Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/339
Sana01.01.2022
Hajmi2,9 Mb.
#287529
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   339
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

Qiyoslang: Men istiqlol tufayli gullab yashnayotgan Vatanning farzandiman.  
Ko`rinib  turibdiki,  nutq  faoliyati  muayyan  "yotiq  chiziqqa"  joylashib,  muayyan  tartibda, 
mantqiy  ketma-ketlikda  kelgan  birliklar  orasidagi  munosabatlar  sintagmatik  munosabatni  hosil 
qiladi.  Sintagmatik  munosabatlar  doimo  yaqqol  ta‘sir  qilishi  insonda  lisoniy  sezgi  uyg‘otishi 
bilan ham o`ziga xosdir. 
Sintagmatik munosabatlar nutq faoliyatidagi birliklar aloqasi, munosabati 
sifatida, 
paradigmatik  munosabat  birliklaridan  farqli,  bir  gurux  birliklari  orasida  ham,  shuningdek,  turli 
guruh birliklari orasida ham mavjud bo`lishi mumkin.  
Qiyoslang: Bugun ustoz va shogirdlar kuni.  
Ushbu  birliklardan  (so`zlardan)  har  biriga  tegishli  bo`lgan  guruhning  paradigmatikaning 
vakili  hisoblanadi.  Demak,  sintagmatikadagi  munosabatlar  muayyan  birliklar  (so`zlar) 
munosabati  sifatida  emas,  balki  guruhlar-sinflar  (paradigmalar  sistemasi)  munosabati  sifatida 
iamoyon bo`ladi. 
Demak,  nutq  birliklari  nutqiy  hosilalar  sintagmatik  munosabatlarning  namoyon  bo`lishidir. 
SHunnngdek, nutq birliklari muayyan sinflar
guruhlar 
 
paradigmalar) 
orasidagi 
munosabatlarning voqelashishidir. 
SHunday  qilib,  sintagmatik  munosabat  til  birliklarining  nutqdagi  -  fikr  almashish 
Jarayonidagi  o`zaro  mantiqiy,  zaruriy  munosabatidir,  fikr  ifodalash  uchun  xizmat  qilishidir. 
SHunga ko`ra ushbu munosabat nutq hodisasi sifatida belgilanadi, nutq bilan o`lchanadi. 
Sintagmatik  munosabat  lisoniy birliklar, masalan, so`zlarning biri ikkinchisi bilan sintaktik 
munosabatga kirishib, so`z birikmasini yoki gapni hosil qilishidir.  
Qiyoslang:  milliy  iftixor,  Vatan  mustaqilligi,  ma’naviyat  allomalari,  O`zbekiston  mustaqil 
diyor, yoshlarni sportga jalb qilish zarur.  


 
171 
Bunda  lisoniy  birliklar  muayyan  tartibda,  ketma-ketlikda  kelib,  gorizontal  chiziqqa 
joylashishi bilan ajralib turadi. 
Eslatamiz,  sintagmatikada  sintagmatik  munosabatda  ishtirok  etuvchi  har  bir  lisoniy  birlik 
o`zining  muayyan  o`rniga  (pozitsiyasiga)  ega  bo`ladi.  SHunga  ko`ra  u  tavsiflanishi  bilan  ham 
ajralib turadi. Muayyan pozitsiyadagi birlik ayni vaqtda muayyan nutqda vazifaga - egaligi bilan 
ham  muhimdir.  Nutq  jarayonidagi  lisoniy  birlikning  o`rni  (pozitsiyasi)  ayni  vaqtda  uning 
nutqdagi nisbiy joylashishidir.  
Qiyoslang:  14-yanvar  Vatan  himoyachilari  kuni.  Vatan  mustaqilligini  mustahkamlash  har 
birimizning vijdoniy burchimizdir.  
YUqorida aytilganlardan kelib chiqib, qat‘iy xulosa shuki, sintagmatik munosabatlar tilning 
bosh vazifasini-kommunikativ vazifasini ta‘minlaydi. 
Sintagmatik munosabatlarning reallashishiga ko`ra til birliklaridan axborot tashuvchi gaplar 
- nutq birliklari, nutqiy "asarlar", hosilalar shakllanadi, hosil bo`ladi. 
Demak,  sintagmatik    munosabatlar  shunday  munosabatlarki,  ularga  ko`ra  til  aloqa  vositasi 
sifatida  xizmat  qiladi,  ya‘ni  tilning  kommunikativ  vazifasi  sintagmatik  munosabatda  namoyon 
bo`ladi va shu munosabatga tayanadi. 
Xullas,  paradigmatik  va  sintagmatik  munosabatlar  o`zaro  dialektik  bog‘liqlikda,  bir  butun, 
yaxlit  holda  sistemalar  umumiyligi,  jami  sifatida  tilning  aloqa  quroli  bo`lib  xizmat  qilishini, 
ijtimoiy-amaliy faoliyatini ta‘minlaydi. 
1. Til sistemasi lisoniy birliklar va qoidalar xazinasi bulib, ular paradigmatik va sintagmagik 
aspektlarda o`rganiladi. 
2.  Paradigmatika  paradigmalar  sistemasidir.  Paradigmalar  sistemasi  til  birliklarining 
umumiy va xususiy ma‘nolariga ko`ra tashkil topadi. 
3. Paradigmalar sistemasi birliklarining o`zaro ichki munosabati paradigmatik munosabatdir. 
4. Paradigmatika - paradigmatik munosabat til bilan - til imkoniyati bilan bog‘lanadi. Ushbu 
munosabat til birliklarining nutqqacha-nutq faoliyatigacha bo`lgan munosabati til faktidir. 
5.  Sintagmatika  til  sistemasi  birliklarining  nutqda  muayyan  tartibda  ketma-ketlikda 
joylashishi, kelish jarayoni bilan bog‘lanadi. 
6.  Nutq  faoliyatida  o`zaro  mantiqiy  aloqaga  kirishgan  birliklar  orasidagi  munosabat 
sintagmatik  munosabatdir.  Nutq  birliklari  -  nutqiy  hosilalar  sintagmatik  munosabatning 
voqelashishidir. 
7.  Sintagmatik  munosabat  tilning  kommunikativ  vazifasini  namoyon  qiladi.  Sintagmatik 
munosabatga ko`ra til aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi. 
8. Sintagmatik munosabat nutq bilan, nutq faoliyati bilan bog‘lanadi, nutq fakti hisoblanadi. 
9.  Sintagmatikada  -  sintagmatik  munosabatda  ishtirok  etayotgan  birliklarning  har  biri 
o`zining muayyan o`rniga (pozitsiyasiga) ega. 
10.  Paradigmatik  va  sintagmatik  munosabatlar,  til  va  nutq  kabi,  o`zaro  dialektik  bog‘liq 
bo`lib,  tilning  jamiyatda  aloqa  quroli  sifatida  xizmat  qilishini,  ijtimoiy-amaliy  faolligini 
ta‘minlaydi. 
 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish