O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi.
Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti fakulteti
Pedagogika kafedrasi
DJUMANAZAROVA MAVLUDA ABDUNAZAROVA
“Pedagogika fanlarini o`qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yo`llari”
mavzusidagi bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi H.B.Aliqulova
Rasmiy hakam: p.f.n. S.Saitov
Navoiy-2012
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………..
|
|
1-BOB. O’ZBEKISTONDA TARBIYA SOHASIDAGI ISLOHATLAR VA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ZARURIYATI
|
|
1.1. Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida «Barkamol avlod» tarbiyasi to’g’risidagi pedagogik qarashlari
|
|
1.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda va yangicha yondoshuvida MURABBIY FAOLIYATI
|
|
2-BOB. MURABBIYNING TARBIYAVIY ISHINI TASHKIL QILISHGA ASOSIY YONDASHUVLAR
|
|
2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda murabbiy ishini tashkil etish texnologiyasi
|
|
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda va yangicha yondoshuvida hamkorlik faoliyatining shakl va usullari
|
|
Umumiy xulosalar va tavsiyalar
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
|
Buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, tafakkurga ega bo’lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog’liq...
I.A.Karimov
Kirish
MAVZUNING DOLZARBLIGI: Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Dunyoga yangi ko’z bilan qaraydigan, uddaburon, ishning ko’zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash, respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifadir. Ta’lim-tarbiya jarayonida buyuk allomalarimizning bizga qoldirgan ma’naviy merosidan foydalanib yoshlarni komil inson etib yetkazish pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri. Ma’naviyat shunday kuchki, insonni ulug’ Bunyodkorlikka, Vatanparvarlikka, Ezgulikka yetaklaydi. U insonni ezgu maqsadlar qo’yishga va uni amalga oshirish yo’lida fidoyilarcha o’zini bag’ishlashga undaydi. Ma’naviyat insonning g’oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy pozitsiyasini belgilab beradi. YUksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish davr talabidir.
Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil inson etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasini asosiy maqsadi vazifasi bo’lishi lozim,deb ta’kidlaydilar yurtboshimiz. .
Ma’lumki, istiqlol yillarida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish va rivojlantirish masalasi davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilanib, Prezidentimiz Islom Karimovning doimiy e’tibor markazida bo’lib kelmoqda. YUrtimizdagi barcha islohotlar qatori bu sohadagi tarixiy o’zgarishlar ham davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va rahnamoligi ostida amalga oshirilmoqda. Xususan, ushbu sohada tub burilish yasagan, ta’limning ma’no-mazmunini butunlay o’zgartirib yuborgan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi kabi mustaqil taraqqiyotimizda tom ma’noda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan muhim hujjatlar YUrtboshimizning yosh avlod haqidagi g’amxo’rlik va e’tiborining amaliy ifodasi sifatida vujudga kelganini barchamiz yaxshi bilamiz. Aynan ana shu qonun hujjatlari asosida diyorimizda ta’limning bugungi talablarga to’liq javob beradigan zamonaviy modeli shakllandi va uning samarali faoliyati nafaqat o’zimizda, balki dunyo miqyosida ham tan olinmoqda.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, ta’lim-tarbiya sohasidagi eng ilg’or milliy va umumbashariy bilim hamda tajribalar, an’ana va qadriyatlarni o’zida mujassam etgan ushbu modelda ta’limni ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoni bilan uzviy bog’liq holda olib borish masalasiga alohida e’tibor beriladi. Bunday konseptual qarash Prezidentimizning ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, yosh avlod kelajagi, bir so’z bilan aytganda, xalqimiz va Vatanimiz istiqboliga daxldor bo’lgan barcha chiqishlarida, kitob va risolalarida o’z aksini topib kelmoqda. Prezidentimiz I.Karimov o’zining “Yuksak Ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida ma’naviyatning inson kamolotidagi o’rni, jamiyat rivojidagi bemisl ahamiyatini juda chuqur mushohada va hayotiy tajribadan kelib chiqib tahlil qilib berdi. Muallif ma’naviyatga insonni ruhan poklanish va qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, uning vijdonini uyg’otuvchi beqiyos kuch” deb ta’rif berar ekan, ma’naviy tarbiya masalasini hayot-mamot masalasi deb biladi.
YUrtboshimiz yozadilar: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zbo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin” (4-bet). I.Karimov ma’naviyatga qaratilgan har qanday tahdid o’z-o’zidan mamlakat, uning milliy manfaatlarini, sog’lom avlod kelajagini ta’minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishini alohida qayd etadi. CHunki, deydi muallif – dunyodagi zo’ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlkatni o’ziga tobe qilib, bo’ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo’lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo’lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi (11-b).Agarki, - deydi prizidentimiz – biz bunday xatarlarga qarshi o’z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga tez shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o’z girdobiga tortib ketishi, oqibatda ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini o’ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas.
Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlarni boshlang’ich sinfligidan boshlab rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijtimoiy sohadagi islohatlar, axloqiy-ma’naviy tarbiyalashning yakka tartibda yangicha yondoshish kabi masalalarni ko’rib chiqib o’rganib chiqishimiz shart.
Nazarimizda bugungi kunda dolzarb bo’lgan quyidagi tarbiya yo’nalishlari ustida to’xtab o’tish o’rinlidir:
-
Ma’naviy-axloqiy tarbiya.
-
Siyosiy yetuklik va g’oyaviy sobitlikni shakllantirish.
-
Diniy bag’rikenglikni shakllantirish.
-
YUksak estetik did va madaniyatni shakllantirish.
-
Ekologik madaniyatni shakllantirish.
-
Sog’lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni shakllantirish.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshush orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviyati hamda madaniyatini oshirish asosiy bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarning barchasi mazkur tadqiqot ishining dolzarbligini yana bir karra isbot etadi.
O’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilish muammolariga bag’ishlab ilmiy izlanish olib borgan olimlardan: A.Saidov, B.Karimov, I.Ergashev, A.Begmatovlarning qarashlari qimmatli ahamiyatga egadir. Biroq shu paytgacha boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv kabi ishlari masalasi bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda yetarlicha o’z yechimini to’lig’cha topganicha yo’q.
Muammoning o’rganilganlik darajasi Pedagogik, psixologik, sotsiologik tadqiqotlarda shaxsning ijtimoiy faolligi orqali «huquqiy tarbiyani va madaniyat»ini shakllantirish va rivojlantirish muammolariga bag’ishlangan izlanishlar mavjud bo’lib, bunday tadqiqotlar sirasiga R.Mavlonova, O.To’rayeva,O. Karimova, O.Hasanboyeva, X. I. Ibragimov, Sh.Abdullayeva, O.Musurmonova, U.Mahkamov, M. Maxmudov, B.Adizov kabi olimlarning ishlarida ta’limni ijodiy tashkil etish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv tarbiya berishda sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari muammoli ta’lim nuqtai nazaridan tadqiq qilingan.
Tadqiqot maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv yo’llari, vositalarini aniqlash, o’quv jarayonini tashkil etish hamda mazmunini boyitishdan iborat deb belgilanadi.
Tadqiqot ob’ekti: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv yo’llari .
Do'stlaringiz bilan baham: |