birinchi bora fransuz ilmiy jamoatchiligiga taqdim etilgan]. Mark Toutant Navoiy ijodiyotining yangi xususiyatlari borasida bir necha maqolalarini e’lon qilgan. Xususan, uning «Navoiyning “Xamsa”si Temuriylar madaniy siyosatini yorituvchi asar» nomli maqolasida Navoiy ijodini o ‘rganishda va uni to ‘g‘ri baholashda muhim jihatlarini ko‘rsatib o‘tadi. Mark Toutant turkiy tilda yaratilgan Alisher Navoiyning “Xamsa” asarini o ‘rgangan G ‘arb sharqshunoslarining faqat asarning yozilgan tiliga qarab yuzaki baho berganliklarini ularning Navoiy ijodiyotidagi asosiy, uning orginalligini namoyon qiluvchi ma’no qatlamlaridan bexabar qolishlaridagi asosiy sabab sifatida keltiradi. Aslini olganda, Navoiy ijodiga bunday baho berilishi Sharq mumtoz adabiyotining gultoji hisoblangan “xamsachilik” an’analari va uning qonuniyatlari bilan mukammal tanishmaganliklarining oqibati edi. Alisher Navoiy ijodini keng masshtabda tahlil qilish uchun eng avvalo, davr taqazo qilgan jarayon – fors mumtoz maktabi an’analaridan foydalanib ijod qilinganligini va «xamsachilik»ning an’anaga aylanganligini e’tiborga olish lozimgini ko ‘rsatib o ‘tadi. Toutant fikrlari qo ‘shimcha ravishda “forsiy taqlidchilik” nafaqat adabiyotda, balki boshqa san’at sohalarida xattoki, hukmdorlik masalalarida ham mavjudligini qayd qiladi. Bu fikrlari orqali tadqiqotchi “taqlidchilik” masalalari haqida so ‘z yuritishdan, avval, jaroyon, muhit, davrning ham alohida ahamiyatga ega ekanligini ko ‘rsatib o ‘tadi. Mark Toutant Navoiyning «Xamsa» asari Temuriylar madaniy hayotini aks ettiruvchi katta jarayonni qamrab oluvchi asar sifatida baholaydi. Navoiyning “Xamsa” yozish jarayonini tahlil qilish uch muhim aspektni keltirib o ‘tadi:
1. Temuriylashtirish (Amir Temur tomonidan boshlab berilgan, temuriylarga xos madaniyatning va boshqaruvning shakllanib, davom ettirilganligi);
2. Standartlashtirish (eng muhim aspekt bo ‘lib, har bir ijod sohasida, avvaldan mavjud bo ‘lgan o ‘lchov va qonun-qoidalardan chetga chiqmagan holda an’anaviy davom ettirish);
3. So ‘fishunoslik (tasavuffiy asarlarga e’tibor qaratilishi);
Bu muhim jihatlarni Navoiyning shoh asarini yozishdagi asosiy maqsadini tushunishga yordam beradi deb hisoblaydi. Ushbu maqolaning eng e’tiborli jihati shundaki, Navoiy ijodiyoti g ‘arb sharqshunos olimlari tomonidan yuzaki o ‘rganilib, baho berilishi natijasida, Navoiy faqatgina xamsachilik an’analarining davomchisi sifatida talqin qilinganligi va uning «Xamsa»si boshqa asarlarda katta farqlanib turuvchi ma’no, mazmun, uslub xususiyatlari chuqur o ‘rganilmagani aytib o ‘tadi va bu xato talqinlarni o ‘z tadqiqotlari orqali yoritib beradi. Uning “Adab according to Mīr Alī Shīr Nawā’ī” nomli maqolasida ham Navoiy ijodida “adab” ning berilishi, shakllari, qo ‘llash usullari va o ‘rinlari haqidagi tadqiqotlari keltiradi. Mark Toutant Navoiy ijodi bilan bog ‘liq asarlariga munosabatidan ma’lum bo ‘ladiki, dunyo olimlari xususan, Navoiy ijodini o ‘rganayotgan yosh avlod vakillari o ‘zigacha yaratgan izlanishlarga ham munosabat bildirib ulardagi xato va kamchiliklarni dadil ayta olgan va misollar bilan tahlil qilganliklarini ko ‘rsatadi.

Download 33,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish