Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/339
Sana01.01.2022
Hajmi2,9 Mb.
#287529
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   339
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

Komponent tahlil metodi 
Umum  tilshunoslikda  (masalan,  turkiy-o`zbek  tilshunosligida)  lisoniy  birliklarni  tadqiq 
qilishda  faol  qo`llanayotgan  metodlardan  biri  komponent  tahlil  metodidir.  Komponent  tahlil 
metodi  til  birliklarini  paradigmatik  birlik  sifatida,  paradigmatik  munosabatda,  aloqada  oladi, 
paradigmatik qatorda o`rganadi. 
Ushbu metodning o`ziga xos xususiyati shundaki, u, asosan, so`zga-so`z ma‘nosiga nisbatan 
qo`llaniladi,  so`z  ma‘nosini  mukammal  tahlil  qilishda,  uni  tarkibiy  qismlarga-komponentlarga 
ajratishda keng foydalaniladi. Demak, komponent tahlil metodi so`zning mazmun jihati bo`lgan 
ma‘noni  (sememani)  muayyan  semantik  sistema  sifatida  tekshirishda,  ayni  sisemani  tashkil 
qiluvchi  tarkibiy  qismlarini,  ma‘noviy  bo`laklarni,  ya‘ni  semalarni  anikdashda,  ularning 
semantik  sistemadagi  -  sememadagi  mohiyatiga,  o`rniga,  ahamiyatiga,  imkoniyatiga,  o`ziga 
xosliklariga alohida e‘tibor beradi, ularni aniqlaydi, qo`llanish doirasini belgilaydi. 
Demak,  so`z  ma‘nosini  komponent  tahlil  metodi  orqali  o`rganishda  so`z  ma‘nosi-semema 
mantiqan va zaruran muayyan bo`laklarga, komponentlarga ajralib ketadi. Anig‘i, so`z ma‘nosini 
shu  ma‘noni  -  sememani  tashkil  qilgan  ma‘noviy  bo`laklarga  ajratish  jarayoni,  ajratilgan 
bo`laklarning har birini alohida o`rganish, ularning so`z ma‘nosi tarkibidagi «quvvatini», nutqda 


 
183 
qanday  vazifani  bajarishi  kabilarni  o`rganish  jarayoni  komponent  tahlil  metodi  asosida  amalga 
oshadi. 
Eslatamiz, nazariy tilshunoslikda so`z ma‘nosini tashkil qiluvchilarga nisbatan sema termini 
faol  qo`llaniladi.  Demak,  komponent  tahlil  metodining  faollik  ko`rsatadigan  asosiy  «quroli» 
sifatida  sema  termini  xizmat  qiladi.  Sema  sememaning  tarkibiy  qismi,  butunning  bo`lagidir. 
Sema va semema (yoki  semalar va sememalar) o`zaro dialektik bog‘liq bo`lib, butun va bo`lak 
kategoriyasi nuqtai nazaridan baholanadi. 
Masalan, "qiz" leksemasining ikki sememasidan biri quyidagi tarkibiy qismlarga - semalarga 
ajratilishi mumkin: 
"SHaxs/inson" + "ayollik" + "yosh" + "er ko`rmagan". 
Ushbu  leksemasining  ikkinchi  sememasi  esa  semalarga  avvalgisidan  farqli  -  boshqacha 
ajraladi. Qiyoslang: 
"inson" + ayol + qon-qarindosh - +bevosita + " 1 avlod+kichik" 
Leksik  paradigmada semaning ikki asosi  -  differensial  va integral  turlari ajratiladi.  Integral 
semalar  asosida  so`zlar  ma‘lum  bir  paradigmaga  birlashtiriladi.  CHunonchi,  o`g‘il-qiz  so`zlari 
"inson+yosh"  semalari  asosida  bir  qatorga  birlashadi  va  bu  semalar  bu  holda  integral  sema 
mavqeida  bo`ladi.  Ayni  paradigma  uchun  "ayollik"  -  "erkaklik"  semalari  differensialdir.  Lekin 
xotin-qiz  qatorida  (sirasida)  esa  integral  semalardan  biri  sifatida  "ayollik",  differensial  sema 
sifatida esa "erli-ersizlik" semalari namoyon bo`ladi, yuzaga chiqadi. 
Sememani tahlil qilish, semalarni o`rganish, demak, semalar mohiyatini o`rganish, sememani 
o`rganishdir, sememaning semalar tarkibini belgilash, aniklashdir. 
SHunday  qilib,  so`z  leksik  ma‘nosi  semema  uni  tashkil  qiluvchi  komponentlardan  - 
semalardan  tarkib  topadi.  Ma‘lum  bo`ldiki,  so`zning  semantik  tuzilishi  (strukturasi)  bevosita 
ma‘no  (semema)  bilan  bog‘lanadi.  CHunki  semantik  komponentga  ega  bo`lmagan  ma‘no-
semema yo`q va bo`lishi ham mumkin emas. 
So`zning  ma‘nosi,  ma‘no  tarkibi  muayyan  ma‘noviy  bo`laklardan,  tarkibiy  qismlardan 
(semalardan) tashkil topadi. Bu tarkibiy qismlar so`z ma‘nosini shakllantirib, har bir ma‘noning 
alohida til «birligi» sifatida mavjudlikni ta‘minlaydi. So`z ma‘nosining tarkibiy qismlari nutkda 
muayyan  xabar  (darak)  tashiydi.  Demak,  so`z  ma‘nosining  kichik  tarkibiy  qismlari  o`zaro 
barqaror  butunlik  (sistema)  munosabatida  bo`lib,  ma‘noning  nutqiy  «ifodasi»  sifatida  xizmat 
qiladi. 
Xullas,  so`z  ma‘nosini  tarkibiy  qismlarga  ajratib  o`rganish  usuli-komponent  tahlil  metodi 
so`z  ma‘nosini-uning  tarkibini,  tuzilishini  aniqlashda  eng  asosiy  va  eng  qulay,  ob‘ektiv  usul 
hisoblanadi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish