1993-yil 1-yanvariga respublikada umumiy ta'lim maktablarining soni 8963 taga yetdi.
Yangi o'quv dasturlari va darsliklarini ishlab chiqish ta'lim si-fatini oshirishda yagona mezon bo'ldi. Mamlakatda prinsip jihatdan yangi o'rta o'quv yurtlarigimnaziyalar, ya'ni, ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan maktablar tarmog'i tez rivojlandi. Masalan, 1991-yildagi
Bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan hozirgi sharoitda ta'lim jara-yonining turli bosqichlariga mansub bilim maskanlari o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish dolzarb vazifalardan biridir.
Mamlakat hukumatining qarori bilan umumta'lim maktablarini 2005-2009-yillar mobaynida qayta ta'mirlash, zamonaviy o'quv qu-rollari va fan laboratoriya bilan ta'minlash ishlari qizg'in bormoqda.
Aytish mumkinki, dunyo davlatlari orasida O'zbekiston xalq ta'limiga budjet hisobidan mablag' ajratishda birinchi o'ririda turadi. Buni 2007-yil 26-fevralda e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta'limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to'g'risida»gi farmoni ham tasdiqlaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq prinsipial yangi
tipdagi o'rta hunar o'quv muassasalari tarmog'i shakllandi. Zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 533 ta kasb-hunar kolleji va 54 ta akademik litsey barpo etildi. Kollejlar va litseylarni qurish hamda jihozlash bo'yicha mamlakatimiz industriyasi yaratildi.
Yangi ta'lim standartlari va o'quv dasturlari ishlab chiqildi.
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlod-ga uzluksiz ta'lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qam-rab oladigan yagona ta'lim majmui hisoblanadi. Bunda ta'lim ti-zimining har bir bo'g'ini alohida o'rin va mas'uliyatga egadir. Dasturni to'liq amalga oshirish, qo'yilgan vazifalarga erishish ana shu bo'g'inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o'zaro uyg'unligiga bog'liqdir.
Shu bilan birga, tahlillar shuni ko'rsatadiki, butun tizimning eng muhim boshlang'ich bosqichi bo'lgan maktab ta'limining ortda qolayotgani yaxlit uzluksiz ta'lim zanjirida eng zaif bo'lib qolmoqda. Buning asosiy sababi maktablar moddiy bazasining zaifligi bo'lib, ularning 40 foizga yaqini tipovoy bo'lmagan moslashtirilgan binolarda joylashgan, jami 9727 ta maktabdan 684 tasi avariya holatidadir. Ko'pgina maktablar markazlashtirilgan isitish sistema-siga ega emas, ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan. O'quvchilarning 28 foizdan ko' prog'i ikki-uch smenada o'qitiladi. Maktablarning o'quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanish da-raj asi 29 foizni, zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta'minlanishi esa 15 foizga yaqinni tashkil qiladi. Maktablarning faqat yarmigina sport zallariga ega, ularning sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanishi esa 23 foizdan oshmaydi. Ayniqsa, qishloq joylardagi maktablarning moddiy bazasi qoniqarsiz ahvolda.
O'qituvchilar, eng avvalo boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mehnatini rag'batlantirish borasida tarkib topgan tizim maktab ta'limida hamon zaif bo'g'in bo'lib qolmoqda, bunda pedagoglar iste'dodi, kasb mahorati ularning mehnatiga haq to'lash chog'ida hali ham belgilovchi mezonga aylanmayapti.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshi-rishning muhim sharti sifatida maktab ta'limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mus-tahkamlash va uzluksiz ta'limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog'liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 19-fevraldagi F-1910-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya va ishchi guruhlar tomonidan respublika mintaqalaridagi barcha umumiy ta'lim maktablari to'liq ro'yxatdan o'tkazildi. Ularning moddiy-texnika bazasining hozirgi holati tanqidiy va batafsil o'rganib chiqildi.
Shuningdek, farmonda «2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»ni amalga oshirish mamlakatda ta'lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifa, deb hisoblandi va maktab ta'lim tizimini tubdan yaxshilashni; eng yuqori zamonaviy talablarga mos keladigan o'quv-moddiy bazasi va ta'lim standartlari shakllantirilishini; yashash joyidan qat'i nazar, qishloq va shahar maktablarining moddiy bazasi hamda ta'minlanish darajasidagi tafovutlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish asosida bolalarning ta'lim olishi uchun teng shart-sharoitlar yaratilishini; o'qituvchilar mehnati har tomonlama rag'batlantirilishini ko'zda tutuvchi Davlat umummilliy dasturining asosiy tamoyillari va maqsadli vazifalari ma'qullandi.
Shu bilan birga maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirishning quyidagi asosiy yo'nalishlari belgilandi.
kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta'mirlashning, avariya holatidagi binolarni buzib tashlashning manzillari aniq ko'rsatilgan dasturlarini va maktab binolarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqqan holda umumiy ta'lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
maktablarni zamonaviy o'quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o'quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlash;
ta'lim tizimida qo'llanilayotgan o'quv standartlari va o'quv dasturlarini takomillashtirish;
umumiy ta'lim maktablari, birinchi navbatda qishloq joylardagi maktablarni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, ular tarkibi sifatini oshirish, o'qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, o'qituvchilar mehnatini rag'batlantirishni kuchaytirish;
umumiy ta'lim maktablarida sportni rivojlantirish va ularning sport bazasini mustahkamlash.
Mustaqillik yillarida mamlakatda oily ta`limni rivojlantirishga ham katta e`tabor berildi.shu Mqsadda 2006-yili 26-fevralda mamlakatimiz Prezidentining «M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to`g`nsida»gi Farmoni qabul qilindi.
Tibbiy xizmat sohasida zamon talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2005-yili poytaxtimizdagi ikkita rneditsina oliy o'quv yurti negizida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tashkil etildi.
Ma'lumki, rivojlangan fani bo'lmagan davlat rivojlangan va kuchli davlat bo'la olmaydi. Ayni ana shu nuqtayi nazar hozirgi murakkab o'tish davrida olimlar zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklamoqda.
Davlatning ilmiy salohiyatini saqlabgina qolmay, balki uni iloji boricha o'stirish, mavjud yirik muammolarni yechishga qayta moslashtirish, shuningdek, yangi samarador texnikalarni yaratish va amalda tatbiq etish masalasi g'oyat dolzarblik kasb eta boshla-di. Mustaqillik olimlarga ham, fanga ham yangi imtiyozlar yaratib berdi. Jumladan, akademik fan o'z tizimi va shaklini o'zi belgilay boshladi. O'zbekiston Fanlar akademiyasining 50 yillik tarixida birinchi bor akademiyaning haqiqiy a'zosi, yurtboshimiz I.Karimov tashabbusi bilan fundamental ilmiy-tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash akademiya jamg'armasi tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |