YAKUNIY XULOSA
Mamlakatimiz yanada ravnaq topishi uchun yetuk va barkamol kadrlarni yetishtirib berish, ularda Vataniga, xalqiga, Prezidentiga sadoqat, yuksak ma’naviy, madaniy hamda insoniylik fazilatlarini kamol toptirish, mamalakat qudratini oshirish, fuqarolar osoyishtaligini kafolatlashga xizmat qiladi. Bunday tarbiyani berishda vatanparvarlik g’oyasi muhim o’rin tutadi.
Zamonaviy yoshlar buyuk ma’naviyat va sharqona komillik an’analarining vorislaridir. Ularni mustaqillik g’oyalari asosida sog’lom turmush tarzini shakllantirish va rivojlantirish komil inson konsepsiyasida katta ahamiyatga ega.
Bo’lg’usi pedagogning kasbiy-insoniylik tayyorgarligini amalga oshirishning pedagogik yo’llari turli-tuman bo’lib, ayniqsa, bu borada o’zbek xalq ma’naviyatini jahon madaniyatining yuqori cho’qqilariga ko’targan, o’tkir did, yuksak insoniylik va salohiyat sohiblari bo’lgan Imom al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yassaviy, Xoja Baxovuddin Naqshband, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Amir Temur va boshqalarning qomusiy ta’limotga oid boy ma’naviy merosini o’rganmay turib, hozirgi davrda milliy qadriyatlarni, xususan, yoshlarning ma’naviy murabbiylari bo’lgan – pedagoglarni tayyorlash mumkin emas. Chunki, bir tomondan, ular o’zligini, xalqning o’tmish merosini va tarixini bilmas ekanlar, huquqiy ma’naviyatlari kemtik, rivojlari sust bo’ladi. Ikkinchi tomondan, ulug’ mutafakkirlarimizning madaniyat va ma’naviyatimizni belgilab beruvchi, qadriyatlarimizga asos bo’la oluvchi boy merosining har biri, insonning chinakkam inson bo’lib, mehr-muhabbatlik, g’amxo’rlik, adolatlik, xurmatlilik, sahovatlik, ezgulik, beg’arazlik, ishonchlilik va talabchanlik kabi yuksak insoniy sifatlar sohibi bo’lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada Xayrullayeva Dilfuza G’ulomovnaning “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishi boshlang`ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvlar belgilab berishi bugungi kundagi ahamiyati va mazmuni o’ziga xos xsusiyatlari bilan alohida axamiyatga ega.
Bitiruvchi Xayrullayeva Dilfuza G’ulomovna bitiruv malakaviy ish rejasini to’g’ri rejalashtirib olgan u ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna bitiruv malakaviy ishini birinchi bobida “Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanishning ilmiy asoslari” deb nomlanib unda Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida «Barkamol avlod» tarbiyasi to’g’risidagi pedagogik qarashlari, pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanishning bugungi kunda jamiyat taraqqiyotidagi o’rni yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish pedagogik muammolar, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishning mazmuni va mohiyati belgilab berilgan.
Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna yozgan bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida “Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yollari” deb nomlanib unda pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanishda pedagogik texnologiyalarni qo’llash yo’llari, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy madaniyatini va huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirishda uzluksizlik va tizimlilik, yo’llarini aniq belgilab, bitiruv ishida bayon qilgan.
Darsdan tashqari fanga oid tarbiyaviy ishlarni tashkil tashkil etishda boy milliy qadriyatlarimiz va milliy istiqlol g’oyasini yoshlar ongiga singdirish bu borada avlod-ajdodlarimiz yaratgan, milliy ma’naviy meroslarimizdan keng foydalanish yo’llarni belgilab, nazariy asoslab bergan.
Bitiruv malakaviy ishini yozishda Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna o’z tatqiqot ishida , kollejlarda tarbiyaviy tadbirlar, suhbatlarni tashkil etish, bu borada guruh rahbarining o’rni, pedagogik mahorati, maktab jamoasi va o’qituvchilar jamoasi bilan olib boradigan ishlarini tahlil o’rgangan va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish va uni ta’sirchanligini oshirish uchun ayrim tarbiyaviy tadbirlarni ishlanmalarini o’quvchilarga o’tib natijalari tahlil etilgan.
Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna xulosa qismida esa mavzuni nima maqsadda o’rganilishi va uni hayotga tadbiq etish borasida to’xtalib o’tgan malakaviy bitruv ishining mavzusi yaxshi yoritilgan.
Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna “Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yo’llari”mavzusida bakalavr akademik daradjasini olish uchun yozgan bitiruv malakaviy ishi O’zbekiston Respublikasi OAK tomonidan «Bitiruv malakaviy ishlarni bajarish tugrisida»gi Nizomida quyilgan talablarga javob beradi, uning muallifi esa bakalavr darajasini olishga loyiq.
Ilmiy rahbar: katta o`qituvchi H.B.Aliqulova
Djumanazarova Mavluda Abdunazarovnaning “Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yo’llari” mavzusida bakalavr daradjasini olish uchun yozgan bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Ta’lim-tarbiya jarayonida buyuk allomalarimizning bizga qoldirgan ma’naviy merosidan foydalanib yoshlarni komil inson etib yetkazish pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri. Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida, O’zbekiston zaminida yetishib chiqqan bir guruh qomusiy olimlarning bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari haqida, xususan, Muhammad Muso Xorazmiy faoliyatining umuminsoniy taraqqiyot rivojiga ulkan ta’siri, Ahmad Farg’oniyning «Astronomiya asoslari haqida kitob»ining ilmiy ahamiyati, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy jasorati, Ibn Sinoning buyuk asarlari, Mahmud Zamahshariyning olamshumul shuhrat to’g’risida hayajon bilan so’zlaydi.Bu kabi misollar orqali muallif xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab beradi. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o’rganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamizning insoniy burchimiz ekanini uqtiradi.
Bu borada Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna “Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yo’llari” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy bo’lajak o’qituvchilarni pedagogika fanlarni o’qitish orqali qomusiy olimlarimizning ilmiy merosidan foydalanish yo’llariga talabalarni kasbiy mahoratini oshirish va ma’naviy, huquqiy madaniyatiga qaratilgan bo`lib ularni vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda va tarbiyaning tarkibiy qismlari: axloqiy tarbiyani yoshlar ongiga singdirishda milliy qadriyatlarimiz yo’llari orqali tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va o’tkazish uning bugungi kundagi ahamiyati va mazmuni o’ziga xos xususiyatlari bilan alohida ahamiyatga ega.
Bitiruvchi Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna bitiruv malakaviy ish rejasini to’g’ri rejalashtirib olgan u ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Bitiruv malakaviy ishini yozishda Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna o’z tatqiqot ishida, pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yo’llari va bu borada fan o’qituvchisining o’rni, pedagogik mahoratini va yo’llarni o’rgangan hamda olimlarnimizni ishlarini tahlil etib o’rgangan. Dars jarayonida foydalanish va uni ta’sirchanligini oshirish yo’llari natijalari tahlil etilgan.
Men Djumanazarova Mavluda Abdunazarovnaning bakalavr akademik daradjasini olish uchun yozgan bitiruv malakaviy ishi O’zbekiston Respublikasi OAK tomonidan «Bitiruv malakaviy ishlarni bajarish tugrisida»gi Nizomida quyilgan talablarga javob beradi, uning muallifi esa bakalavr darajasini olishga loyiq.
Rasmiy hakam: p.f.n. D.Murodova
Do'stlaringiz bilan baham: |