GIGIYENIK GIMNASTIKA MASHG’ULOTLARIDA SOVUQLIKKA CHINIQISH
Ma’lumki, ertalabki gimnastika faqat uning bilan sovuqqa chiniqtiruvchi tadbirlar katta sog’lomlashtiruvchi axamiyatga ega bo’ladi. Jismoniy mashqlar bilan birgalikda chiniqtiruvchi sovuqliklar organizmni ish faoliyatini normallashtirishdan tashqari shamollash kasalliklarining oldini olishni samarali vositasi xisoblanadi. Gigiyenik gimnastika mashqlarini bajarishdan so’ng, organizmni sovutish maqsadga muvofiq degan fikr mavjud (Podshibyakin A.K, Kayro I.A, 1980). Ammo bu masala bo’yicha o’rganilgan adabiyotlar shuni takidladiki, jismoniy mashqlar bilan sovuqqa chiniqtirishni navbatlanishi to’g’risida fikrlar bo’linadi (Bajnov YU.I, 1981).
Olimlar SHestakov V.A. Stepanov A.YA va ertalabki gigiyenik gimnastikagacha, uning o’rtasida va undan so’ng chiniqtirish tadbirlarini qo’llab ilmiy tekshirish o’tkazganlar va sovuqqa chiniqtirish iadbirlarini gigiyenik mashqlardan so’ng o’tkazilganda ko’proq samara berishi aniqlangan. (T i PFK №1, 1989-13 bet).
RITMIK GIMNASTIKA
Tarixi, vazifalari, vositalari, mazmuni.
Mashg’ulotlarning asosiy shakllari.
Ritmik gimnastika gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi turiga kiradi. Uning asosiy mazmunini URMlar, yugurish, sakrash, raqs elementlari tashkil qilib, asosan uzluksiz usulda oxanglar-ritmik muzika jo’rligida ijro etladi.
Ritmik gimnastika maxsus mashqlarning anketasini tashkil qilib, shug’ullanuvchilarning sog’ligini yaxshilaydi kayfiyatini oshiradi, muskul xarakatidan roxat bag’shlaydi, nerv sistemasining tonusini oshiradi.
Buning xammasi kishining sog’ligini mustaxkamlaydi, ish qobiliyatini oshiradi. Ritmik gimnastika bilan xamma xam shug’ullanishi mumkin, u yuqori samarali ta’sir ko’rsatadi va qiziqarlidir.
Ritmik gimnastika mashqlari tananing barcha qismlari va chaqqonlik, egiluvchanlik va bardoshlik kabi jismoniy sifatlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Muzika jo’rligi xarakat ritmiga ta’sir ko’rsatib, shug’ullanuvchilarning ruxiy xolatini ko’taradi. SHug’ullanuvchilar xarakatni keskinroq qilishga xarakat qilishadi bu esa ularning organizmiga ta’sirini oshiradi.
Ritmik gimnastika atletik rivojlanishga qaratilgan bo’lishi mumkin, bunda mashqlar bardoshlik, kuch va qayishqoqlikni rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Ritmik gimnastika komplekslari ko’proq raqs xarakatlaridan iborat bo’lib, xotin-qizlarning rqslarga bo’lgan extiyojini qondiradi.
Gimnastika komplekslari o’z xususiyatiga ega. Birinchidan, bu komplekslarda ayrobik xususiyatlarga ega bo’lgan (yugurish, sakrashlar) xarakatlar va shuningdek cho’zish, qayishqoqlik, bo’g’in xarakatlarini oshiruvchi mashqlar qo’llaniladi.
Ikkinchidan, muzika jo’rligi uchun faqat disko oxanglarigina emas, mlliy kompozitorlarning muzikalari va halqlar raqslari qo’llaniladi. CHiroyli xarakat shakllantirish bilan birga biz kishining ruhiy dunyosiga ta’sir ko’rsatamiz. SHuning uchun yosh kishini tarbiyalashda kishilarning dam olishi uchun samarali vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |