Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi


O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov 1999



Download 1,25 Mb.
bet98/181
Sana28.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#587607
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   181
Bog'liq
UMK O\'ZBEKISTON ENG YANGI TARIXI 2020

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov 1999-yil 6-aprel kuni «Do‘rmon» qarorgohida Yaponiyaning «Keyzay Doyu-kay» korporativ rahbarlar uyushmasi prezidenti Koichi Minaguchi rahbarligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi.
O’zbekiston Prezidenti Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e’tibor beradi. 1995-yildan buyon Yaponiyaning O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi bir milliard AQSH dollaridan oshib ketdi. O’zaro tovar ayirboshlash hajmi esa 1998-yilda 117 million AQSH dollarini tashkil qildi. Bu 1997-yildagiga nisbatan 27 foiz ko‘p.
O’zbekiston-Yaponiya iqtisodiy hamkorligi ulkan loyihalami ham o‘z ichiga oladi. Masalan, Ko‘kdumaloq va Sho‘rtandagi
neftgaz sanoati inshoo’llarini shular jumlasiga qo‘shish mumkin. Yaponiyaning O’zbekistonga imtiyozli kreditlar berayotgani ham diqqatga sazovor. Ayni paytda Yaponiyaning o‘nlab firma va kom-paniyalari O’zbekistonda ana shunday turdagi kreditlar bo‘yicha ishlamoqda.
Uchrashuvda yaponiyalik mehmonlarga xususiylashtirish, kom-munikatsiya va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish taklifi ilgari surildi. Xususan, mamlakatimizga tashrifi chog‘ida Yaponi-ya delegatsiyasi a’zolariga xususiylashtirilayotgan yirik korxonalar ro‘yxati taqdim qilindi. Prezidentimiz qurilishi boshlab yuborilgan Andijon-o’sh-Qashqar temiryo‘li va shu yo‘nalishdagi avtomobil yo‘li haqida ham so‘zlab, Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash doirasida amalga oshirilayotgan bu loyiha O’zbekistonni Xitoy portlari orqali Yaponiya bilan bog‘lashini ta’kidladi.
O’zbekiston BMT minbaridan turib, birinchi bor ushbu tashki-lotning Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zoligiga Yaponiyani doimiy a’zo sifatida qabul qilish tashabbusini ilgari surgan davlatdir.
Ta'kidlash joizki, O’zbekiston-Yaponiya iqtisodiy munosa-batlarining rivojlanishida «Keyzay Doyukay» muhim o‘rin tutadi. Masalan, mamlakatdagi eng yirik kompaniya va korporatsiyalarning rahbar xodimlaridan tashkil topgan bu uyushma tashabbusi bilan O’zbekiston Yaponiya hukumati imtiyozli kreditlar ajratishni ko‘zda tutadigan davlatlar sirasiga kiritilgan. Uyushmaning o‘ziga xosligi va mamlakatdagi boshqa ishbilarmonlar tashkilotllaridan farqi shuki, uning a’zolari garchi yirik firma va kompaniyalar rah-bari bo’lishiga qaramay, oddiy tahlilchiiqtisodchi sifatida ishlaydi. Ular faqat iqtidoriga qarab qabul qilinadi. Hozirgi kunda Yaponi-ya korporativ rahbarlar uyushmasi tarkibida 1600 ga yaqin a’zo bor. Yana bir jihati shuki, uyushma hech qanday siyosiy masalaga aralashmaydi. Uning a’zolari yirik ishbilarmonlaming siyosiy maydonidagi o‘mini yaxshi anglasada, faqat iqtisodiy tahlil va tadqiqo’llardan kelib chiqqan holda hukumat vakillariga taklif va tavsiyalar berish bilan cheklanadi.
Uchrashuvda Birinchi Prezident I.Karimov mamlakatimizda chet ellik ishbilarmonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit, O’zbe-kistonning iqtisodiy siyosati, xorijdagi moliyaviy muassasalar bilan hamkorligi borasida so‘zladi.
«Keyzay Doyukay» delegatsiyasi rahbari 1997-yilda O’zbe-kistonni ziyorat etganidan so‘ng, bu yerda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilganiga guvoh bo’lganini ta’kidladi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgan bo‘lishiga qaramay, O’zbekiston iqtisodiy yutuqlarga erishayotgani amalga oshirayotgan isloho’llaringizga ishonchimizni yanada oshiradi,-dedi mehmon.
Yaponiya delegatsiyasi tarkibida ushbu mamlakatning sobiq davlat iqtisodiy rejalashtirish vaziri, ayni paytda parlament a'zosi Taro Aso ham bor. Prezidentimiz bilan uchrashuvda u Yaponiya hu-kumatining yangi imtiyozli kreditlari haqida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatimiz viloyatlarida telekommunikatsiya so-hasini zamonaviylashtirish uchun 12,7 milliard, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofazasi uchun 670 million iyen miqdorida kredit ajra-tildi. Ayni paytda O’zbekistonda Yaponiya markazini ochish imkoni-yatlari o‘rganilmoqda.
Muloqot chog‘ida O’zbekiston bilan Yaponiya korporativ rah-barlar uyushmasi o‘rtasidagi munosabatlami rivojlantirishga qaratilgan boshqa ko‘plab masalalar ham muhokama qilindi.
E’tirof etmoq kerakki, so‘nggi besh yil davomida mamlakatimiz xalqaro huquqning eng asosiy tamoyillariga BMT ustaviga sodiqli-gini mustahkamladi.
Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O’zbekiston diplomati-yasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi o‘mi alohida ekanini tan olayotganligi ham bejiz emas.
O’zbekiston tashqi siyosatining ma'naviy yo‘nalishi, inson-parvarlik, oshkoralik, qadr-qimmat o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z taraqqiyot yoTiga ega bo’lishdir. Shu bois ham o‘tgan besh yil davomida mamlakatimiz 120 dan ortiq davlatlar bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘matgan, Toshkentda 35 mamlakat o‘z elchixonasini ochdi, 19 xorijiy davlat elchisi O’zbekistonda o‘rindoshlik yoli bilan ishlab turibdi. Bular shubhasiz, O’zbekiston o‘tgan besh yil ichida jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘mini egallashga muvaffaq bo’lganligidan dalolatdir.
Madaniyat va barqaror rivojlanish BMTning doimiy muvo-fiqlashtimvchisi janob Xolid Malikning 1996-yil Buxoroda bo’lib o‘tgan «Bu)uik Ipak YoTini, Madaniy Sayyohlikni qayta tiklash va O’zbekistonda Qadimgi merosni tiklash» bo‘yicha Xalqaro Konfe-rensiyada so‘zlagan nutqidan ko‘chirma.
«Madaniyat Insoniy taraqqiyot konsepsiyasidagi o‘zak jihatlardan biridir. Insoniy taraqqiyot odamlar uchun yetishish oson bo‘lgan tanlashni, birinchi navbatda daromadlarga daxldor bo‘lgan tanlash-ni, shuningdek, odamlar yashayotgan atrof-muhitni tanlashni, ularning bir qismi bo‘lgan madaniyatga o‘z hissalarini qo‘shish va unda ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish jarayonidan iboratdir. Q‘z navbatida tanlash imkoniyatlarini kengaytirish insoniy qobiliyatlami va odamlarda mavjud bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishni talab etadi.
Agar madaniyat deganda biz turmush tarzini tushunsak va rivoj-lantirish uchun uning BMT dagi insoniy qobiliyatlarini rivojlantirish degan ta'rifini qabul qilsak, ana shu ikki tushuncha o‘rtasidagi mu-him aloqa madaniyat insoniy imkoniyatlarini qanchalik kengaytirishi mumkinligida namoyon bo’lishi mumkin.
Qdamlar va madaniyatlar o‘rtasidagi dialog hamda o‘zaro ham-korlik, hamjihatlik o‘z nomi bilan qadriyat hisoblanadi. U to‘g‘ridan to‘g‘ri insoniy qobiliyatlami yaxshilaydi. Qadriyatlar va g‘oyalami almashish, u mahalliy yoki xalqaro darajada amalga oshirilishiga qaramay, agar u madaniyatlami o‘zaro hurmat qilishga asoslangan bo’lsa, ijtimoiy uyg‘unlik va taraqqiyo’lga olib kelishi mumkin.
Jamiyatda uyg‘un bo’lib yashash uchun tegishli yakka tartibdagi va jamoa ko‘nikmalariga ega bo’lish kerak, ular tarbiyalanishi va rivojlantirilishi kerak.
Odamlaming bir-birlari bilan o‘zaro hamjihatligi, turli nuq-tayi nazarlami hurmat qilishi va hamkorlik qilish masalalari shunday nomoddiy aktivlar hisoblanadiki, ular jamiyatning yaxlitligini saq-lash va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan bog’iovchi vositaning bir qismini tashkil etadi. Odamlaming tabiatga va atrof-muhitga qanday munosabatda bo’lishlarini belgilovchi madaniyat ham ana shunday bog’iovchi vosita hisoblanadi.
Keyingi ikki asrda keng mintaqaviy va xalqaro hamjamiyatlardan ajralib yashayotgan joyda vujudga kelgan Markaziy Osiyoning Yangi davlatlari uchun madaniyat va madaniy o‘z-o‘zini ifodalashi insoniy qobiliyatlarini kuchaytirish uchun qudratli vosita hisoblanadi, bular esa o‘z navbatida jamiyat integratsiyasiga hamda tinch holda o‘z g‘oyasini ifodalashi, bunyodkorlik va barqarorlik rivojla-nish uchun qulay sharoitlar yaratishga ta’sir ko‘rsatadi. Madaniyatini tinch holda ifodalash odamlami birlashtiradi va milliy hamda minta-qaviy hamjamiyatlarda birlashtiruvchi, mazmunli aloqalami vujudga keltiradi.
UNESKOning ustavida ma'noli va to‘g‘ri yozilganidek, jahon odamlaming aqlida mujassamdir. Madaniyat kayfiyatni belgilaydi, agar u to‘g‘ri yo‘naltirilsa, boshqa millatlarga hurmatga va boshqa madaniy erkinliklarga hurmatga o‘z hissasini qo‘shadi. 100 dan ortiq millat istiqomat qiladigan mamlakatda madaniy xilma-xillik mavjud bo‘lib, u o‘zgarishlami amalga oshirish uchun qudratli kuch bo‘lishi mumkin. Bu shunday kuchlarki, ular jamiyatni uzoq muddatga ilg‘or va jo'shqin qilishi mumkin.
* * *
Buyuk Ipak yo‘li Sharq-u G‘arbni bog‘lab turgan, siyosiy-iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega boigan ulkan voqelikdir. Uning tarixiy ahamiyatini hisobga olib birinchi marta Bmssel uchrashuvida Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogiaydigan «Yevropa-Kavkaz-Osiyo» transport yoiagi-TRASEKAni barpo etish masa-lasi ko‘rib chiqildi va shu bo‘yicha Deklaratsiya qabul qilindi. Aytish mumkinki, ayni shu uchrashuv Buyuk Ipak yoiini tiklash borasidagi dastlabki amaliy qadam boidi. Darvoqe, tarixda Mashriqdan Mag‘ribga, Mag‘ribdan Mashriqqa o‘tgan yoilar ko‘p boigan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra turlicha nomlangan. Jumladan, «Lazurit yoii», keyinroq «Shoh yo‘li», «Buyuk Ipak yo‘li». Bugun esa-TRASEKA deb atalmoqda.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish