3. G`arb olimlarining Alisher Navoiy haqidagi dastlabki fikrlari
Navoiyning faoliyati va ijodiyotini o ‘rganish 1856-yilda M. Nikitskiyning “Эмиръ Низам-Эд-Динъ-Али Ширъ. Государственном и литературном его значении” ("Amir Nizomiddin Alisher, uning davlat va adabiyot sohasidagi ahamiyati") nomli magistrlik dissertatsiyasi bilan boshlandi. Keyinchalik M. Nikitskiy Xondamir, Davlatshoh va Som Mirzoning asarlaridan foydalanib, sharqshunoslikda birinchi bo ‘lib Navoiyning hayoti va faoliyatini to ‘laroq aks ettirgan asar yaratdi. M.Nikitskiy Navoiyning siyosiy faoliyatiga, madaniyat sohasidagi ishlari va o ‘zbek adabiy tili taraqqiyotidagi roliga yuqori baho beradi, uning iste’dodli olim va shoir ekanini ta’kidlaydi.
Sankt-Peterburg: Imperator Fanlar Akademiyasi bosmaxonasi, 1856. Kitobning qisqacha tavsifi: Kitob muallifning magistrlik dissertatsiyasidan ko‘chirma bo‘lib, asosan til masalasiga, Alisher Navoiy hayoti va ijodi davrlariga bag‘ishlangan.
Ushbu tadqiqot uch qismdan iborat: birinchi qism temuriylar tarixiga, ikkinchi va uchinchi qismlar Alisher Navoiyning davlati va adabiy faoliyatiga bag‘ishlangan.Biroq, Nikitskiy Alisher Navoiyning badiiy asarlarini chuqur o‘rgana olmaganligi uchun "Navoiy tarjimon shoir" degan g‘ayri ilmiy bir xulosaga keladi.
M.Nikitskiydan 5 yil keyin, 1861-yilda Istambuldagi "Asiatique journal" ("Osiyo jurnali") da Fransiya konsulxonasining tarjimoni bo‘lib xizmat qilgan M.Belenning Navoiy hayoti va faoliyatiga doir maqolasi bosilib chiqadi. Unda Navoiyning davlat idora ishlari va madaniy hayotdagi xizmatlariga ijobiy baho beriladi. Biroq, u ham Navoiyning badiiy asarlarini puxta o ‘rganmaydi, hech qanday asossiz: "Navoiy Xisrav Dehlaviy, Nizomiy va Jomiylarning tarjimonidir», -deb da’vo qiladi.
Fransuz sharqshunosi E.Bloshe “Milliy kutubxonada saqlanayotgan turkiy qo‘lyozmalar katalogi”da esa Navoiy asarlarining badiiy qimmatini kamsitadi.
Rus sharqshunosi N.I.Ilminskiy Navoiyning "Muhokamat-ul-lug‘atayn" asarini xiyla chuqur o‘rganib, Navoiyni o‘z ona tili – o‘zbek adabiy tili uchun kurashgan qudratli kishi sifatida ta’riflaydi.
Biroq rus sharqshunoslari ham, G‘arbiy Yevropa sharqshunoslari ham Navoiy faoliyatini uning badiiy ijodiyoti bilan uzviy bog‘lagan holda o‘rganmadilar, ular Alisher Navoiyning siyosiy, ilmiy faoliyatini e’tirof qildilar-u, lekin uning badiiy ijodiyotini chuqur yoritolmadilar va "Navoiy tarjimon" degan g‘ayri ilmiy qarashni davom ettirdilar.
Belenning fikriga tayangan fransuz sharqshunosi Buva (“Temuriylar davri sivilizatsiyasidan lavhalar”, 1926; “Mo‘g‘ul imperiyasi”, 1927), ingliz sharqshunosi E.Braun (“Tatar xonliklari davridagi fors adabiyoti tarixi”, 1920) va boshqalar ham shular jumlasidandir.
Afsuski, Navoiy haqida birinchi manbalar asosida "Mir Alisher va siyosiy hayot" degan qimmatli asar yaratgan atoqli rus sharqshunosi akademik V.V. Bartold ham bunday g‘ayri ilmiy da’volardan xoli bo‘lmadi va "Navoiy taqlidchi shoir" degan xato fikrni takrorladi.
V.Bartold o‘zining “Мир-Али-Шир и политическая жизнь” (“Mir Ali Sher va siyosiy hayot”) maqolasida Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga ijobiy baho beradi, lekin uning adabiy merosi mohiyatini anglab yetmaydi. Olim mazkur maqolada: “Alisher Navoiy o'zining devonlarida va boshqa ko'plab badiiy asarlarida faqatgina forsiy shoirlarning taqlidchisi sifatida namoyon bo'ladi”, - deb yozar ekan, masalaga adabiyotshunos emas, balki tarixchining nigohi bilan yondashadi va har bir detalda aniqlik, mantiq, reallik va konkret voqelikni ko‘rmoqchi bo'ladi.
Shunday qilib, rus G‘arbiy Yevropa sharqshunoslari o‘tmishda Navoiyning hayoti va faoliyati yuzasidan material to‘plash, ularni sistemaga solish, umumlashtirish, Navoiy asarlarini nashr etish, Navoiyning til sohasidagi xizmatlarini o‘rganish va boshqalar bo‘yicha ma’lum yutuqlarga erishgan bo‘lsalar ham, lekin ularning tekshirish ishlari biografiya va lingvistika masalalari bilan chegaralanib qoldi. Navoiyning ijodiyotini, xususan, uning badiiy asarlarini ilmiy asosda o ‘rganish bilan uzviy bog ‘langan holda olib borilmadi. Ular Navoiyning badiiy ijodiyotini soxtalashtirdilar, uning originalligini inkor etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |