4. Navoiy ijodining yangi tartibda o`rganilishi va g`arb navoiyshunosligida yangi bosqich
Navoiy ijodiga haqqoniy baho ilk bora mashhur fransuz adibi Lui Aragon tomonidan (1897- 1982) berilgan bo ‘lib, u Alisher Navoiy ijodiga haqqoniy realistik baho bergan. Aragon o ‘z tadqiqotlarida Bertelsning “Navoiy” monografiyasidan, Oybek va G ‘afur G ‘ulomning shoir haqidagi maqolalaridan foydalanadi. Navoiy ijodi haqida fikr yuritishda V.V. Bartold, Y.E. Bertels, A.K. Borovkovlarning F. Belen, E. Blonshe, L. Buva tomonidan aytilgan noto ‘g ‘ri talqinlariga tanqidiy fikrlarini bayon qiladi, Navoiy ijodiga real haqqoniy baho beradi.
Nemis olimi A. Kurellaning “Buyuk shoirning qayta kashf qilinishi” nomli tadqiqoti g ‘arb navoiyshunosligida yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu tadqiqotdan so ‘ng G ‘arbda Navoiy shaxsiyati endi ikki yo ‘nalishda: ham buyuk ijodkor, ham davlat arbobi sifatida tadqiq qilina boshlandi. Ingliz olimlardan V. Feldmen, D. Genchturk, D. Devin, K. Adaxl, G. Dikning ilmiy izlanishlari bor va tarjima borasidagi faoliyatini ham olib bormoqdalar.
Navoiy ijodi bo'yicha tadqiqot olib borayotgan yana bir olima kanadalik olima Mariya Sabtelnidir. U 1979 yilda Garvard universitetida “Husayn Boyqaro saroyidagi adabiy muhit va uning siyosiy xususiyati” degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Keyinchalik olima Navoiy ijodi bo'yicha bir qancha maqolalar yozgan. Mana shu maqolalar va Temuriylar davridagi adabiyot va san'atga doir barcha materiallarini to'plab, 2007 yili Niderlandiyada “Temuriylar o'tish davrida” degan kitob chiqargan. Mariya Sabtelni o'tgan asrning 70-yillaridan Hirot madaniy muhiti va undagi Navoiy o'rni masalalari bilan shug'ullanishni boshlagan. Masalan, olimaning maqolalaridan birida o'n beshinchi asr so'ngida Xirotda urf bo'lgan chiroyli, murakkab va jimjimador qilib she'r yozish san'ati va uning ortidagi jarayonlar haqida gap ketadi. Murakkab uslubda asar yozish shoirlik mahoratini belgilovchi omillardan biri bo'lganligi ko'rsatiladi. Mariya Sabtelni maqolasini o'qigach, Navoiy fors she'riyati bilan bo'ylashish uchun o'sha muhitdagi atrofidagi forsigo'y shoirlardan qolishmasligini isbotlashga, o'zbek she'riyatining imkoniyatlarini isbotlash uchun murakkablikdan mukammalikka intilgandir, deb o'ylanib qolasan. Bizdagi ko'pincha hissiyotlarga to'la, ammo aqlga ozuqa bermaydigan essenamo tadqiqotlar oldida bu tur maqolalar Navoiy ijodini o'rganishda ko'proq narsa beradi. Masalan, nemis olimasi
Zigrid Klaynmixel Navoiyning turk adabiyotiga ta'siri haqida qisqa, ammo chuqur maqola yozgan. Navoiy ijodiyotining aynan qaysi nuqtalari usmonli turk she'riyatiga ta'sir etganligini asosli yoritgan. Shu tipdagi tadqiqotlar orqali Navoiyni dunyoga tanitish o'rinli bo'ladi.
Turkiyalik adabiyotshunos Yusuf Chetintog'ning “Alisher Navoiyning usmonli turk she'riyatiga ta'siri” nomli 2006 yilda chop etilgan turkcha kitobi o'zbek tiliga ham tarjima qilindi. Mazkur kitobda Navoiy g'azallariga turk shoirlari ergashib yozgan g'azallar haqida so'z ketadi.
Berlin shahrida Alisher Navoiy ijodiga bag ‘ishlangan simpoziumning tashkil qilinishi va unda navoiyshunos olimlar va shoir asarlari tarjimonlari B. Haynkele, K. Shuning, Y. Paul, M. Kirhner, Z. Klaynmihel, E. Taube va boshqalarning turli mavzulardagi ma’ruzalari g ‘arb navoiyshunosligining tobora rivojlanib borayotganligidan dalolatdir. Bularning barchasi bugungi globallashuv jarayonida Alisher Navoiy ijodi va shaxsiga butun dunyoda qiziqish va ehtiyojning ortib borayotganini ko ‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |