Yillarda Turkiya, Eron, Afg’oniston



Download 29,02 Kb.
bet1/2
Sana21.01.2022
Hajmi29,02 Kb.
#398258
  1   2
Bog'liq
Seminar № 1. Ma’ruza № 2. 1945-2015 yillarda Turkiya, Eron, Afg’oniston


Seminar №: 1. Ma’ruza №: 2. 1945-2015 yillarda Turkiya, Eron, Afg’oniston

Savollar:

  1. Turkiya Respublikasida Demokratik partiyaning hokimiyatga kelishi

  2. Turkiya — O‘zbekiston munosabatlari

  3. Turkiya Respublikasi tashqi siyosati

  4. Eron Islom Respublikasida 1945 – yil voqe’alari

  5. Eron nefti uchun kurash

  6. Eron Islom Respublikasi Oq inqilob

  7. 1979 yilgi Eron inqilobi

  8. Eron inqilobdan so‘ng

  9. Eron — O'zbekiston munosabatlari

  10. Afg'oniston II Jahon Urushidan keyingi ahvol

  11. Afg‘oniston Respublikasining tashkil etilishi

  12. Afg'onistonda Aprel to'ntarishi va uning oqibatlari

  13. Afg'onistonda Fuqarolar urushining davom etishi

  14. Afg'onistonda Tolibonlarning hokimiyatni egallashi

  15. O’zbekistonning Afg’oniston muammosiga munosabati

  16. Urushdan keyingi yillarda Turkiyaning ahvoli qanday edi?

  17. Demokratik partiya qanday qilib hokimiyat tepasiga keldi?

  18. 1960-yilda nega davlat to'ntarishi o'tkazildi?

  19. 1971-yildagi davlat to'ntarishini kimlar o'tkazdilar?

  20. Turgut O‘zal siyosatini so'zlab bering.

  21. Turkiya tashqi siyosati qanday bo'ldi?

  22. Turkiya — O‘zbekiston aloqalari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  23. Ikkinchi jahon urushidan keyin Eron qanday ahvolga tushdi?

  24. Ingliz-eron neft kompaniyasi nima?

  25. M. Mossodiq siyosatini gapirib bering.

  26. Oq inqilobning mohiyati qanday edi?

  27. Eronda diniy inqilob qanday amalga oshdi?

  28. Oyatullo Xumayniy kim edi?

  29. Eron-lroq urushi qanday oqibatlarga olib keldi?

  30. Eron tashqi siyosati qanday?

  31. Urushdan keyin Afg'onistonning ahvoli qanday edi.

  32. Afg'oniston nima uchun 50-yillarda sovet ta’sir doirasiga tushib qoldi?

  33. 1953—1963-yillarda mamlakatda qanday o'zgarishlar amalga oshirildi?

  34. 1973-yil 17-iyulidagi harbiylar davlat to'ntarishi haqida nimalarni bilib oldingiz?

  35. 1978-yil aprel davlat to'ntarishi qanday oqibatlarga olib keldi?

  36. Sovet qo'shinlarining Afg'onistonga kiritilishi qanday oqibatlarga olib keldi?

  37. Nega xalqaro hamjamiyat Afg'onistonda fuqarolar urushini to'xtatishga erisha olmadi?

  38. Xalqaro terrorizmning dahshatli kuchga aylanganligini tasdiqlovchi misol keltiring.

  39. O‘zbekiston xalqaro terrorizmga qarshi kurashishga qanday hissa qo'shmoqda?

. Ma’ruza: 1945-2015 yillarda Turkiya, Eron, Afg’oniston

Turkiya

Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng Turkiyada chigal vaziyat yuzaga keldi. Xalq Respublikachi Partiya (XRP) bilan 1945-yilda tashkil etilgan Demokratik Partiya (DP) o‘rtasida kurash kuchaydi. DP davlat monopolizmiga qarshi chiqib, «Xususiy tashabbus»ni qo‘lladi. 1946-yilgi saylovlarda XRP terror yo‘li bilan g‘olib chiqdi va darhol repressiyani boshlab yubordi. Bu narsa mamlakatda keskinlikni avj oldirdi. Mamlakatni 1938-yildan AQSHning gumashtasi I. Inenyu boshqarib keldi. 1950-yilning may oyida Turkiya Buyuk millat majlisi (parlamenti)ga bo‘lib o‘tgan saylovda Demokratik partiya g‘alaba qozondi. Partiya rahbari J. Boyar mamlakat Prezidenti, partiyaning yirik arbobi A. Menderes Bosh vazir lavozimini egalladi. Uning dasturi iqtisodiyotda davlat sektorini tugatish va erkin tadbirkorlikni qaror toptirishni ko‘zda tutardi.

1950—1954-yillar davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 65 mln dollar miqdorida yordam oldi. Biroq yangi hukumat qanchalik harakat qilmasin, iqtisodiy rivojlanishda jiddiy o‘zgarish yuz bermadi. 956-yilda Turkiya g‘allani chetdan sotib oldi. 1958-yilda Turkiya o‘zini bankrot deb e’lon qilib, qarzlarini to‘lay olmasligini bildirdi. Boyar-Menderes hukumatidan ko‘pchilik norozi bo‘ldi. 1960-yil may oyida harbiy to‘ntarish bo‘ldi. Hokimiyat to‘ntarish o‘tkazgan yangi tashkilot — Milliy birlik qo‘mitasi (MBQ) qo‘liga o‘tdi. J. Boyar, A. Menderes qamoqqa olindi. A. Menderes 1961-yilda qatl etildi. 1961—1965-yillar Turkiyaning kelgusi taraqqiyot yo‘li xususida keskin siyosiy kurashlar yillari bo‘ldi. Bu davrda 4 marta hukumat almashdi. Va, nihoyat, 1965-yildagi parlament saylovida «Adolat partiyasi» g‘alaba qozondi. Uning rahbari S. Demirel Bosh vazir lavozimini egalladi. Bunday sharoitda harbiylar yana siyosatga aralashdilar. Ular 1971-yilning 12-martida yana davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Unga general K. Evren rahbarlik qildi. Mamlakatda favqulodda holat joriy etildi. 1973-yilda mamlakat prezidenti 16 turdan so‘ng saylanganligi buning isbotidir. 1980-yilda esa hatto president saylashga erishilmadi ham. Oqibatda yana davlat to‘ntarishi o‘tkazildi. Vatan» partiyasini T. O‘zal, «To‘g‘ri yo‘l» partiyasini esa S. Demirel boshqardi. 1983-yilda o‘tkazilgan parlament saylovida «Vatan» partiyasi g‘alaba qozondi va T. O‘zal Bosh vazir lavozimini egalladi. 1989-yilda esa Turkiya Prezidenti lavozimiga saylandi. 2000-yilda mamlakat prezidentligiga A. Sezer saylandi. Tayyip Erdog‘an Bosh vazir lavozimini egalladi. 2007-yil avgustda A. Gul Prezident A. Sezer o‘rnini egalladi.
Eron
Ikkinchi jahon urushi oxirida Eron shoh Muhammad Rizo Pahlaviy (1919—1980) tomonidan boshqarilar, hukumat boshlig‘i Qavam as Sulton edi. 1947-yil uning o‘rniga I. Hakimiy va undan so‘ng Razmari tayinlandi. 1945-yili Eronda yashovchi ozarbayjon va kurd xalqlarining milliy muxtoriyat uchun kurashi boshlandi. Eron Ozarbayjonida faoliyat ko‘rsata boshlagan Ozarbayjon demokratik partiyasi quyidagi talablarni ilgari surdi: yaxlit mamlakat doirasida Eron Ozarbayjoniga madaniy hayot va mahalliy boshqaruv sohasida muxtoriyat berish; ozarbayjon tilini muxtoriyat hududida rasmiy til deb tan olish; o‘z parlamentiga ega bo‘lish.

Ingliz – eron neft kompaniyasi (IENK) Buyuk Britaniya uchun katta ahamiyatga ega edi. Bu kompaniya 1933-yilda tashkil etilgan. Kompaniya daromadining asosiy qismini Buyuk Britaniya olardi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ham u bu kompaniyani saqlab qolishga zo‘r berib urindi. Shu maqsadda Buyuk Britaniya 1949-yilda «Qo‘shimcha shartnoma» deb ataluvchi shartnoma ishlab chiqdi. Unda kompaniya daromadidan Eronga beriladigan ajratma miqdorini qisman oshirish ko‘zda tutilgan edi. Eron xalqi qarshi chiqdi.

1954-yilda Xalqaro neft konsorsiumi bilan shartnoma imzoladi. (Unda AQSH va Buyuk Britaniya neft kompaniyalari yetakchi mavqega ega edi.) Shartnomaga ko‘ra, Eron nefti 25 yil muddat bilan (1979-yilgacha) shu konsorsium ixtiyoriga berildi. Konsorsiumning neft qazib chiqarishi yildan yilga o‘sib bordi. Xususan, 1950-yilda u 32 mln tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 1961-yilga kelganda bu ko‘rsatkich 57 mln tonnani tashkil etdi.

Ayni paytda, Eron ham neft eksportidan katta daromad topa boshladi. 70-yillar o‘rtalariga kelganda bu daromad 20 mlrd dollardan oshdi. Eron 1955-yilda Bag‘dod paktiga (1959-yildan SENTO) a’zo bo‘ldi. «Eyzenxauer doktrinasi»ni qo‘llab-quvvatladi. 1959-yilda AQSH bilan shartnoma tuzib, unga deyarli qaram bo‘lib qoldi. Budjetning 40 foizi harbiy maqsadlarga ketdi.

Oyatullo Xumayniy o‘z hokimiyatini mustahkamlash uchun uning rejimiga qarshi chiqqanlarni qatag‘on qilishni uyushtirdi. Natijada 1982—1984-yillar davomida 70 mingdan ortiq kishi o‘ldirildi. Biroq jahon jamoatchiligi talabi Eron rahbariyatini o‘z ichki siyosatini yumshatishga majbur etdi. 1989-yilda (Xumayniy vafotidan so‘ng) mamlakat prezidentligiga saylangan Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjoniy (1934-yilda tug‘ilgan) iqtisodiy islohot o‘tkaza boshladi. Ayni paytda ijtimoiy hayotni liberallashtirish yo‘lini tutdi.

Eron Islom Respublikasi 1992-yil 10-mayda O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi. O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning 1992-yil noyabr oyidagi Eronga rasmiy safaridan so‘ng mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlik miqyosi yanada kengaydi. 1993-yil yanvar—avgust oylarida, ya’ni faqat 8 oy davomida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida 186,1 ming dollarlik tovar ayirboshlandi. Eronning “Pors grupp”, “Sepand grupp” va boshqa firmalari respublikamizda faoliyat ko‘rsatmoqda. Bir qancha qo‘shma korxonalar tashkil etilgan. 1993-yil aprelida bo‘lib o‘tgan Eron tasviriy san’-at va avgustda o‘tkazilgan savdo-sanoat ko‘rgazmasi ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi.



Download 29,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish