Navoiy davlat pedagogika instituti


BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI YAKKA TARTIBDA TARBIYALASHDA VA YANGICHA YONDOSHUVIDA MURABBIY FAOLIYATI



Download 0,56 Mb.
bet3/4
Sana30.01.2017
Hajmi0,56 Mb.
#1457
1   2   3   4

1.2. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI YAKKA TARTIBDA TARBIYALASHDA VA YANGICHA YONDOSHUVIDA MURABBIY FAOLIYATI

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv jarayonining eng asosiy natijasi – har tamonlama va uyg’un kamol topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir. Tarbiya jarayoni – tarbiyaviy ishlar, tadbirlarning doimiy harakatdagi uzluksizlik zanjiridan iborat bo’lib reja asosida tashkil etilgan bo’lishi zarur. Inson taraqqiyoti ko’pgina omillar o’zaro ta’siri bilan asoslanadi: irsiy avloddan-avlodga o’uvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga bog’liq. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko’rsatish mumkin.

Ijtimoiy-pedagogik omillar. Oila, maktab va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo’ladi. Bu omil bolani erta ijtimoiylashuvdan og’ishganlikka, bolalik davridayoq maktabda o’zlashtirmovchilik tufayli maktab bilan aloqaning uzilishi (pedagogik bo’sh qo’yish) olib keladi. O’smirda maktabga bo’lgan ongli ravishda qiziqishning shakllanmasligi motiviga sabab bo’ladi. Bunday bolalar maktabga yomon tayyorlangan, uy vazifalariga negativ munosabatda bo’luvchi, maktab baholariga befarq bo’ladigan, o’quv dezadaptatsiyasiga uchrovchi bo’ladilar.

-O’quv dezadaptatsiya – bolaning maktabga bo’lgan umumiy qiziqishini saqlanishida bir yoki ikki fanni o’zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan holatidir.

- maktab dezaptatsiya – bolaning yosh xususiyatida ta’lim olishidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda xulqiy buzilish holatlari o’qituvchilar, sinfdoshlari bilan janjalli vaziyatlar ko’rinishida o’ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo’ladi.

- ijtimoiy dezadaptatsiya – bolaning o’qishga bo’lgan qiziqishi, maktab jamoasining talablariga javob berishdan qochish holatlari, turli asotsial jamoalarga kirib ketish, spirtli ichimliklarga, giyohvandlik moddalariga qiziqishining ortishi bilan namoyon bo’ladi.

Bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi og’ishganlik omillarga yomon oilalar sabab bo’ladi. SHunday oilaviy o’zaro munosabatlar usullari mavjudki, ular voyaga yetmaganlarning assotsial xulq-atvorining shakllanishiga olib boradi:

1. Tarbiyaviy va oilaning ichki munosabatlarining disgarmonik usuli. Bu usul o’zida bir tomondan, bola istaklariga ko’ra bo’lsa, ikkinchi tomondan, bolaning janjalli vaziyatlarga

yoki oilada ikki xil axloqiy qarash mavjudligi: oila uchun boshqa, jamiyat uchun umuman boshqacha bo’lgan tarbiyaviy holatlar.



  1. Barqaror bo’lmagan, janjalli usul noto’liq oilalarga tarbiyaviy ta’sir etuvchi, er-xotin ajralishi, ota-ona va bolalar uzoq muddat alohida yashashlari sababli yuzaga keladi.

  2. Munosabatlarning assotsial usuli yomon tashkil etilgan oilalarda, doimiy spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlikka berilish, axloqsizlik, ota-onaning jinoyatchilik xulq-atvori, “oilaviy qahri qattiqlik” va zo’ravonlik kabi illatlarda yuzaga keladi.

Qahrli munosabatlar (haqorat, xo’rlash) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi, qaramog’iga olgan odamlar tomonidan zarar yetkazilishining ko’pgina harakatlariga aytiladi. Bu harakatlarga bolala jismoniy zarar yetkaziluvchi jismoniy, emotsional (hissiy), jinsiy qiynoqlar bilan azoblash, ko’p takrorlanuvchi noo’rin jazolar kiradi.

Qahrli munosabatlarga bolalar uyda, oilada, ko’chada, maktabda, bolalar mehribonlik uylarida, kasalxona va boshqa bolalar muassasalarida duch kelishlari mumkin.

SHunday holatlardagi bolalar, xavfsizlik hissini sezmaydilar. Ularning me’yoriy rivojlanishida bu hissiyotning ahamiyati katta.

Bu esa bolalaga uni o’zi haqida, men yomonman, hech kimga kerakmasman, sevimli emasman deb o’ylashlariga sabab bo’ladi. Qahrli munosabatlarning har qanday turi bola sog’lig’iga katta zarar yetkazadi. Uning hayoti va ijtimoiy moslashuvchanligida xavf tug’diradi.



  1. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlikka sabab bo’ladi. Jamiyatni boy va kambag’allar, jamiyat uchun eng ahamiyatli aholining kambag’allashuvi, ishsizlik kabi qatlamlarga ajratadi. Ijtimoiy qabul qilingan halol ish haqqini (qonuniy) olish usullarining cheklanishi, inflyatsiya va ijtimoiy tartibbuzarlikka olib keladi.

  2. Axloqiy-ma’naviy omillar. Hozirgi davrning jamiyatda bir tomondan ma’naviy axloqiy darajaning pasayishi bo’lsa, qadriyatli, birinch navbatda axloqiy xulqning buzilishi, boshqa tomondan, jamiyatning neytral munosabatlarida deviant xulq-atvor munosabatlarida yuzaga kelishiga olib keladi.

Tarbiyaviy tadbirlar –turli xil moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob beruvchi tarbiyaviy maqsadlarning yagona majmuasiga bo’ysundirilgan, bir-biri bilan o’zaro hamkorlik qiluvchi, o’zida bir butun ta’limni ko’zda tutgan tarbiyaviy ta’sir majmuidir. Ta’lim jarayoni alohida darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar – tarbiya jarayonining bir bo’lagidir.

Tarbiya mavzusi katta, keng qamrovli mavzu. Bu mavzu alohida o’rganishga molik. Uning tarbiyaviy ishlar, tarbiyaviy ishlarning manbalari, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish uslublari, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, ularni tashkil qilishning asosiy qoidalari, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni boshqarish, pedagogik ta’sir etish usullari va boshqalarni o’rganish, chuqur bilish, amalda qo’llash juda muhimdir.

Demak tarbiya haqida tushunchaga ega bo’lish uchun, avvalo tarbiya jarayonini mohiyati va mazmuni, uslubiy qonuniyatlari, shakllari, tarbiya tamoyillari, uslublari bilan tanishish, o’rganish lozim.

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bog’liq jarayonlarga yangi hamda sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda g’ayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, o’zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan o’rganilayotir. Natijada, O’zbekiston pedagogika fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham o’ziga xos o’rni borligi tan olina boshlandi. SHuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan bo’ldi. Ayni vaqtda shaxsning shakllanishida tarbiyaning o’rniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doir hodisa va xolatlarni to’g’ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to’g’ri tayin etish imkonini berdi.

Ayni paytda tarbiyaning faol ishtirokchilaridan OAV faoliyatidagi bir yoqlamalikka moyillik sezilmoqda. Zotan OAVda ko’proq ijobiy materiallar berilayotgani yoshlarda hayotga, jamiyatdagi turli jarayonlarga bir yoqlama, ko’proq maqtov va maqtanish hissini singdirish xavfini tug’dirayotganday.

OAVda vujudga kelgan bu holat Davlat rahbari Islom Karimovning “Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish”, “YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga” yo’llagan qator tabriklari hamda boshqa asarlari va ma’ruzalaridagi talablariga yetarlicha javob bermayotganligi tarbiya jarayonida OAVdan foydalanish borasida ko’proq ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Ma’naviyat – targ’ibot markazi. Milliy g’oya va mafkura ilmiy–amaliy markazi. Fuqarolar qalbi va ongida milliy tafakkur hamda sog’lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash.Ilm-fan va madaniyat fidoiylarining namunalari. Iste’dodni avaylab-asrash. Ahillik – qudratli kuch. Jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabat-larning rivoji haqida maxsus adabiyotlar yaratish. Darslik va o’quv qo’llanmalarini takomillashtirish. Ijtimoiy fanlarning asosiy tadqiqot mavzulari. Mafkuraviy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish vazifasi. Ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot texnologiyalarini keng joriy etish. Zamonaviy texnologiyalar. Ommaviy axborot vositalari. Virtual kutubxonalar, axborot resurs markazlari. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq maqsadga qaratilgan holda olib borish.

Yoshlarni milliy g’oya ruhida tarbiyalash vositalari.

,,Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarini rejalashtirishning asosiy omillarin"

1. Vatanga muhabbat va insonparvarlik.

2. Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.

3. Ma’naviy tarbiya (axlok va odob).

4. Iqtisodiy tarbiya.

5. Ekologik tarbiya.

6. Go’zallik tarbiyasi.

7. Jismoniy barkamollik (sog’lom avlod uchun).

8. Ota-onalar bilan ishlash.

Yuqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular

kuyidagi talablarga javob berishi kerak:

-tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular o’kuvchilarni

mustaqillik, o’z-o’zini anglash, mustaqil fikr yuritishga qaratilishi;

-tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida

bo’lishi;

-tarbiyaviy tadbirlarda uzviylik qoidasiga amal qilinishi;

-mavzular Talabalarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo’lishi lozim.

Tarbiyaviy ishlarni to`g`ri tashkil qilishda beriladigan nazariy bilimlarni yoshlar qalbiga etkazish, ularni kundalik extiyojiga aylantirish uchun o`qituvchi quyidagi ish usullariga e’tibor berishi lozim:

1. Sinf jamoasining ruhiy holati, ya’ni har bir o`quvchining shaxsi, faoliyati, qiziqish darajasi.

2. Sinf o`quvchilarining tarbiyalangan darajasi sinfda tartib-intizom, sinf mulkiga bo`lgan munosabat.

3. Sinfda olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarga munosabat (ijobiy yoki salbiy).

Biz Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zi bo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir – oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.

“Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz!”4 – deb takidlaydi yurtboshimiz I.A.Karimov.

Xulq – odob masalalarini Dante insonning naslu – nasabi bilan emas, uning aql idrok va farosati, tarbiyasi bilan bog’laydi. Beruniy esa shoirdan uch asr avval “olihimmat odam” (kelib chiqishi jihatidan) olijanob bo’lmasa – da, avlodlari qadimiyligi bilan emas, balki o’zining shaxsiy hususiyati va ishlari bilan yuqori darajaga ko’tariladi deydi.5

Yurtboshimiz Islom Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida: “Agarki mendan, hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo’yish kerak, deb so’rasa, men avvalam bor shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o’zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug’ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o’zlashtirishi, bugungi tez o’zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o’zgarishlarga dahldorlik tuyg’usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo’lardim.

Ishonchim komilki, ana shunday insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan xalq hech kimga hech qachon qaram bo’lmaydi, o’zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi”6.

Ana shu ma’noda mustaqil O’zbekistonda qabul qilingan «Ta’lim tugrisida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlari yangi asrning barkamol avlodini yetishtirishdek murakkab va olijanob vazifalarni hal qilishga qaratilgan. Binobarin, shu ulug’ maqsadlarni amalga oshirish irodasi mustahkam, imoni but xalqimizning qo’lidan keladi.

Sharq ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlarida ma’naviy tarbiya orqali huquqiy madaniyatni shakllantirish tushunchasi turli tarixiy davrlarda turlicha talqin qilinishiga qaramasdan uning zamirida har bir voqea, hodisa va jarayonning jamiyat rivojlanishiga, insoniyat taraqqiyotiga, insonparvarlik va demokratiya qoidalariga hamnafasligi bilan belgilangan. Shu ma’noda Ahmad al-Marvaziy, Imom al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad at-Termiziy, bu Nasr Forobiy, Abu Mansur al-Moturidiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud az-Zamaxshariy, Burhoniddin Marg’inoniy, Najmiddin Kubro, Amir Temur, Bahouddin Naqshbandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Ahmad Donish, Furqat, huquqiy tarbiya to’g’risidagi g’oya ilgari surilgan.

Mamlakatimizning huquqiy davlat qurish jarayonida o’tmishimizning hali o’rganilmagan sahifalarini tadqiq etish, davlat va siyosiy arboblarimiz nomlarini xalqimizga qaytarish, huquqiy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor berilmoqda.

Xalqimiz ko’p ming yillik boy huquqiy madaniyat tarixiga ega. Ko’p asrlar davomida barcha huquqiy muammolar Qur’oni Karimda ko’rsatib berilgan qonun va qoidalar asosida hal etilib, huquqiy tarbiya berib kelindi. Islom huquqshunosligi shakllandi. Insonlarni huquqiy tarbiyalashga xizmat qiluvchi hadislar to’plamlari yaratildi.

Buyuk islom olimi, faqih Burxoniddin al-Marg’inoniy Qur’oni Karim va Hadis ilmini mukammal egallab, fiqh- islom huquqshunosligi borasida chuqur ilmga ega bo’lgan va huquqiy tarbiya sohasida beqiyos durdonalar yaratgan. U Marg’ilonda, keyinchalik Samarqandda yashaydi. Butun islom olamida mashhur bo’lgan «Al- hidoya» asarini 573 yili (1170 yil milodiy) yozadi. Asar ko’plab Ovrupa xalqlari tillariga ham tarjima qilinib, ko’plab mamlakatlarning huquq ilmi rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi.

Ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirish milliy va ijtimoiy qadriyatlarni uyg’unlashtirishga yo’naltirilgan fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda katta hissa bo’lib hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati, eng avvalo, shaxsning jamiyatga nisbatan huquqi, erkinligi va majburiyatlarining muvozanati va o’zaro munosabatiga asoslanadi. Har bir inson asosli huquq va erkinlikka ega, davlat ularni himoya qilish kafolatini oladi. Fuqoralik jamiyatida inson o’z maqsadlarini amalga oshirishda erkin, ammo u xuddi o’zi kabi boshqa odamlarning erkinliklarini ham hurmat qilishi kerak. Ayni paytda har bir fuqaro qonunga rioya etishi, o’zining yurish- turishlarini shunday tashkil etish kerakki, toki jamiyatning xuddi o’zi kabi boshqa a’zolari erkinliklariga tusiq bo’lmasin. Bu rivojlangan huquqiy madaniyatni taqozo etadi.

Tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq. Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanishning bugungi kunda jamiyat taraqqiyotidagi o’rni juda katta. Bunning uchun tarbiyaviy ishlar konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamolati bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.

Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqoza etadi.taarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik bilan olib borish davr talabi hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va usullarini izlab topish nihoyatda zarurdir.o’lib unda o’qituvchining pedagogik mahorati katta rol o’ynaydi. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi, tarbiyalanganligi,

Odobliligi uning muomilasida namoyon bo’ladi. Xalqimizda shunday naql bor “Bola shirin so’zning gadoyi”, bas shunday ekan tarbiyachi muomalasida tilga juda ehtiyotkor bo’lishi kerak. Tili shirin, xushmuomila o’qituvchi eng obro’lidir.

Husayn Voiz Koshifiy shunday degan edilar: “Haq vaqtini so’zlar fytursizlar yaxshi so’zdin bo’lakni aytmangizlar va ko’p so’zlamak ko’ngilni qaro qilur” yoki “Mumkin ersa yaxshi so’z qil oshkor, yaxshi so’zdin xo’b yo’qdir yodgor”;”Nasihatin shirin so’zu muloyimlik birla ibtido qilg’ay, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushro’lik ko’rgazmayin nasihat korga kelmas”. 1

Pedagog olim Suxomlinskiy muomila mahoratini kuchi va uning yashirin sirlarini “Bolalarga fido” asarida shunday bayon etgan edi:” Yuksak tuyg’u madaniyatiga ega bo’lgan o’qituvchi bolaning kayfiyati noxushligini darhol fahmlaydi.Bu eng avvalo uning ko’zidan bilinadi.... U bola ko’nglidagini tashvishni sezganligini,

qanday yo’l bilandur ma’lum qilish yo’lini topadi... Keyin bolani tanho topib, surushtirishi ham mumkin.

.... Bolaning ahvolini tushunish , unga hamdard bo’lish madad berish kerak.

Ko’pincha hamdardlik, rahmdillik chin ko’ngildan gaplashish bolaning diliga xush keladigan eng yaqin yordam bo’ladi. Beparvolik,loqaydlik esa bolaning dilini larzaga soladi!”1

Tarbiya jarayonida bolani aldash mumkin emas, bolalarga topshiriq berib: ”Bilib qo’yinglar,topshirilgan vazifani, albatta, tekshirib, bahoni qo’yaman”-deb ogohlantiradi.Lekin bolalarning topshirigini bajargan va aslo tekshirmaydi. Bolalar tartibni salgina buzsalar,u ko’p do’q-po’pisa qilib, ularga qarshi turli ko’rajagini aytadi-yu,ammo amalda hech qanday chora kurmaydi. U,biror qiziq tadbir o’tkazishni bolalarga va’da qiladi-yu, sal orada va’dasini esdan chiqarib qo’yadi, bolalarda bunday tarbiyachiga izzat va hurmat paydo bo’lmaydi. Har bir pedagogning so’zi bilan ishi bir xil bo’lishi kerak. U o’z ishida va so’zida izchil bulmog’i lozim. Har bir tarbiyachi uchun bu narsa qonun sifatida tan olinishi shart.

Bolalarga birdaniga juda ko’p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas; bolalarni xulq va yurish-turish ko’nikmalariga o’rgatgan vaqitda ham xuddi o’quv predmetlari mazmuniga kiradigan ko’nikmalarni o’rgatishdagi tadrijiylik va tizimlilikka rioya qilish kerak. Shunday qilinsa,bolalar xulqiy ko’nikmalarni puxta, mustahkam o’zlashtiradilar.

Vatanimizning kelajagi bo’lgan yoshlar milliy qadriyatimiz ruhida qanchalik tarbiya topsalar, xalqimiz kelajagi ham shuncha porloq bo’ladi. Biz murabbiylarning asosiy vazifamiz o’sib kelayotgan avlodni ma’naviy yetuk, mustaqqil, erkin fikrlovchi shaxs qilib tarbiyalash masalasi kun tartibimizdagi eng dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmokda.

SHuni qayd etish lozimki, hozirgi kun talaba-o’quvchilari juda ziyrak, izlanuvchan, harakatchan, yangi fikrlarga ochiq yoshlar. SHu sababdan ham aynan ular diqqat markazimizda. Har bir talaba-o’quvchi o’zgacha, noyob shaxs, shuning uchun ularga alohida e’tibor darkor. Murabbiyning asosiy vazifalaridan biri erkin psixologik muhit yaratib, talaba-o’quvchilarga ma’suliyat berish - xozirgi kun talabidir. Ko’prok interfaol, innovatsion tarbiya texnologiyalardan foydalanib, ya’ni xar bir talaba-o’quvchining shaxsiy ishtirokini ta’minlash, eksperement orkali, ya’ni o’zi bajarib tushunishiga intilish – muvaffakiyat garovidir («Eshitib – unutaman; ko’rib – yodda tutaman; bajarib – tushunaman. (Konfutsiy).

YAna bir muhim garov – oddiylikda. Fikrlarimizni kanchalik oddiy bayon etib, sodda mashqlar orkali tushuntirsak talaba-o’quvchilar shunchalik oson qabul qilishadi («Doxiylik – oddiylikdadir» - kadimgi Xitoy maqoli).

Murabbiylarning yana bir vazifasi talaba-o’quvchilarimizning liderlik sifatlarini rivojlantirishga ko’mak berishdir. Xozirgi kun lideri kim? U qanday xususiyatlarga ega bulishi kerak? Katta hayot bo’sag’asida turgan yoshlarimizda kerakli bo’lgan bilim, ko’nikma va malakani rivojlantirish – murabbiylarning eng oliyjanob vazifisidir («Kishiga baliq ber – va uni bir kunlik ochlikdan asra; kishiga baliq ovlashni o’rgat – va uni butun umrga ochlikdan asra» (Konfutsiy).

Murabbiyning funksiyalari
Murabbiyning funksiyalari:


  • axborot berishlik;

  • tashkilotchilik;

  • kommunikatsion;

  • nazoratchilik (ma’muriy);

  • ijodiy.


Axborot berishlik funksiyasi - murabbiyning talabalarning o’zlari ham ishtirok etishi lozim bo’lgan o’quv va o’qishdan tashqari tadbirlarga taalluqli zarur axborotlarni o’z vaqtida olishini nazarda tutadi.
Tashkilotchilik - murabbiyning talabalar guruhining o’qishdan tashqari hayotini (birinchi kurs talabaligiga bag’ishlov, guruhning kuni, guruh ichidagi an’analar va hokazolar) unda ishtirok etuvchilar bilan birgalikda uyushtirishini nazarda tutadi.
Kommunikatsion – o’zi murabbiylik qiladigan guruhda eng yaxshi psixologik muhitni ta’minlash va tutib turish; guruh ichidagi munosabatlarni uyushtirish; guruh hayotida rasmiy yetakchi sifatida bevosita ishtirok etish; talabalar bilan oliy o’quv yurtining kafedralari, dekanati, ma’muriyati o’rtasida vositachi bo’lish.
Nazorat – ayniqsa quyi kurslarda talabalarning davomati va o’zlashtirishi, guruh yetakchisining o’z funksiyalarini bajarishi, uning saylanishi va qaytadan saylanishini nazorat qilishni ko’zda tutadi.
Murabbiyning ijodkorligi – uning individual ehtiyojlari va qobiliyatlariga muvofiq tarzda o’z faoliyatini kengaytirishini nazarda tutadi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonida muvavaffaqiyat ko’p jihatdan tarbiyachining shaxsiyatiga bog’liqdir. SHuning uchun murabbiy shaxsining shakllanishiga va rivojiga, murabbiyning o’z imkoniyatlariga ishonchini yanada ortishiga qaratilgan mashqlardan foydalanish maqsadga. Ijodkorlik bor joyda yangilanish bor, shuning uchun bir qator mashqlar murabbiylarning «yashiringan» imkoniyatlarini ochishga qaratilgan bo’lib, ularning imkoniyatlarini cheksizligidan dalolat beradi («Men – ijodkor shaxs», «Jamoa taqdimoti», «Vaqt top», «Hamkorlik va raqobat» va x.).

Prezidentimiz I.A.Karimov o’z nutqlarida yoshlarga katta ishonch bildirib, O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida ekanligini ta’kidlar ekan, avvalo yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib yetishtirish o’qituvchi va tarbiyachilarning fidokorona mehnati bilan bog’liqligini nazarda tutadi.

Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda o’qituvchining o’rni beqiyosdir.


2-BOB. MURABBIYNING TARBIYAVIY ISHINI TASHKIL QILISHGA ASOSIY YONDASHUVLAR

2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda murabbiy ishini tashkil etish texnologiyasi

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda murabbiy ishini tashkil etish texnologiyasi

Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o’sishi jamiyat oldiga ijtimoiy me’yorlardan og’ishgan xulqli o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlarning shakl va usullarini, texnologiyalarini topish vazifasini qo’ygan. SHu sababli deviant va delinkvent xulq-atvorli o’smirlar bilan ishlashning ikki asosiy texnologiyalari, profilaktik va reabilitatsion ishlar Fan va amaliyotda keng tarqalgan.

Profilaktika (oldini olish)-o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy xulqiy og’ishganlikning turli ko’rinishlariga asosiy sabab bo’luvchi sharoitlardan ogohlantirish, bartaraf qilish yoki neytrallashga yo’naltirilgan davlab, jamiyatning ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy-tarbiyaviy chora-tadbirlarining yig’indisidir. O’smirlarda deviant xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan bir necha yondashuvlari mavjud.

1.Axborotli yondoshuv. Bu yondoshuv ijtimoiy me’yordan xulqiy og’ishganlik kelib chiqishida voyaga yetmaganlar (bu ijtimoiy me’yorlarni) bilmasliklari tufayli uni o’z asosiy yo’nalishi sifatida voyaga yetmaganlarga bu me’yorlarga rioya qilish, o’z huquq va yuurchlari haqida axborot berishdan iborat. Davlat va jamiyat qo’ygan talablarini bajarishda bolalarning yosh ko’rsatkichiga mos qabul qilingan ijtimoiy me’yorlar haqida ma’lumot berishni ko’zda tutadi.

Bu ishni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye)dan kino, teatr, badiiy adabiyot va boshqa san’at asarlaridan foydalanish mumkin.

2. Ijtimoiy-profilaktik yondoshuv. Bunday asosiy maqsad – negativ holatlarning sabablari va sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish, neytrallashdan iborat. Voyaga yetmaganlar tomonidan giyohvandlik moddalarini iste’mol qilinishi uchun jinoiy javogarlikka tortilishlari haqida ma’lumotga ega emaslar. Ular giyohvandlik – shaxsiy ish deb biladilar, faqat giyohvandlik moddalarini tarqatish jinoyat deb hisoblaydilar. O’smir giyohvandlik va kuchli ta’sir etuvchi psixotron moddalar to’g’risidagi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan bu moddalarni iste’mol qiluvchilar ham jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Bizning jamiyatimizda o’smirlar o’rtasidagi alkogolizm-ichkilikbozlik profilaktikasi muammosi ham muhim o’rin tutadi. O’smirlar ichkilikbozlik va alkologizmning og’ir ijtimoiy va psixonevrologik oqibatlari haqida ham bilmaydilar.

3. Tibbiy-biologik yondoshuv. Bu yondoshuvning mohiyati ijtimoiy me’yorlardan og’ishganlikning oldini olishda tibbiy-profilaktik xarakterdagi turli psixik nosog’lom shaxslarga munosabat-biologik darajada bo’lishi lozim. Agar insonda psixik (ruhiy) rivojlanishi, sog’lig’ida turli nuqsonlar bo’lsa, u o’z ruhiy xususiyatlariga asosan ma’naviy-axloqiy me’yorlarni buzishi mumkin. Bu holatda insonga uni o’zgartirib bo’lmaydigandek qaraladi. O’smirda bunday psixik nosog’lomlikni o’z vaqtida aniqlash juda muhimdir.

CHunki ular umuman hayolga kelmaydigan harakatlarni sodir etishlari mumkin. O’smir psixiatr mutaxassislar ko’rigidan o’itkazilib, shunga muvofiq tibbiy davo choralari ko’rilishi lozim.

4. Ijtimoiy-pedagogik yondoshuv. Bu yondoshuv mohiyati o’smirni deviantlik xulq-atvoridagi shaxsiy xususiyatlarini qayta tiklash yoki to’g’rilashdan iborat. Ayniqsa, uning axloqiy-irodaviy shaxsiy xususiyatlarini qayta tarbiyalash shart. O’smirlarda, ularning irodaviy xususiyatlari, xulq-atvorida quyidagilarni shakllantirish lozim:



  • o’z so’zi va ishining egasi bo’lish;

  • o’smirning jinoyatga boshlovchi, jamiyatga zarar yetkazish kabi illatlarga bo’lgan qiziqish va harakatlarini to’xtatish;

  • hozirgi davrda muhim bo’lgan masalalar bilan band qilish;

  • huquqqa qarshi bo’lmagan, puxta o’ylab chiqilgan maqsadlarni qo’yish.

Erki bo’lmagan inson flyugerga o’xshaydi, shamol qay tarafga essa o’sha tomonga o’giriladi. Bunday insondan ijtimoiy me’yorlarni buzish, jinoyatchilikni kutish mumkin. Uni yengillik bilan aldash, o’zgalarning so’zlariga quloq solishi. o’zga axloqiy qarash va baholarga og’dirish oson. O’zga axloqiy qarashlarga ergashib, u huquqbuzarlik va ahloqsizlik xulq-atvoriga ega bo’ladi. Bunday insonlarni tarbiyalashda jamiyat tomonidan unga erkinlik va huquqlarini berib, uni o’z-o’zini boshqara olishga o’rgatish zarur.

5. Saknsiyalarni qo’llash. Bu yondoshuv mohiyati huqukbuzarlik qilgan insonni jinoiy qonunlar asosida jazolash turadi.

Biroq, jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, bu Samara bermaydigan holat bo’lib, jamiyat tomonidan qattiq sanksiya bo’lib hisoblanadi, xalos. SHu sababli ijtimoiy og’ishganlik sabablarini aniqlash va bartaraf etishda bu faqatgina yordamchi vosita bo’lib hisoblanadi.

Bu boada zamonaviy murabbiyga kuyilgan talablar aniqlanadi. Har bir tinglovchi o’zini tahlil qilib, kamchiliklarni aniqlaydi va bu ularga kelgusi ish rejasiga o’zining ustida ishlashga oid vazifalarini kiritishga yordam beradi.



Qo’llaniladigan vositalar: doska, marker, video-kamera, flamasterlar.

Notiqning nutq samarasini

ta’minlovchi omillar

Nutq samarasiga putur yetkazuvchi omillar


Tinglovchi auditoriyani hurmat qilish

Auditoriyaga befarq bo’lish

Tinglovchilarni aqlli deb bilish (CHunki jamoa ongi doim yakka ongdan yuqoridir)

O’zini o’ta bilimdon deb bilish

Tinglashni o’rganish

Tinglashga toqatsizlik

Madaniyatli bulish

Madaniyatning yetishmasligi

So’z boyligi (sinonimlardan unumli foydalanish)

So’z boyligining yo’qligi, jargonizmlarni, varvarizmlarni ko’plab ishlatish

Savodli bo’lish (orfoepik, sintaktik xatolarga yo’l qo’ymaslik)

Tallaffuzda, jumla tuzishda g’alizliklar

Mantiqiy so’zlash (tizimlilik) :

Nutq so’zlashda «Muvaffakiyat moduli»dan foydalanish (1. Nima? 2. Nima uchun? 3. Qanday qilib? 4. Xulosa)



Uzuk-yuluq gaplar

Me’yorda imo-ishora, mimika, pantomimika

Jonsiz yoki o’ta his-tuyg’uli so’zlash

Nutqqa jiddiy tayyorgarlik

Nutqni rejalashtirmaslik

Joy psixologiyasini o’rganish

Noma’lum joy bilan tanishmaslik

Tinglovchi auditoriya psixologiyasini o’rganish:

A) yosh psixologiyasi

B) jins psixologiyasi

V) kasb psixologiyasi va xokazolar.



Auditoriya psixologiyasidan emas, o’z istaklaridan kelib chiqib so’zlash

To’g’ri ton, tembr, tezlik tanlash

Muvozanatsiz so’zlash

Nutqni yurak orqali o’tkazish (jonli, samimiy so’zlash)

Nosamimiy, befarq so’zlash (hisobot uchun)

YAngicha (innovatsion) usullardan foydalanish

An’anaviy fikrlash

Nutqning betakrorligi (shahsiy xayetiy tajriba bilan sug’orilganligi)

Odatiy, kitobiy so’zlash

Tarqatma material:

NAMUNALI MURABBIY BO’LISH



YOrdam beruvchi omillar




To’sqin bo’luvchi omillar


O’zim:





O’zim:

  • Maqsadga intilib astoydil ishlash

  • Turli imkoniyatlardan foydalanib, mashq qilish

  • Tanqidlarni to’g’ri qabul qilish

  • Notiqlik xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishish

  • Xamkasabalarimni kuzatish va ulardan o’rganish

  • Notiqlik to’g’risidagi video-kassetalarni tomosha qilish

Kuchli va zaif tomonlar ro’yxatini tayyorlash




  • Bilim yetishmasligi

  • Qo’rquv

  • O’ziga ishonchning yetishmasligi

  • Manbalar tanqisligi

  • YOmon odatlar/illatlar

  • Foydaning darrov ko’rinmasligi

  • Tayyorgarlikning kamligi

  • Jismoniy nuqson

Boshqalar:




Boshqalar:

  • Ular menga ma’lumotlar bilan yordam berishlari mumkin

YUksalish uchun xamkasabalarimdan mahsus sohalar bo’yicha maslahatlar olish




  • Meni tanqid qilishadi

  • Ustimdan kulishadi

  • Tiborsizlik qilishadi

Tashkilot:




Tashkilot:

  • Mening o’sishim uchun manbalar qidiradi

  • Meni treningga jo’natadi

  • Meni rahbatlantiradi




  • Qo’llab-quvvatlamaslik

  • Qadrlamaslik

  • O’sish uchun imkoniyatlar yaratmaslik






Kutilayotgan natija: Tinglovchilar o’quvchilarni notiqlik mahoratini oshirish yo’llari, nutqqa tayyorgarlik noan’anaviy usullari bilan bilan tanishishadi va o’z tajribasidan va tajribali notio’lar hayotidan, ijodidan misollar keltiradi. O’zining va o’zgalarning tajribasi tahlil qilinadi.

«Akliy xujum» uslubi yordamida namunali murabbiy imidjini guruh bo’lib aniqlash.



1 mashk: Kichik jamoalarda “Gurux portreti” uslubi yordamida namunali murabbiyga ta’rif berish.
Guruh portreti” : Ishlashdagi izchillik shunday:

      1. Ekranda xazil shaklda chizilgan portret namoish etiladi. Bu - ramziy murabbiyning portreti.

      2. Tinglovchilarga quyidagi savol bilan murojaat etiladi: “Namunali bo’lish uchun murabbiy tanasidagi har bir a’zo muayyan vazifalarni bajarishga qaratilgan. Vazifalarni aniqlang.”

      3. Xar bir jamoaga ekrandagi portret nusxasi beriladi. Xar bir jamoa fikrlab, ushbu portretga chizmalar yordamida ta’rif beradi.

      4. “Guruh portreti” ishning natijasi xisoblanadi. U bilan keyinchalik ishlash, ya’ni tahlil etish, aniq qadamlarni takomillashtirish, yaxshilash va boshqa maqsadlarda qayta ishloab chiqish mumkin.



Ushbu uslubdan “Murabbiylik soat”lari quyidagi mavzularga bag’ishlanganda foydalanish mumkin: “Namunali o’quvchi”, “A’lochi portreti”, “Muammoli talaba”, “Namunali (kasb egasi)” va xokazo.

Avvalam bor, o’zimiz – murabbiylar ham notiqlik jihatidan yorqin namuna bo’lishimiz darkor. Notiqlik mahorati – muvaffaqiyat muhim omillaridan ekan, yoshlarimizda tarbiyaviy soatlarda erkin, tezkor fikrlashga imkon yaratuvchi zarur sharoitlar yaratishimiz, turli mashqlar tashkil etishimiz lozim.

Notiqlik mahorati – ishontirish usullarini o’rgatuvchi fan. Notiqlik mahorati – namunali murabbiy muvaffaqiyati uchun muhim omil.

«Aqliy xujum» yordamida yaxshi notiq qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerakligini aniklaymiz

Notiqlik mahoratini oshirishga qaratilgan mashqlar:

«Reklama qilish» (o’zini o’zi, do’stini, guruhini, biror bir buyumni), «Hamma shanbalikka», «Tabriklayman, kutlayman» kabi mavzularda qisqa nutq tuzish. Bundan tashqari tezkorlikni, xozirjavoblikni oshiruvchi «Blits-o’yin», «Xikoya tuzish», «Ta’rif berish» (masalan buyumga, rangga, xarakatga, insonga) kabi mashqlar.

Videotrening yordamida tinglovchilar o’zlarini notiq sifatida baholaydilar. Baholashga ko’mak beruvchi savollar:


    1. O’zimizni notiq sifatida chetdan kuzatib, qanday ijobiy tomonlarimizni ko’rdik (ihtiyoriy ravishda har bir tinglovchi o’ziga baho beradi);

    2. O’zimizni notiq sifatida chetdan kuzatib, qanday salbiy tomonlarimizni ko’rdik (ixtiyoriy ravishda har bir tinglovchi o’ziga baho beradi);

    3. Qaysi bir tinglovchini eng zo’r notiq deb hisoblaysiz? (O’zini maqtashi ham mumkin).

Xulosa. Nutqqa tayyorgarlik – psixologik jihatdan sovg’a tanlashga o’xshaydi. Sovg’a in’om etuvchilar uch toifaga bo’linadi:

  1. O’ziga keraksiz narsani birovga sovga qilib yuboruvchi (madaniyatsiz);

  2. O’ziga ravo ko’rgan narsani birovga in’om etuvchi (sovg’a taqdim qiluvchi sovg’a oluvchini o’zidek ko’radi);

  3. O’ziga ravo ko’rgan narsadan ham a’lo narsani in’om etuvchi

Nutq shahsan notiqning o’ziga yoqmasa, tinlovchilarga in’om etmasligi lozim. Nutq ham sovg’a kabi tinglovchilar uchun yoqimli va kerakli bo’lishi darkor. SHundagina nutq samarali bo’ladi.
Hozirgi kunda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz - jamiyatimiz a’zolarini, avvalambor voyaga yetib kelayetgan yosh avlodni kamol toptirish, ya’ni ularni komil inson qilib tarbiyalash.

“Aqliy xujum” uslubi orqali komillik nima, komil inson deganda qanday insonni ko’z oldimizga keltiramiz degan fikrlarni tinglovchilardan jamlab olamiz.

Har bir xalqning o’zi intiladigan komillik timsollari bo’ladi. Ular ajdodlarimizning o’z farzandlarini mard, sog’lom, qo’rqmas va mukammal qilib tarbiyalash yo’lidagi orzularini ifodalaydi.

Vazifa: Tinglovchilarning komillik timsollarini aniqlash. Ushbu mashq individual tarzda bajariladi. Tinglovchilar komil inson haqidagi orzulari qanday kishilar siymosida o’z ifodasini topganligini aniqlashadi va daftarlariga belgilashadi. Sung, jamoadoshlari bilan fikr almashishadi.

Maktab/OTM kishining ma’naviy shaxs sifatida shakllanishida poydevor rolini o’ynaydi. Bola bu yerda nafaqat bilim oladi, balki uning dunyoqarashi kengayadi. Uning aql­-idrokli, teran fikr yurituvchi komil inson bo’lib yetishida bu muqaddas dargohning ahamiyati katta. O’quvchi/ sizdan ko’p narsani kutib qoladi. Siz unga yordam berasiz, uni yo’naltirasiz, to’g’ri yo’l ko’rsatasiz. SHuning uchun o’zingiz ham komillikka intilishingiz lozim.

Buni siz “Mukammallikka intilish tizimi sizda mavjudmi?” so’rovnomasi orqali bilishingiz mumkin. Bu so’rovnoma 15 ta’kiddan tarkib topgan.

«Mukammallikka intilish tizimi sizda mavjudmi?» sỳrovnomasi
5 – agar mazkur ta’kid hakikatga to’la mos kelsa

4 – ko’proq mos kelsa

3 – ham ha, ham yuk

2 – ko’prok mos kelmaydi

1 – mos kelmaydi
Tahlil qilishning yana bir uslubini tavsiya etamiz. Ushbu usulni qo’llash yo’li: xar bir tinglovchi jadvaldagi bo’limlarga o’zi xaqidagi ma’lumotlarni yozadi.
KKIT” uslubi (SVOT-analiz, SWOT- analysis)


Kuchli tomonlar

Kuchsiz tomonlar

Imkoniyatlar

To’siqlar


























Maqsad: kishining kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyat va to’siqlarini aniqlash. Kuchli tomonlarini yanada kuchaytirish, kuchsiz tomonlarini yo’qqa chiqarish yoki ularga qarshi immunitet hosil qilish, imkoniyatlardan to’g’ri foydalanish va to’siqlarni bartaraf etish.

Misol uchun bir o’quvchi/talabaning tahlilini keltiramiz:



Kuchli tomonlar

Kuchsiz tomonlar

Imkoniyatlar

To’siqlar

bilimli

loqayd

olimpiada

masofa

xorijiy tillarni biladi

dangasa

chet elda o’qish

oilaviy sharoit

madaniyatli

uyquchi

sport inshoatlari

sog’ligi yomon

............




Kutilayotgan natija: o’quvchilar erishgan yutuqlari bilan qoniqmay yanada har tomonlama rivojlanishga harakat qilishadi.

Inson komillik sari qanchalik tezkor, ildam xarakat qilib borsa, u o’z komilligiga shunchalik ertaroq erishadi. Bu esa jamiyatda taraqqiyotni jadallashtirishga munosib ulush qo’shishga olib keladi.



Qo’llanadigan vositalar: qog’oz, flomaster, marker, doska.

TARQATMA MATERIAL:




«Komillik tizimi Sizda mavjudmi?» testi










Ballar

  1. 1

Men o’zimni o’rganishga intilaman.






Ish bilan va uy yumushlari bilan qanchalik band bo’lmay, o’zimga albatta vaqt ajrataman.






Yulimda paydo bo’layotgan to’siqlar meni faollikka chorlaydi.






Javob-aloqani kutaman, chunki bu o’zimni baholashga va tahlil qilishga yordam beradi.






O’z faoliyatimni nazorat qilishni odat qilib olaman va albatta bunga vaqt ajrataman.






Men hissiyotlarimni va tajribamni tahlil qilaman.






Men ko’p o’qiyman.






Meni qiziqtirayotgan masalalar bo’yicha doim bahs-munozaraga kirishaman.






Men o’z imkoniyatlarimga ishonaman.






Samimiy bo’lishga intilaman.






Atrofdagilarning menga ta’sirini anglab yetaman.






Kasbiy mahoratimni oshirishga intilaman va ijobiy natijaga egaman.






YAngilikdan zavq olaman.






Oshib borayotgan mas’uliyat meni cho’chitmaydi.






Xizmat zinapoyasidan ko’tarilishimga ijobiy munosabatda bo’lar edim.







Jami




5 - agar mazkur ta’kid hakikatga to’la mos kelsa

4 – ko’proq mos kelsa

3 – ham ha, ham yuk

2 – ko’prok mos kelmaydi

1 – mos kelmaydi

So’rovnoma natijalari:

15 - 35 – Rivojlanishdan to’xtash kuzatiladi.

36 - 54 – Mukammallikka intilish tizimi mavjud emas, ko’pincha bu holat sharoitga bog’liq.

55 - 75­ - Faol rivojlanish kuzatilmoqda.


Ijtimoiy-pedagogik faoliyat ijtimoiy pedagog tomonidan quyidagi asosiy vazifalarni bajarishini ko’zda tutadi.

Birinchi vazifasi – diagnostika qilish. Bu faoliyat bolalarni tarbiyasidagi kamchiliklarni o’rganishlari xavfi omillarini yo’qotishga qaratilgan. Bu vazifa tarbiyasida nuqsoni bor bola haqida ma’lumotlar to’plash yo’li bilan amalga oshiriladi. Pedagog bolaning xususiyatlarini o’rganadi, uning oilasi haqida ma’lumotlar to’playdi, bolaga yomon ta’sir ko’rsatish manbalarini o’rganadi, aniqlaydi, mikromuhitning bolaga ta’sirini o’rganadi.

Ma’lumotlar to’plash bolaning o’zi bilan. Uning ota-onalari. Sinf rahbari bilan suhbatlar, so’rovlar (og’zaki yoki yozma ravishda) amalga oshiriladi. Bundan tashqari standartlashtirilgan intervyu olish, kuzatish, oila va bolaning hujjatlarini o’rganish usullarini ham qo’llaniladi.



Ikkinchi vazifasi – taxmin qilish, uning mazmuni pedagog birinchi vazifasi asosida pedagog bolaning xulqidagi nuqsonlarni bartaraf etishning ijtimoiy-pedagogik faoliyat dasturini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.

Uchinchi vazifasi – ta’lim-tarbiyaviy. Bu faoliyat ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmunini hamdauni amalga oshirish metodlarini tanlashni ko’zda tutadi. Pedagog bolaning ijtimoiy-reabilitatsiyasi jarayonida uning qaysi sifatlari tarbiyalanishi kerakligini aniqlaydi, bolaning ta’lim va tarbiyasidagi kamchiliklarini yo’qotadi.

To’rtinchi vazifasi - huquqni himoya qilish. Pedagogik o’z faoliyatini huquqiy asosda qurishi kerak, bu bolaning huquqlarini himoya qilishni hamda ularga rioya qilishni bildiradi.

Beshinchi vazifasi – tashkilotchilik. Bu bola bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib borishda turli mutaxassislarning ishtiroki va birgalikda ishlarni olib borishlarini talab etadi.

Oltinchi vazifasi – kommunikativ. Uning mazmuni ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ma’lumotlar almashish maqsadida uning ishtiroklari o’rtasida ko’plab aloqalar o’rnatilishi zaruriyati yuzaga kelishidan iborat bo’ladi.

yettinchi vazifasi – oldini olish – profilaktik, bu faoliyat olingan yaxshi natijalarni mustahkamlash, bolaning tarbiyasidagi nuqsonlarning takrorlanishi mumkinligini yo’qotishni ta’minlaydi.

O’zining faoliyatida ijtimoiy pedagog uchta asosiy rollarda ishtirok etadi:

- maslahatchi sifatida, u ota-onalar va bolalar o’rtasida janjalsiz, tortishuvsiz, kelishib munosabatlarda bo’lish muhimligi va mumkinligi haqida oilaga ma’lumotlar beradi.

- konsultant rolida, oilaviy, mehnat, boshqaruv va jinoiy qonunchilikni hamda psixologik, pedagogik, ijtimoiy pedagogik masalalarini tushuntiradi.

- ota-onalar yoki yaqin atrofidagilari tomonidan bolaning huquqlari buzilgan hollarda himoyachi sifatida harakat qiladi.



    1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda va yangicha yondoshuvida hamkorlik faoliyatining shakl va usullari

Zamonaviy oilalarning katta a’zolari yuqori darajada band bo’lishlari sababli ta’lim muassasalari pedagogik jamoalari bilan o’zaro aloqalari yo’q. SHuning uchun ota-onalar o’smirning haqiqiy ichki dunyosi haqida, uning qiziqishlari va talablari haqida to’la tasavvurga ega bo’lmaydilar. Bular ota-onalarda bolaga ko’r-ko’rona muhabbatni yuzaga keltiradi.

Ota-onalarning bunday bir tomonlama qarashlarini ota-onalarning maktab bilan aloqalarini yaxshilash yo’li bilan yo’qotish mumkin edi. Ma’lumki, bolaning xulqi yomon belgilarini ancha ob’ektiv baholaydilar. Bunday hollarda ota-onalarga pedagoglar malakali yordam ko’rsatishlari mumkin bo’ladi.

Bolaning oiladan tashqaridagi yaqin odamlari haqida ota-onalar quyidagi yo’llar bilan xabardor bo’ladilar:

a) ularning qiziqtirgan uning o’zi haqidagi va uning do’stlari haqidagi muammolarni qo’pol va odobsiz usulda talab etadilar.

b) bunday ma’lumotlarni uchinchi shaxsdan oladilar.

v) bolaning xulqini o’zlari kuzatishlari natijasida.

Ota-onalar odatda bolaga o’zlariga yoqqan bolalar bilan do’st-o’rtoq bo’lishni majbur qilishga harakat qiladilar. Aynan ana shu bolani ota-onasidan uzoqlashtiradi, uni yolg’onchi qiladi.

Ota-onalar bola bilan muomalani bilmaydilar. SHuning uchun ota-onalarni umumiy pedagogik o’qitish tizimini yaratish zarur, masalan, maxsus seminarlar o’tkazish yo’li, bu maqsadlarda ommaviy axborot vositalardan foydalanish yo’li bilan, yoki ijtimoiy pedagoglar va psixologlar yordamida ishlab chiqilgan “oila xizmati” tizimlari yordamida.

Bugungi kundagi ota-onalar ko’p tomondan huquqiy va pedagogik sohada tayyor emaslar. SHuning uchun ular bolagi nisbatan jinoiy xavf solinganda o’z farzandlariga to’gri harakat qilish bo’yicha biror-bir masalahat berishga qodir emaslar. SHu sababli ota-onalarning o’zlari orasida va oilaning katta a’zolari orasida profilaktik ishlarni amalga oshirish zarurati yuzaga keladi.

Ota-onalar ma’lum yuzaga kelgan vaziyatda o’zini qanday tutish kerakligini tushuntirib berishlari, bolani ayniqsa, notanish odamlar bilan tanishishda yoki notanish yangi joylarda bo’lishlarida diqqat-e’tiborli, ehtiyotkor bo’lishlarini tushuntirishlari kerak. Katta shahar sharoitida o’smir uchun zarar tegishi xavfi ayniqsa, yuqori bo’ladi. Bu yerda o’smirning xulqi asosiy yo’nalishi ularga xavfli joylarga borishni ta’qiqlagan ota-onalarining talablarini qat’iy bajarishi bo’ladi.

Bolalarlarning jinsiy tarbiyasi zamonaviy holati haqida olingan ma’lumotlar bu muammoni hal etishda ko’plab jiddiy xatolar va kamchiliklar borligini ko’rsatadi.

Kichik va katta sinf o’quvchilari jinsiy tarbiya masalalari bo’yicha faqatgina qisqa ma’lumotlar oladilar.

Hozirgi paytda respublikamizda yangi Fan kiritilgan, “Sog’lom avlod tarzi (asoslari?)”. Bu fanning dasturida jinsiy tarbiya haqida bo’lim bor. Lekin faqatgina jinsiy masalalarni o’rganishning o’zigina yetarli emas.

Balog’at yoshiga yetmaganlar jinsiy jaxlsizligiga jinoiy tajovuz qilish bilan kurashish bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi. CHunki bu holat aniq bir balog’atga yetmagan yoki o’smirning o’ziga emas, balki uning atrofidagilarga ham juda katta ma’naviy zarar ko’rsatadi.

Bafarqlik, beraxmlik bilan jinoyat sodir etish usuli o’smirlar tomonidan (tarbiyasida kamchiliklari bo’lganlarida) faol huquqbuzarlik faoliyatiga, shunga o’xshash harakatlarni amalga oshirishga chaqiriq deb qabul qilinishi mumkin. Boshqa tomondan bu o’smirga uning tengdoshlari va kattalar bilan o’zaro munosabatlarini shakllantirishda salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin (ya’ni, o’smirlar tengdoshlari va kattalarga ishonchsizlik va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’ladigan bo’lib qoladilar).

SHundan kelib chiqib, bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligiga to’g’ri baho berish va ommaviy axborot vositalari, pedagoglar, ota-onalarni jalb etib profilaktik ishlarni olib borish zaruriyati yuzaga keladi.

Tibbiyot xodimlari va huquqiy muxofaza qilish organlari seksual asosda tajovuzkor hulqli shaxslarni o’z vaqtida aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko’rish bo’yicha birgalikda ish olib borishlari kerak.

O’g’il bolalar va qizlar o’zaro munosabatlari muammolari o’smirning jinsiy yetilish yoshidan ancha avval yuzaga keladi. Bolalar va qizlar orasidagi yaqin aloqalar, munosabatlar haqidagi ma’lumotlar odatda noto’gri tushuniladi. Bola bu haqida ishonchli manbalardan qanchalik kam ma’lumotlarga ega bo’lsa, u bu sohaga shunchalik ko’p qiziqadi. SHuning uchun jinsiy tarbiyalash asoslari erta bolalik yoshidan boshlanishi kerak bo’ladi.

Akseleratsiya sababli bugungi kunda o’smirlarning erta dinsiy yetilishlari va uning ijtimoiy tashkil topishi jarayoni ancha uzoq davom etishi o’rtasida uzilish yuzaga kelgan. Bu holat bir qator muammolarni keltirib chiqardi, masalan, doimiy ravishda kinomotografiya, videofilmlar, matbuotdagi maqolalar va boshqa erotik manbalar tomonidan qo’zg’atib kelinayotgan jinsiy instinktlarining uzoq qondirilmasligi kabi.

Bu muammoni hal etish o’smirlarni sportga ommaviy jalb etish, ijtimoiy jamoatchilik ishlarida ishtirok ettirish bilan mumkin bo’ladi.

SHu sababli bizning fikrimizcha bunday ishlarning hamda yoshlar o’rtasida huquqbuzarlikni olidini olish bo’yicha faoliyatlar markazi umumta’lim maktab bo’lishi kerak deb to’g’ri fikr aytilmoqda, maktab oilaga nisbatan va boshqa ijtimoiy institutlarni boshqarishi kerak bo’ladi.

Haqiqatan, maktab oilaga, ota-onalarga yordam ko’rsatishni tartibga soluvchi bo’lishi kerak. Maktab bu ishga ijtimoiy pedagoglarni, tibbiyot xodimlarini, huquqiy himoya qilish organlarini jalb etishi kerak. Bu ishlar maktabning ota-onalar va bolalar o’rtasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilishda tarbiyaviy-profilaktik vazifalarni ancha kengaytiradi.

Bu ishda qo’shimcha ta’lim, bolalarning dam olishlari va ijod bilan shug’ullanishlari, bolalar va yoshlar ijtimoiy tashkilotlarining ham roli katta.


UMUMIY XULOSALAR

O`tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar chiqarishga muvaffaq bo`ldik:

1. Mavzuga oid pedagogik, psixologik, sotsiologik, tarixiy, axloqshunoslik yo’nalishidagi manbalarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirildi.

2. Oquvchilarning individual-psixologik xususiyatlari, motivatsiyasini, intellektual rivojlanish va qobiliyatlari, oila, mahalla, guruh va o’quv muassasasidagi pedagogik- psixologik muhitni atroflicha o’rganish tarbiyaviy ishlarning samaradorlik darajasini oshirish va taqdim qilinayotgan o’quv materiallarining tadqiqot doirasida ifodaliligiga erishishildi.

3 Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvi chuqur tahlil etish va ulardan tatbiqiy tizim ishlab chiqildi.

4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv shakli, vosita va metodlari aniqlandi.

6.Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv metodikaning samaradorlik darajasini aniqlandi.

7. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondashuvlar bilan boyitildi. Ularda axloqiy tarbiya to’g’risidagi tushunchalarni shakllantirish metodikasiga, uning shakl, usul, vositalariga ega bo’lindi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv asosida bolalarida urf –odatlarimiz va milliy qadriyatlarimiz orqali ularda axloqiy fazilatlarini shakllantirish mumkin. ularni ma’naviy tarbiyalash quyidagi pedagogik vazifalar amalga oshirilganda ijobiy kechadi:

-Birinchidan, o`quychilarning individual-psixologik xususiyatlari, ularning motivacion sferasi atroflicha o`rganilib chiqilganda;

-ikkinchidan, o`quychilar uchun yaxlit uzluksiz milliy sharqona tarbiya tizimini ta`minlaydigan metodik majmualar ishlab chiqilganda;

-uchinchidan, mavzuga oid molik suxbatlar, kechalar uyushtirilganda;

-beshinchidan, o quvchilarning intellektual, ma’naviy rivojlanishlari va qobiliyatlari, pedagogika fanlarida mavzuga oid bo’lgan manbalar yangicha yondashuvlar asosida aniqlanganda.

3. Tarbiyani demokratiyalashtirish zarur bu tarbiyani ma`muriy extiyoj va qiziqishlardan yuqori qo`yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o`rtasidagi o`zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar moxiyatini o`zgartirish demakdir. bu tarbiya ishiga jamotchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir.

Tajriba Navoiy shahrdagi №5 maktab o’qituvchi - pedagoglari hamkorligida olib borilgan tadqiqotlarda boshlang’ich sinf boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvlar orqali ma’naviy tarbiyalash jaryonida quyidagicha kechdi:


  • Dars jarayonida o`quvchlarning fanlarga bo’lgan, qiziqishi, ma’naviy tarbiyalanganlik darajasini suhbat, test, pedagogik kuzatish, orqali o`rgandik;

  • Darsda va darsdan tashqari ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar, kechalar, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondoshuvlar orqali talabalarda fanga bo’lgan qiziqish, ma’naviy merosimizdan foydalanish yo’llariga oid bilimlar yanada takomillashdi.

  • Darsdan tashqari tarbiyaviy jarayonda o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvlar samaradorligi aniqlandi va bu o`quvchlarni ma’naviy merosimiz orqali komil insonni tarbiyalashga xizmat qiliuvchi omillardan biri ekanligi isbotlandi .

Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvlar jarayonida bolalar ma’naviyatini yanada rivojlantirishda ma`naviy merosidan foydalanish yo’llarini ta’lim-tarbiya jarayonida keng targ’ib qilish ma’suliyatli ishlarni amalga oshirish davr talabidir.

Modomiki, aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat-ma’rifatli insonning ikki qanotini tashkil etar ekan, biz pedagoglar bu sohada o’z fidoiyligimizni amalda isbot qilishga intilmog’imiz shart.



ADABIYOTLAR RO`YXATI

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2003. – 38 b.

  2. Karimov I.A. Adolatli jamiyat sari. – T.: O’zbekiston, 1998. – 159 b.

  3. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi /Tuzuvchilar: Sh.Qurbonov, R.Axlidinov, H.Saidov. – T.: Sharq, 1999. – 228 b.

  4. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. – T.: O’zbekiston, 1994. – 293 b.

  5. I.A. Karimov. YUksak malakali mutaxassislar – taraqkiyot omili. –T.: «O’zbekiston», 1995.

  6. Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo’lida. – T.: O’zbekiston, 1998. – 78 b.

  7. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997. – 328 b.

  8. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O’zbekiston, 1999. – 73 b.

  9. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: O’zbekiston, 1998. – 308 b.

  10. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni // Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. – 53 b.

  11. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” // Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. – 53 b.

  12. BARKAMOL AVLOD YILI» DAVLAT DASTURI Vazirlik Hay’atining 2010 yil 9 fevraldagi majlisi 2/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan. T. – 2010

  13. Abdullayeva Sh., Axatova D., Sobirov B., Sayitov S. Pedagogika. T.: “Fan”, 2004.

  14. Sh.Abdullayeva, X.Ibragimov «Pedagogika nazariyasi va tarixi» fanidan ma’ruzalar matni . T.: “Fan”, 2004.

  15. Abdullayeva Sh. A. Sovestlivost kak eticheskaya kategoriya, vesshaya forma nravstvennogo vospitaniya lichnosti. //Pedagogik mahorat. 2002. №3, S.34-37.

  16. Abduraxmonov Abdulxay. Saodatga eltuvchi bilim.-T.: Movarounnahr, 2004. -708 b.

  17. Asqar Zunnunov. Pedagogika nazariyasi. .-T.: «Aloqachi»,2006.- 163 b.

  18. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika.-T.: «YAngi avlod asri» 2003. 211 b.

  19. Majidov A. Yoshlarda axloqiy fazilatlar qanday tarbiyalanadi? (Muammo, mulohaza, taklif). «Ma’rifat». 2002. 27- noyabr.

  20. Kaykovus. Qobusnoma. T., «O’qituvchi», 1994 y.

  21. Koshifiy Xusayn Voiz. Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati. T., 1994y

  22. Mustaqillik-izohli ilmiy-ommabop lug`at.T., «SHarq», 1998y.

  23. Ma’rupov J, Nurmuxamedov U. Qalbi quyosh murabbiy. T., «O’qituvchi», 1987y.

  24. Mahmudov M. Komil inson shaxsi va ijtimoiy tajriba. // Pedagogik mahorat, 2002 , 4-son, 6-10-b .

  25. Ochilov M, Ochilova N. O’qituvchi odobi.T., «O’zbekiston», 1996y.

  26. Ochilova N. O’qituvchi odobining talab qoidalari. «Xalq ta’limi», 1997y,2-son, 27-32- betlar

  27. Ochilov M., Muallim - qalb me’mori. .-T.: «O’qituvchi», 2001.

  28. Pedagogika. A.Munavvarov taxriri ostida.T., «O’qituvchi», 1996y.

  29. Pedagogik mahorat fanidan ma’ruzalar to`plami . NDPI Pedagogika kafedrasi. Navoiy, 2002 y.

  30. Rajabov S. Mutaxassislikka kirish. T., «O’qituvchi», 1991 y.

  31. Tarbiyaviy ish metodikasi. L.I.Ruvinskiy taxririda. T., «O’qituvchi», 1991y. R.

  32. Toshimov. O’zingizni bilasizmi?T., 1992 y.

  33. Umumiy psixologiya.O`quv qo`llanma. A.V. Petrovskiy taxriri ostida.T., «O’qituvchi», 1994y.

  34. Ergashev, D.Obidov . Milliy ta’lim tarixidan. T., «Davlat va jamiyat kurilishi akademiyasi», 1998 y.

  35. Tursunov I. Nishonaliyev U. Pedagogika kursi –T.: «O’qituvchi», 1997. 188 b

  36. Tafakkur gulshani. (Vatandosh hamda xorijiy allomalarning aforizmlari va hikmatli so’zlari).T.: «G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti», 1989.462 b.

  37. Yunusov T. Yosh o’qituvchilar bilan ishlashni takomillashtirish yullari. T., «O’qituvchi», 1990y.

  38. T.Qudratov. Nutq madaniyati asoslari. T., «O’qituvchi», 1993 y.

  39. Z. Qo`ziyev. Sinf raxbari ishini tashkil etish va rejalashtirish. T., 1997 y.

  40. Psixologiya. O`quv qo`llanma.T., «O’qituvchi», 1994. E.G’oziyev, R.Toshimov. Psixologik testlar.T., «Universitet», 1994 y.

  41. A.G’ulomov, B.Qobilova. Nutq o`stirish mashg`ulotlari.T., «O’qituvchi»,1995 y.

  42. Buyuk siymolar, allomalar. (O’rta Osiyolik mashhur mutafakkir va donishmandlar) 1-3 kitob. –T.: «O’zbekiston», 1996, 1997.

  43. Vatan saodati. –T.: «SHarq», 1998.

  44. Sayidahmedov N. Ta’limda harakatlant iruvchi kuch. // «Ma’rifat», 1998 yil, 16 yanvar.



Xayrullayeva Dilfuza G’ulomovnaning “Boshlang’ich sinf o’quvchilariniyakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv”

mavzusida bakalavr daradjasini olish uchun yozgan bitiruv malakaviy ishiga


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish