Navoiy davlat pedagogika instituti



Download 320 Kb.
bet1/3
Sana07.04.2017
Hajmi320 Kb.
#6188
  1   2   3
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Rasulova Dilnoza
KORROZIYA VA UNDAN HIMOYA QILISH MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI


5 A 110301-Kimyo o’qitish metodikasi

Ilmiy rahbar: Hamroyev K.Sh.

BITIRUV MALAKAVIY ISHINING MAVZUSI:

KORROZIYA VA UNDAN HIMOYA QILISH MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI

I bob. Kirish

Mavzuni davlat ta’lim standartlarida ifodalanishi

II bob. Korroziyaning turlari va umumiy tasnifi

2.1. Korroziyaning ayrim xillari

2.2. Kimyoviy korroziya

2.3. Gazli vodorod korroziyasi

2.4. Oltingugurt birikmalari muhitida korroziyasi

2.5. Korroziyaga qarshi texnologik tadbirlar ishlab chiqish usullari

2.6. Galvanik va kimyoviy qoplamlar haqida ma’lumot

2.7. Metallizasion va lak bo’yoqli qoplamlar

2.8. Plastmasa va izalatsion qoplamalar

2.9. Korroziyaga qarshi himoyadagi muammolar

2.10. Korroziyaga chidamli rangli metallar

2.11. Neft gaz idishlarini korroziyadan himoya qilish

2.12. Ayrim qurulmalarni korroziyadan himoya qilish

2.13. Korroziya ingibitori va ingibitorni samaradorligini baholash

III bob. Metodik qism

3.1. Elektroliz. Galvanik elementlar va standart elektrod potensiallari

3.2. Metallarning elektro kimyoviy kuchlanish qatori

3.3. Sanoatda elektrolizni qo’llanilishi. Eriydigan va erimaydigan anod

3.4.O’ta kuchli hodisa

3.5.Metallarni elektro kimyoviy potensial kuchini aniqlash uchun laboratoryaishlarini bajarilishi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik fakulteti

5140300 “Kimyo va ekologiya” yo’nalishi talabasi Rasulova Dilnoza

Korroziya va undan himoya qilish mavzusini o’qitish metodikasi” mavzusiga



T A Q R I Z

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekistonni iqtisodiy rivojlanishi ustuvor yo’nalishlarini Respublikamizning har bir fuqarosi qalbiga jo qilib, umidbaxsh tuyg’ular sari bormoqdalar. Hozirgi vaqtda mustaqil mamlakatimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz ta’lim tizimida ko’pgina yangilanishlar paydo bo’lmoqda. Bu o’z navbatida o’qituvchilardan o’z tajribalarini tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va rivojlantirish, ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv tarbiya jarayonini yangi o’quv–uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlashni talab etadi.

Ushbu “Korroziya va undan himoya qilish mavzusini o’qitish metodikasi” nomli bitiruv malakaviy ishda yuqorida keltirilgan maqsad va vazifalarga amalga qilgan holda o’quvchilarining bilim va ko’nikma egallashlari uchun zarur bo’lgan eng sodda hamda qiziqarli bo’lgan usullardan foydalanilgan.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, “Kimyo va ekologiya” yo’nalishi talabasi Rasulova Dilnoza “Korroziya va undan himoya qilish mavzusini o’qitish metodikasi”mavzusini o’qitish metodikasi” mavzusiga 5140300 – “Kimyo va ekologiya” mutaxassisligi bo’yicha bakalavr akademik darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.


Ilmiy rahbar: o’qit.K.Sh.Hamroyev


Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik fakulteti

Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi talabasi Primova Mehribonning


D.I.Mendeleyevning elementlar davriy qonuni va kimyoviy elementlar davriy sistemasi” mavzusiga

T A Q R I Z

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekistonni iqtisodiy rivojlanishi ustuvor yo’nalishlarini Respublikamizning har bir fuqarosi qalbiga jo qilib, umidbaxsh tuyg’ular sari bormoqdalar. Hozirgi vaqtda mustaqil mamlakatimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz ta’lim tizimida ko’pgina yangilanishlar paydo bo’lmoqda. Bu o’z navbatida o’qituvchilardan o’z tajribalarini tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va rivojlantirish, ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv tarbiya jarayonini yangi o’quv–uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlashni talab etadi.

Ushbu referat “D.I.Mendeleyevning elementlar davriy qonuni va kimyoviy elementlar davriy sistemasi”nomli mavzuda yozilgan bo’lib o’quvchilar va talabalar bilim va ko’nikma egallashlari uchun zarur bo’lgan eng sodda hamda qiziqarli bo’lgan ma’lumotlardan foydalanilgan.



Ilmiy rahbar: o’qit.S.R.Botirova

KIRISH

Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga kimyodan zamon talabi darajasida chuqur va puxta bilim berish uchun o’qituvchining o’zini shu fandan tayyorlash, uni bilim darajasini oshirish juda katta ahamiyatga ega.

1991yil O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgach ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning o’ziga xos va o’ziga mos yo’lini tanladi. Bu yo’l ta’lim tarbiya soxasi, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. Natijada ta’lim to’g’risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. (1997 yil 29-avgust ) Bu esa Respublikamizda ta’lim tarbiya tizimining tubdan yangilash maqsad va vazifalarini ilgari suradi. Ayniqsa, Ta’lim to’g’risidagi qonun zamonaviy didaktik ta’minotini ishlab chiqarishni dolzarb vazifa qilib qo’ydi. O’zbekistonimizning kelgusi taraqqiyotiga o’zining munosib qo’sha oladigan har tamonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash hozirgi kunning muhim maqsad va vazifalar esa ta’lim-tarbiya muassasalarida amalga oshadi . Kimyo ta’limining har bir bo’lim mavzusidagi materiallar mazmunini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish, o’quvchida fikrlash tafakkur qirralarini o’stirish, o’qituvchini mustaqil ishlashga tayyorlash ta’lim jarayoning bosh maqsadi bo’lib qoladi. Davlat ta’lim standartiga asosan fanlarni o’qitishning yoki umumiy o’rta ta’limning maqsadi belgilab beriladi. Umumiy o’rta ta’limning maqsadi o’quvchilarga davlat ta’lim standarti talabiga mos ta’lim va tarbiya berish va ularni rivojlantirish hamda shaxsning ta’lim olishdagi huquqini ta’limga mos ta’minlashdan iborat. Umumiy o’rta ta’lim o’quvchilar oladigan bilimlarning zarur hajmiga asos soladi, o’quvchilardagi tashkilotchilik qobiliyati, malakalari va amaliy tajribasini rivojlantirdi. Fanlarni o’qitish vazifalari ham uning maqsadidan kelib chiqadi . Umumta’limning vazifasi; o’quvchi shaxsida uning moyilliklari, qiziqishlari va ijtimoiy o’z-o’zini belgilashga bo’lgan loyoqatlarining qaror topishi fan asoslaridan tizimli bilim olish, keng dunyoqarash va ijodiy tafakkurning shakillanishi, tevarakdagi olamga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish xalqning boy ma’naviy va madaniy merosdan bahramand bo’lishni ta’minlaydi. Ta’lim standartlarida kimyo ta’lim sohasida quydagi standartlar belgilangan. Kimyo ta’limi sohasiga o’quv

Kimyo ta’limi sohasini o’qitish jarayonida kerakli kimyoviy bilim va amaliy malakalarni shakllantirishi ta’minlanadi. Kimyo ta’limi sohasi mazmunining asosiy yo’nalishlari; Kimyoviy tushunchalar modda malekula va atomlar, anorganik birikmalar, kimyoviy unsurlar davriy qonuni va davriy sistemasi, kimyoviy bog’lanishlar va modda tarkibi va tuzilishi, kichik davrlar ayrim unsurlarning umumiy tavsifi, elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi, metllar va metalmaslar, organik moddalarning tuzilishi nazariyasi, polimerlar, kmyo ta’limida ekologik ta’limn-tarbiya. Kimyo darslarida o’quvchilarni tayyor tushunchalar tizimi bilan tanishtirilar ekan har bir tushunchaning shakillanish jarayoniga alohida ahamiyat berish zarur. Zero o’rganilayotgan tayyor bilimlar tizimining shakillanishi bir qator avlodalr ijodiy zakovati tufayli yuzaga chiqishi fan va texnikaning bundan keyingi rivojlanishi, tabiat bilan inson o’rtasidagi muloqatnng bundan keyingi darajasi jamiyatda sodir bo’lib turgan sotsial hodisalarini to’g’ri tahlil qilish yosh avlodning zakovat darajasiga bevosita bog’liq ekanligini anglab yetsinlar. Bunday xislatlarni o’quvchilar tinmay o’qish, bilimlarni mustaqil egallash, egallangan bilimlardan amalda foydalana bilishlarigina o’zlarida tarbiyalash mumkin. O’quvchilarga dasturda ko’zda tutilgan amaliy ko’nikmalarni singdirish, kimyo fanining o’qitishning moddiy ta’minotini yaxshilash, ko’rsatilgan tajribalar, labaratoriya va amaliy ishlarni didaktik maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash lozim. Shuni ta’kidlash lozimki,nazariy bilimlarni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar qanday qondirilayotgani qanchalik izchillik bilan nazorat qilinsa va baholansa , amaliy ko’nikmalarni egallashga bo’lgan talablarning ajralishini shunday nazorat qilinishi va baholanishi lozim .

Fanlarni o’qitishdan asosiy maqsad o’quvchilarga shu fan asoalaridan chuqur va sistemali bilim berishdir. Olgan bilimlarini o’z hayot faoliyatlarida qo’llash natilasida shakillanayotgan inson mehnatga va hayotga tayyorlana boradi. Bu xil muammoni yechishda nimani o’qitish bilan birga , qanday o’qitish masalasi ham katta ahimiyatga ega . Har qanday fanni o’qitish shu fanning mazmunidan kelib chiqadi, demak fanni o’qitish metodlarini shu fanning ichki imkoniyatlari belgilaydi. Shuningdek o’qitish metodlarini bilish , metodlari va qonunyatlari haqidagi ta’limot, yani fanning metodologiyasini ham belgilab beradi .

Metodologiya yordamida fanga yangiliklar yaratiladi va bilimning keng imkoniyatlari ochiladi.

Bizga ma’lumki, ilmiy bilishning to’g’ri metodologik yo’li, har bir fanning tarixini chuqurroq,kendroq, mufassalroq o’rganishdan iborat . Ta’lim jarayonida ham ko’rgazmalilik qancha samarali qo’llansa o’quvchining tasavvuri aniq nomoyon bo’lib, narsa va hodisalar mohiyatini, o’lar oralig’idagi bog’lanishlarni yaxshi o’zlashtirib, chuqur bilimga ega bo’lib boradi.

O’rta maktabda kimyo fani 7-sinfdan boshlab o’tila boshlaydi. Bu vaqtda o’qituvchi kimyo darslarida asosan og’zaki metoddan ko’proq foydalanishi kerak. Bu metodni qo’llaganda o’qituvchi o’quvchiga noma’lum bo’lgan mavzularni yangi mavzu orqali tushuntirib beradi . Ular o’qituvchining tushuntirishi, darslik bilan ishlash ko’rgazmalar, modellar, ekran qo’llanmalarini ko’rsatib beradi .

O’qishning ko’rgazmali usuli, bu ayniqsa kimyo darslarida eng ko’p qo’llaniladigan usul hisoblanadi. Chunki o’rganilayotgan narsani idrok etishga ularni kuzatib, mulohaza qilishga undagi nazariy bilimlarda amalda qulay bo’lishga o’rganishdan iborat.Ko’rgazmali usul namoyish etish ilgostratsya va ekskursiya tariqasida olib boriladi . O’qitishning amaliy usullari kimyo darslarida labaratoriya tajribalarisiz bilimni mustahkam egallash , o’quvchilarni ongli ravishda mavzuni o’zlashtirib olishlariga erishish mumkin emas. O’quvchi tajribalarini qanchalik ko’p o’tkazsa, u moddalarning hosil bo’lishini va xossalarini kuzatib boradi va nazariy jihatdan olgan bilimlari mustahkamlanadi.

II BOB.

Korroziya turlari va umumiy tasnifi

Metall va uning qotishmalaridan tayyorlangan asbob-uskunalar, quvurlar, rezervuarlar va boshqa konstruksion materiallar ishlashlari davomida korroziyalanib (zanglab,yemirilib ,parchalanib) xalq xo’jaligiga katta zarar keltiradi .Masalan , AQSH ning neft- gaz sanoati korroziya natijasida; 1975- yil 75 milliard dollar; 1984-yil esa 150 milliard dollar ziyon ko’rgan. Bunday misollarni ko’plab keltish mumkin. Respublikamiz mustaqilligidan keyingi sanoat tarmoqlarining keng miqyosida rivojlanishi natijasida zamonaviy texnologiyalar usullari

jihozlar va uskunalar ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Jihoz va uskunalardan foydalanish davomida ularning ish qobiliyatini saqlash, ishonchli ishlanishi ta’minlash uchun ularni korroziyadan himoya qilish dolzarb vazifalardan biridir . Ayniqsa atmosferaning har xil korrozion- faol moddalar bilan umumiy ifloslanishi , hamda neft va gaz maxsulotlarini qazib olish, saqlash va transport qilishda ishlab beriladigan maxsulotlarning uziga xos xususiyatlari shu sohada qullaniladigan jihozlarning korroziyabardoshliligini oshirishni talab qiladi. Korroziya - metallarning korrozion muxitlar bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy o’zaro ta’siri natejasida yemirilish jarayonidir . Korrozion muhit- metallarning korrozion jarayonlar sodir bulishiga olib keladigan agressif atmosfera , kislotalar eritmalari , ishqorlar , tuzlar va boshqa muhitlardir . Ko’pgina metallar agressif muhitlar ta’sirida termodenamik noturg’un bo’lganligi uchun oksidlangan xolatda utadi va yemiriladi . Metallarning korrozion jarayonlar kechishi natejasida masalalari kamayadi , zaruriy texnologik xossalari; mexanik mustahkamligi ; plastikligi ; qattiqligi kabi xossalari uzgaradi . Korroziya detallarning va mexanizmlarning ish qobiliyatining pasayishi va va ishdan chiqishiga olib keluvchi asosiy yemiruvchi omillardan biri hisoblanadi . Korroziya natejasida yo’qotishlarni bevosita va bilvosita usullarga bo’lish mumkin . Bevosita korroziyadan yo’qotishga buymlarni himoyalash uchun qilinadigan sarf – xarajatlar va metallning ish qobiliyatini yuqotish natijasida tuliq ishdan chiqishi hozirgi vaqtda yiliga 10- 15% ini tashkil etadi .

Bilvosita korroziyadan yuqotishga jihozlarning ish unumdorligi kamayishi natijasida ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatida va xajmi kamayishi , hamda metallarning sarfining oshishi kiradi. Neft va gaz sanoatida korroziya natijasida ko’pgina jihozlarning ish unumdorligini kamayishi va ishdan chiqishi kuzatiladi. Ayniqsa quvurlar, jumraklar va rezervuarlar shular jumlasidandir . Metallarning korroziyaga qarshilik kursatish qobiliyati korroziyabardoshlik deyiladi . Metall va ularning qotishmalari har xil haroratli sharoitlarda va har xil tashqi muhitlarda turlicha korroziyabardoshlikka ega buladi. SHuning uchun “ Korroziyaga qarshi ximoya “ fanning asosiy maqsadi metal va qotishmalarining ichki va tashqi muhitlarga bog’liq ravishda korroziyaga uchrashi va ulardan ximoyalanishi usullarini tadbiq qilishni o’z oldiga maqsad qilib quyadi . Korrziyaga qarshi himoya usullari konstruksion, texnologik va foydalanish davridagi tadbirlarga bulinadi va uning usullari korrozion eksperimental tadqiqotlar asosida ishlab chiqiladi.

Metalllar ularni qurshab turgan muhit ta’sirida har xil tezlikda yemiriladi. Bu yemirilishning asosiy sababi metal sirtining tashqi muhit bilan kimyoviy o’zaro ta’siri natejasida o’z – o’zidan yemirilishi korroziya deyiladi .(lot. Corrodere-o’z- o’zidan yemirilish )

Korrozion metall sirtida sodir buladigan reaksiyalar mexanizmga ko’ra kimyoviy va elektrakimyoviy korroziyaga bo’linadi .

Kimyoviy korroziya metalning agressif muhit bilan o’zaro kimyoviy ta’sirida sodir buladigan jarayonlar orqali kechadi . Kimyoviy korroziyada metal sirti bilan suyuq yoki gazli muhitlarning kimyoviy geterogen reaksiyalari sodir bo’lib , natijaviy elektr toki hosil bo’lishi kuzatilmaydi . Korroziya metall sirtiga quruq gazlar va bug’lar ,. Suyuq elektrolitmaslar ( neft ------ va uning maxsulotlari , spirtlar , mineral yog’lar , organik birikmalar ) ta’sida kuzatiladi.

Elektrokimyoviy korroziya geterogen elektrokimyoviy reaksiyalar bo’lib , unga suvli eritmalarda , ham gazlarda , tuz va ishqoriy eritmalarda sodir buladigan jarayonlar kiradi va metallning muhit bilan uzaro ta’siri natijasida elektr toki hosil bulishi kuzatiladi . Elektrokimyoviy korroziyani sodir bulishi sharoiti , muhitning xossalariga va boshqa turlarga kura tasniflash mumkin. Agressiv muhitlarning turlariga kura korrozion jarayonlar atmosferaviy,Gazda , suyuqliklarda , tuproqda , adashgan toklar ta’sirida , biologik korroziyalarga bulinadi Sodir bulish sharoitiga kura kontakdagi ( har xil metallar birikishida ),oraliqdagi (ikkita metallar orasidagi bushlikda)va kuchlanish ta’siridagi korrozion jarayonlar buladi.Korrozion jarayonlarning tashqi omillari ta’sirida korrozion yemirilish tavsifi,kenetika va mexanizmlari uzgaradi.Korroziyadan shikaslanishning tavsifi va ning hosil bulishi shariotlariga ko’ra umuiy ( tuliq ),mahalliy va tanlanma korroziyalarga bulinadi.

Umumiy korroziyada korroziya maxsulotlari metall sirtining barcha qismlarini tekis yoki notekis kurinishda qoplaydi Mahalliy korroziya metall sirtining ipsimon,buylama ,alohida qismlarida dog’, donador ,nuqta, va sirt ostiga qatlamida tarqalgan kurinishda sodir buladi.Tallanma korroziya -komponent- tallanma va struktura - tallanma turlarga bulinib , ktistalitlararo va tig’simon kurinishlarda uchraydi .

Umumiy korroziya turlari. a- tekis korroziya ; b- notekius korroziya,.Mahalliy korroziya turlari a- dog’ ;b- yarasimon ; v- nuqtali g- sirt osti , d- ipsimon e- buylama

Tanlanma korroziya turlari ; a- kristalitlararo ; b- tig’simon

Agressiv muhitlarning va tashqi yoki qoldiq kuchlanishlarning birgalikda ta’sirida - korrozion darz ketishi , uzgaruvchan kuchlanishlar ta’sirida korrozion charchash xodisalari ruy beradi

Korrozion muhitlarning va o’zaro siljish yoki ishqalanishlarning birgalikda ta’sirida natijasida metal sirtlari yemirilish korrozion erroziya deyiladi .

Korrozion erroziya ishqalanishdagi korroziya va fretting - koziga xos xususiyatlarga ega .

a) metallarning yemirilishi har doimo sirtdan boshlanadi ;

b) korroziya natijasida metal sirti tashqi kurinishlari uzgaradi .

v) korroziya natijasida metal oksidli yoki oksid gidratlari kurinishga aylanadi.

g) korroziya sirtidan chuqurlikka qarab usishi mumkin .

Metallarning korroziya va mexanik omillari ( kuchlanish , deformasiya , ishqalanish va b) ta’sirida shikaslanishi korrozion - mexanik shikaslanish deyiladi.

Tashqi omillar ta’sirida umumiy korroziya jarayonlari detallarni ishlatilish sharoitida sodir bulishiga kura har xil turlar va kurinishlarga ega buladi .Bulardan keng tarqalgani

korrozion charchash , korrozion darz ketishi ishqalanishda sodir buladigan korroziyalardir. Korrozion charchash korrozion muhit va siklik kuchlanishlar ta’sirida metal va qotishmalarning yemirilish jarayoni natijasida yuzaga keladi . Korrozion charchashda darz hosil bulishning asosiy turlaru quydagilar .

- korrozion muhitning faolligi .

- siklik kuchlanishlar ta’sir darajasi;

- vaqt birligida yuklanishning sikllar soni ;

- qotishmaning mustahkamligi va korroziyabardoshligi ;

Korrozion charchashning oldini olish uchun optimal tarkibli legirlovchi elementlar bilan legirlangan pulatlar ishlatiladi . Korrozion darz ketish juda agressif muhitda statik chuzuvchi kuchlanishlar ta’siri natejasida paydo bo’ladi . Korrozion darz ketishning quydagi sabablarini keltirish mumkin .–boyitilgan qattiq eritmali fazalarning ajralib chiqgan salbiy potensialli donalar chegarasining korroziya bordoshliligi kamligi

Qotishmada muhitga nisbatan noturg’in strukturaviy tarkibining borligi

- struktura donalari chegarasida vodorodning ko’payishi natijasida kristalitlararo mustahkamligining kamayishi . www. Qmii. Korrozion darz ketishiga qarshi materiallarni tanlashda albatta ekperimental tadqiqot natijalariga asoslaniladi . Frekting – korroziya sird oksid qatlamlarining davriy ravishda yemirilishi va qaytadan hosil bulishidir. Fretig- korroziya kontaklarda sodir bulganligi uchun bu jarayonni kuzatish qiyinroq kechadi . Yemirilish jarayoni tezligi nisbiy kuchish sikllari soni va kuchish amplatudalariga bog’liqdir .Metall sirtiga nisbatan katta tezlik bilan xarakatlanayotgan suyuqlik yoki gaz oqimlari tezligi ta’siri tufayli erosion- kavitasion shkaslanish sodir buladi . 1.4.korroziyaga qarshi himoya usullari.Metall buyumlarning korroziyadan shikaslanishi natijasida katta yuqotishlar bulayotganligi , korroziyaga qarshi ximoya usullarini ishlab chiqishni toqozo etadi . Korroziyadan ximoya qilishning eng ko’p tarqalgan usullari buyumlar sirtida korrozion chidamli qatlamlar olishga qaratilgan. Bu usularga plastmassa, kompozitsion polimer , lak buyoqli qoplamalar, emalli qoplamalar kiradi . Metall buyumlarni sirtini boshqa metall bilan qoplash usullari amaliyotda keng qullaniladi . Temir va uning qotishmalari rux, qurg’oshin mis, xrom kabi metallar bilan qoplanadi . Bu qoplamalar ishlatishda anodli va katodli turlarga bulinadi . Anodli qoplamalarda qoplama materiali yemirilib , asosiy metallni korroziyadan saqlab qoladi . Masalan Fe da Zn qoplamasi . Katodli qoplamalarda qoplamaning yemilishi natijasida yemirilish joylarida asosiy metallning korroziyasi sodir buladi . Masalan; Fe da Zn qoplamasi . Tabiy sharoitlarda metal sirtidan hosil buladigan yupqa qatlamlarning himoya ta’siri , ya’ni passiflanish jarayono ham metallarni korroziyadan saqlanishga katta yordam beradi. Kislotali muhitlardan metallarning korrozion yemirilish tezligini kamaytirish maqsadida ingibitorlardan foydalaniladi . Pularlarning korrozion bardoshligini oshirish uchun legirlovchi elimentlar qo’llaniladi . Legirlovchi eliment sifatida Cr , Ni elimentlari ishlatiladi . Zanglamas pulalatlardan 12…13 % Cr li , hamda 18% Cr va 8% Ni tarkibli xromnekel’ pulatlar keng kulamda ishlatiladi . Pulatlarning korroziyaga bardoshligi oshirish uchun termik va kimyoviy – termik ishlov berish usulari , hamda sirt tozaligini oshirishning mexanik usullari qullaniladi . Shuningdek metallarni saqlashda mikroiqlim va ximoyalaovchi atmosferalar kabi ximoya usullari mavjud. Korroziyaga qarshi ximoya

usullarini tadqiqot qilish asosan quyidagi yo’nalishlarda olib borilmoqda ;


  1. metallga ta’sir ;

  2. muhitga ta’sir ;

  3. kombinatsiyalashgan va kompleks himoya usullarini ishlab chiqish

Sanoatda katodli himoya , protektorlar yordamida va boshqa turdagi elektrokimyoviy korroziyadan ximoyalish usullari qullanilishi keng tarqalgan . Neft va gaz konlarida qullaniladigan quvurlar va rezevuarlar neft – gaz –suv tizimi xossalariga bog’liq ravishda ichki korroziyaga va atrof muhit , atmosfera , tuproq va adashgan toklar ta’sirida tashqi korroziyaga uchraydi . Ichki korroziyadan ximoyalanish muhitga ta’sir qilinsa , tashqi korroziyadan ximoyalanish uchun esa metal sirtiga ta’sir qilinadi. Bu holda bir vaqtning uzida ikki tamonlama korroziyadan ximoyalanish alohida-alohida usullarda olib boriladi. Neft –gaz - suv tizimi tarkibida mexanik qushimchalar va noorganik moddalarning bulishi muhitning korrozion faolligini oshiradi va bir vaqtning uzida kimyoviy va elektrokimyoviy korrozion jarayonlarning kechishiga sabab. Shuning uchun muhitga stabilizator yoki ingibitorlarning kiritilishi muhimdir.
2.1.Korroziyaning ayrim xillari

Karbonil korroziya. Metall bilan uglerod oksidning uzaro ta’siri natijasida karbonil korroziya vujudga keladi, masalan, yuqori xarorat va bosimda spirtlar olish jarayonida;

M+nCO R M(CO) n

Karbonillar past xaroratlarda qaynaydigan suyuqlik bulganligi uchun metal va uglerod oksidlari bug’lariga ajraladi . Temir pentakarbonili Fe (CO)5 xajmi dissosiasiya natijasida keskin oshadi va sirtlarda karbonil korroziyalari vujudga keltiradi .

Xlorli va vodorodli muhitda korroziya . Metallning Cl 2 va HCl.bilan reaksiyalari

Ekzotermik tavsifda bulganligi uchun metal sirti yonish mumkin . Bunday reaksiyalar alyumeniyda (1600 C), temirda (3000 C) misda (3000C) sodir buladi va korroziya juda tezlashadi . Bi muhitlarda nikel va uning qotishmalari hamda xromnikeli austenit pulatlar qullaniladi.

Suyuq metal mihitda korroziya . Bu jarayon asosiy ishqoriy metallar eriganda (Li, Na, K ) va og’ir metallarda (Pb, Bi, Mg) sodir buladi . Bu korroziya turi murakkab xolatda kechadi.

Uz-uzini tekshirish uchun savollar.



  1. Kislorodli muhitlarda deganda nimani tushunasiz .

  2. Xajmiy koeffisent uzgarishiga qarab qanday oksid qatlamlar xosil buladi.

  3. Tabiiy sharoitda xosil bulgan oksidlar qanday xossaga ega .

  4. Temir va kislorodning qanday oraliq faza turlarini bilasiz .

  5. Gazli mihitlarda korroziyadan qanday himoya qilish usullaruni bilasiz.

  6. Issiqbardosh metallar deganda nimani tushunasiz.

  7. Gaz vodorod korroziyasi sodir bulishi sharoitlarini ayting .

  8. Vodorod korroziyasidan qanday ximoya qilish mumkin .

  9. Oltingugurt birikmali muhitlarda metallar korroziyasi qanday kechzdi .

  10. Gazli mihitlarda korrozoyaning turlarini bilasiz .

Korroziyaga chidamli rangli metallar.

Mis va uning qotishmalari . Mis yuqori elektr va issiqlik utkazuvchanligi , yaxshi korroziyabardoshligi kabi xossalarga ega . Misning normal elektrod potensiali; Cu <-> Cu + jarayon uchun +0,5 2B, Cu- Cu2+ jarayon uchun +0,35 B bulganligi uchun Cu2 ionlarning xosil bulish extimoli katta. Misning 3% li NaCl eritmasida doimiy potensiali +0,05 B, ln HCl eritmasida +0,15 B. Xona xaroratida quruq CL, Fe, Br va l misning korroziyasiga sezilarli ta’sir qilmaydi, namlik oshganda ular agressivlashadi. Oltingugurt va uning birikmalari, hamda ammiak va uning birikmalari misni kuchli yemiradi .Havoda va suvda mis chidamli xisoblanadi . Oksidlovchi muhitlarda (HNO3; H2SO4) mis tezda korroziyaga uchraydi (.rangli xiralashadi ). Mis kislorod bilan Cu2O xosil qiladi , bu esa uning texnologik va korrozion xossalariga salbiy ta’sir qiladi . Mis asosida muhim sanoat qotishmalari ( latunlar, bronzalar va boshqalar qotishmalar ) olinadi . Tarkibida 15%Zn bulgan latun oltinsimon rangga ega, atmosfera korroziyaga qarshi chidagani uchun oltin urniga medal va badiiy buyumlar tayyorlash unchun ishlatiladi . Latun tarkibida ruxning 20….30 % bulishi korrozion darz ketishiga olib keishi sababli uning tarkibiga kremniy (0,5%) va margane (1% ) qushiladi . Misning qurg’oshin , alyuminiy, kremniy , berilliy , kadmiy, xrom va boshqa elementlar bilan qotishmalari bronzalar deyiladi . Bronzalar yuqori kimyoviy bardoshlikka ega . Bronzalar ichida kemniyli bronza quymalari eng yuqori korroziyabardoshklikka ega.Alyuminy. Sanoatda ishlatilishi buyicha Fe dan keyin 2 urinda turadi . Alyuminiyningnormal eletrod potensiali -1,67B. termodinamik jihatidan faol xisoblanadi. Passivlanish qobiliyati natijasida suvda atmosfera sharoitlari , neytral va kuchsiz kislotali eritmalarda chidamlidir . Alyuminiy sirti passiv xolatda Al 2O3 yoki Al2O3 H2O dan iborat yupqa qatlam bilan qoplangan buladi . Alyuminiy gazli mihitlarda erish xaroratigacha (600 C) turgan buladi.

Alyuminiy HCl, HClO4, H3PO4 ishqorlar, oxak va betonlarda chidamsiz. Alyuminiy va uning qotishmalari (kimyoviy bbuyoqlar bilan) sanoatda keng qullaniladi. Texnik alyuminiy korroziyaga chidamli , payvandlanuvchan bulganligi har xil quvurla, kabellar, eshiklar idishlar, sut uchun sisternalar va boshqa yuklanishlar bulmagankonstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi . Alyuminiyning duralyumin, sulyumin kabi quyma qotishmalari xozirgi paytda keng qullaniladi .

Magniy va uning qotishmalari . Magniy korroziyabardosh metall xisoblanadi Uning turg’in potensiali – 2,37 B, 0,5 n HCl eritmasidagi stasional potensiali -1,45 B . Manfiy elektrokimyoviy potensial bulishiga qaramasdan passivlanish qobiliyati yuqori korroziyabardoshligini belgilaydi. Magniy xromli va vodorod bariy kislotalar ishqorlarda, atmosfera va distillangan suvda chidamli, kuchlanishlar ta’sirida tezda darz yeydi. Magniy kimyoviy faol bulganligi uchun havoda MgO oksid qatlamini xosil qiladi . Bu oksid qatlami ximoyalash qobiliyatiga ega emas , shuning uchun sirti lak buyoq. surtiladi.. Magniy qotishmalari zichligi kam, yuqori solishtirma mustahkamlikga ega va tebranishlarni yaxshi sundivurchanligi uchun aviasiya va raketa texnikasida keng qullaniladi, tok manbalari uchun anodlar tayyorlanadi.


Download 320 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish