Navoiy davlat pedagogika instituti «Tasdiqlayman»


Bibixonimning talabalarga g’amxo’rligi haqida bilasizmi?



Download 17,43 Mb.
bet33/121
Sana28.04.2022
Hajmi17,43 Mb.
#587135
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   121
Bog'liq
manaviatshunoslik 2021 1 kurslar majmua

Bibixonimning talabalarga g’amxo’rligi haqida bilasizmi?
Qo’shinning zari tugadi” deb yozilgan maktub haqida ma`lumot bering.
Isfahon yurishidagi maktub haqida ma`lumot bering.
Sultoniya shahrining atroflariga qo’shinini joylashtirganidagi vaziyat.
Hind tarixchisi L. P. Sharma “Boburiylarning Hindistonga kirib kelishi bilan ularga qadar yo’qolib borayotgan tasviriy san’at qayta tiklandi.”. Javoharlal Neru Bobur dilbar shaxs o’yg’onish davrining buyuk namoyandasi. I. Karimov “Boburning adabiy merosi beqiyosdir u hind tarixida yangi bir davlat qurishi hind ma’naviyatining rivojiga hissa qo’shishga sabab bo’ldi”
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tush ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan xunarmandchilik savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va Temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi kutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur, o‘zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli xukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga ozodlik bag‘ishladi; Oltin O‘rda xoni To‘xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mug‘ullar xukmronligidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirdi.
XV asrdan boshlab G‘arbiy yevropalik olimlar va siyosiy-diniy arboblarning Sharqqa bag‘ishlangan kitoblarida Amir Temur tarixi oldingi o‘ringa chiqadi. Masalan, Italiyada katta tarixiy va she’riy asarni meros qilib qoldirgan papa Piy I (papalik yillari 1458-1464) Amir Temurga butun bir bobni bag‘ishlagan, bir necha sahifada Skifiya, Sug‘diyona va Baqtriyani tavsiflagan. Paolo Djiovio (1483-1552), Petro Perondinoning (vafoti 1553) asarlarida ham Amir Temur bosh qahramon sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin Amir Temur haqidagi eng dastlabki tadqiqot Florensiya kansleri va tarixshunosi Pogjio Brachchi oliniga (1380—1459) taalluqli bo‘lib, so‘ng Prato, Piy II (1405 -1464), Kambini, Batista Fregazo (1454-1504) asarlarida davom ettirilgandi. Fransuz tilida Amir Temur haqida ma’lumotlar Teodoro Spandujinonning “Buyuk turk shajarasi” asarida yuzaga keladi. Bu asar 1519 yilda Parijda chop etilgan. Shveysariyalik islohotchi Pero Vire Amir Temur obrazini 1561 yilda nashr qilingan asarlaridan birida kiritgan. Sohibqiron obrazini, shuningdek, Orteliyning asarida va Uyg‘onish davrining boshqa asarlarida ham uchratish mumkin. Binobarin, Amir Temur XV-XVI asrlarda Yevropada siyosiy doiralarda (katolik cherkovi va o‘sha davrdagi eng qudratli mustabidlar orasida) mashhur bo‘lgan, u haqsa Piy II, 1513 yilda papa Lev X va papa Klement VII saroyiga kelgan Djo- vio, 1575 yilda ispan qiroli Filipp II ning xaritakashi bo‘lgan geograf Orteliy, Karlning muarrixi Pedro Meksiyalar yozishgan. Bu asarlarda Amir Temur ayni vaqtda voqealar va davrlardan tashqari turuvchi ham mifik, ham real shaxs sifatida talqin qilingan. Furno Amir Temur mavzui G‘arbiy Yevropada Klavixo va Jenkinsonlarning safarnomalari e’lon qilinmasidan, shuningdek Ibn Arabshoh, Sharafuddin Ali Yazdiy singari tarixchilarning asarlari tarjima qilinmasidan oldin tarixiy va adabiy mavzu sifatida mavjud bo‘lgan, degan xulosaga keladi. Bu davrni u 1500 -1580 yillar deb belgilaydi. 1987 yil Parijda “Temuriylar davri tarixi va san’atini o’rganish, fransuz-o’zbek madaniy hamkorligi” uyushmasi tuzildi. Lyuseran Keren 1961 yil O’zbekistonga safari va 1978 yil “Temur yoxud sohibqiron saltanati” nomli asarini e’lon qilgan. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng esa Amir Temur nomi yana bir bor qaytadan xolisiylik nuqtayi nazaridan o’rganila boshlandi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 30 iyunda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV quriltoyida yoshlarga ta`lim tarbiya beradigan maktablarga “Temurbeklar maktabi” deb nom berishi va bu maktablarni viloyatlarda tashkil etilishi mamlakatimiz o`g`il-qizlarini yoshlikdan vatanparvar yurt fidoyisi qilib yetuk kadrlarni tarbiyalab chiqarmoqda. Umuman olganda Amir Temurning tuzuklari haqida ko`plab ijobiy fikrlarni aytish mumkin.
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o‘qisak o‘rgansak uning ko‘p yaxshi hislatlari: to‘g‘rilik muruvvatlilik el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik mehr-muruvvat, qo‘shniichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va kahramonlik haqidagi o‘gitlardir.
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa’yi-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xanoqoxlar, saroylar, bozorlar, qal’alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog‘i yo‘q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go‘ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me’moriy mo‘jizalari, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy-bog‘lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi.Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning «qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ekdirim» degan so‘zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig‘idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avnalo, o‘z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.
Sohibqironing Temur tuzuklaridan quyidagi satrlarni mamnuniyat bilan o‘qish mumkin:
«Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin».
«Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar etkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga. boshqasiga jabr-zulm o‘tkazmadim».
«Kimki birovning molini zo‘rlik bilan tortib olgan bo‘lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda-kim tish sindirsa, ko‘zini ko‘r qolsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdos qozisiga olib borib topshirsinlar».
Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli hislatlari namoyon bo‘lgan. Buni u boshqalardan ham talab qilgan. Kechirimli bo‘lish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaladi:
Amir Temur shaxsining ulug’ligi uning Chingizxondan keyin hududining kattaligi jihatidan dunyoda ikkinchi buyuk saltanatga asos solganligida emas, yoki o’zining Sohibqironlik faoliyati davomida 30 marta yurishlar qilib, biror marta bo’lsa-da yengilmaganligida ham emas uning mardligi va qahramonligi kabi g’oyatda muhim fazilatlarida ham emas, albatta. Bu fazilat va omillar ham so’zsiz Amir Temur shaxsini ulug’lashda va uni jahonga mashhur qilishda katta o’rin tutgan. Ammo Amir Temurning dunyoda eng ulug’ va buyuk shaxs, davlat arbobi, mashhur sarkarda, fan va madaniyat homiysi sifatida nom qozonishiga sabab bo’lgan fazilatlar «Temur tuzuklari” da o’z ifodasini topgan. Bu fazilatlar:
Biirinchisi va eng asosiysi Islom dini, Qur'oni Karim va uning g’oyasiga cheksiz sadoqatda. «...har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatladim», deydi u. «Yana tajribamda ko’rib bildimki, davlat agar dinu oyin1 asosida qurulmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’hSharqim, uni ko’rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi.
Amir Temurning fikricha, eng xavfli hamda uning uzrini kechirib bo’lmaydigan navkar bu jang maydonida o’z begiga xiyonat qilgan navkardir. «...Bunday kimsani,— deb yozadi u,- xizmatga yo’latmasinlar. Hayotning o’zi bundaylarning qilmishiga yarasha jazosini beradi»2. «Menga yomonlik qilib, boshim o‘zra shamshir ko‘tarib, ishimga ko‘p ziyon etkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo‘l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubxayu qurquv bo‘lsa, unut bulardi».
«Menga xasad qilib, o‘ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik covg‘a-in’omlar berib, muruvvatu ehson ko‘rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko‘rib, xijolat teriga g‘arq bo‘ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do‘stlarim oldimga panoh tilab kelganlarida, ularni o‘zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim».
«Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim...»

Download 17,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish