Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi



Download 1,25 Mb.
bet68/181
Sana28.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#587607
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   181
Bog'liq
UMK O\'ZBEKISTON ENG YANGI TARIXI 2020

1992-yil 22-avgustda «O`zbekiston o'quv yurtlarida har yili 1-sentabrda «Mustaqillik kuni»ni o'tkazish to'g'risida» Prezident Farmoni e'lon qilindi. Unda davlatimiz tarixida yangi sahifa ochgan O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bayram qilinishi munosabati bilan va uning yoshlarni ma'naviy kamol toptirishda juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini nazarda tutib, o'quv yurtlari jamoalarining istaklarini hisobga olib:

  1. Har yili 1-sentabrda barcha maktablarda, hunar texnika bilim yurtlarida, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida «Mustaqillik kuni» mavzuida maxsus mashg'ulotlar, darslar, ma'ruzalar, tantanali yig'ilishlar va uchrashuvlar o'tkazish:

  2. Qaramog'ida o'quv yurtlari bo'lgan vazirliklar va idoralar, hokimliklar:

  • turli shakllardagi, ijodiy izlanish va bayram vaziyati ruhidagi mashg'ulotlar va tadbirlarni o'tkazishga oid zarur tashkiliy choralarni ko'rsinlar:

  • Respublika hayotining barcha sohalarida ro'y berayotgan tub o'zgarishlardan o'quvchilar va talabalarni keng xabardor qilinishini ta'minlasinlar, uni erkin va yuksak vatanparvarlik va Vatanga sado-qat ruhida tarbiyalasinlar:

  • o'quv yurtlarida mustaqillik kunini bayram qilishda yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini ochishga ko'maklashuvi hamda bir xillik va rasmiyatchilikni istisno etuvchi tanlovlar, ijodiy bellashuvlar, om­maviy va boshqa tadbirlar o'tkazsinlar;

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari o'quv yurtlarida Mustaqillik kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chog'ida respublika oqsoqollari, deputatlar, fan, madaniyat va san'at arboblarini, ijodiy va boshqa jamoat tashkilotlarining vakillarini, korxonalar va muassasalarning rahbarlarini qatnashishga keng jalb qilishlari» kabi muhim vazifalar belgilandiki, bu farmonning joylarda bajarilishi xalqimizga mustaqillik tushunchasini yetkazishda, ularni istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu borada Toshkent, Farg'ona, Samarqand viloyatlarida ibratli ishlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, 1992-yil 1-sentabrdan O'zbekiston aholisi tomonidan birinchi marta mamlakat mustaqilligining bir yilligini keng bayram qilinishini aytish mumkinki, xalqni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash va unga e'tiqod tuyg'ularini kuchaytirishda muhim qadam bo'ldi. Shu yilning 30-avgustida Toshkentda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining ikki yilligiga bag'ishlangan tantanali majlis bo'ldi. Unda Birinchi Prezident I.Karimov tabrik nutqi so'zlab butun aholini milliy bayram bilan qizg'in tabrikladi. Tantanalar mamlakatning barcha vi-loyat, shahar, tuman va qishloqlarida, tashkilot, muassasa, korxona, jamoalarda va mahallalarda bo'lib o'tdi. Butun xalq O'zbekistonning kelajagi qo'lga kiritilgan mustaqillik tufayli amalga oshirilishini chu­qur his qila boshladi. Bir so'z bilan aytganda, dastlab istiqlol e'lon qilingan kunlarda kishilardagi sarosimalik o'rnini, endi mustaqillik-ka ishonch va e'tiqod egallay boshladi.
Prezident Farmoni asosida O'zbekistondagi barcha o'quv yurt­larida 1-sentabrda «Mustaqillik kuni» keng nishonlandi. Masalan, Toshkent Davlat Texnika Universitetida shu kuni tantanali mitingdan so'ng birinchi darslar «Mustaqillik darslari» sifatida o'tkazildi. Bunda professor-o'qituvchilar, faxriylar, xalq deputatlari qo'lga ki­ritilgan mustaqillikning ahamiyati va afzalliklari haqida talabalarga keng mshuntirish berdilar.
O'zbekiston mustaqilligiga bag'ishlangan bunday tadbirlar faqat Oliy o'quv yurtlaridagina emas, balki barcha o'rta maxsus o'quv yurtlari va umumiy ta'lim maktablarida ham katta tayyorgarliklar bilan muntazam ravishda o'tkazilib turibdi.
Prezident LA. Karimovning 2006-yili e'lon qilingan mamla-katda ma'naviy-ma'rifiy, targ'ibot ishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan farmoniga muvofiq respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Ma'naviyat targ'ibot markaziga aylantirildi. Uning faoliyat mezonlari yanada kengaytirilib, yo'nalishlari aniq belgilab berildi.
Yosh iste'dodlar o'z ijodlari bilan o'zbek san'atini dunyoga na­moyish etmoqdalar. Yaqinda toshkentlik litsey o'quvchisi, yosh ras-som Oybek Islomov o'z asarlari bilan Hindistondagi Butunjahon bo­lalar san'ati qo'mitasi o'tkazgan «Shankar» ko'rgazmasida ishtirok etib, Javoharla'l Neru nomidagi oltin medal bilan taqdirlandi.
Sakkiz yoshli toshkentlik o'quvchi Diyora Hasanova «Bolalar san'ati-2000» xalqaro festivalining eng yosh qatnashchisi bo'lishiga qaramasdan, bu festivalning Amerika Qo'shma Shtatlarida o'tkazilgan final bosqichida o'zining yuksak rassomlik iste'dodini namoyon qila oldi. 50 ga yaqin mamlakat bolalari rasmlari orasidan u ishlagan «Yer sharida festivalga boramiz» nomli rasmning xalqa­ro festival emblemasi sifatida tanlab olinishi va unga Bosh sovrinning berilishi ham farzandlarimizning qanchalik yuksak iqtidor egasi ekanligini ko'rsatib turibdi.
Yosh iste'dodlarni izlab topish va tarbiyalash, professional ras-somlarning boshini qovushtirish, ularning samarali ijod qilishla-ri uchun qulay sharoit yaratish, milliy tasviriy, amaliy, miniatura san'atimizning noyob an'analarini boyitish, dunyoga tanitish maqsa­dida tashkil etilgan O'zbekiston Badiiy Akademiyasi uch yildan bu-yon jiddiy faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Mamlakatimizda iste'dodli rassomlarning ko'plab ko'rgazmalarini tashkil etdi. O'zbek rassomchilik maktabining bugungi rivoj ini dunyoga ko'rsatish maqsadida 2000-2006-yillar mobaynida Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Germaniya kabi ko'plab mamlakatlarda o'zbek rassomlarining ko'rgazmalarini o'tkazdi.
Badiiy Akademiyaning a'zolari tomonidan katta mahorat bilan ishlangan Sohibqiron Amir Temur, Farg'oniy, Jaloliddin Mangu­berdi, Alpomish haykallari, Mustaqillik maydonidagi majmua kabi haykaltaroshlik san'atining go'zal namunalari xalqimiz milliy g'ururi va iftixorini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Turkiston miniatura maktabining asoschisi, buyuk musavvir Ka-moliddin Behzodning bu yil nishonlanadigan 550 yilligiga qizg'in tayyorgarlik olib borilmoqda. Kamoliddin Behzod memorial bog'ini barpo etish ishlari boshlab yuborilgan.
Shuni ta'kidlash joizki, O'zbekiston mustaqilligini mustahkam­lash dolzarb bo'lib qolayotgan bir paytda yoshlar bilan yakka tartibda ishni yo'lga qo'yish, ularda axloqiylik fazilatlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki azaldan odoblilik, axloq inson uchun eng zarur ziynatlardan hisoblangan. Odamzodni yuksaklarga ko'taradigan ham, uning qadr-qimmatini oshiradigan ham ana shu axloqiy barkamollikdir. Shu o'rinda qadimgi Rim faylasuflaridan Epikratning «bar-cha kashfiyotlar ichida go'zali yaxshi tarbiya olgan insondir», degan o'gitini hamisha yodda tutish o'rinlidir. Yoshlarda ana shunday fazi­latlarni tarbiyalashda joylarda, maktab va o'quv yurtlarida olib boriladigan ishga e'tibor berilmoqda. Maktabgacha tarbiya muassasala-rida, boshqa o'quv yurtlarida, mehnat jamoalarida va turarjoylarda niax'sus «Odobnoma» soatlari joriy etildi. Bundan tashqari, mamla­kat televideniyesi va radiosi orqali, jumhuriyat gazetalari sahifalarida esa maxsus «Odobnoma» ko'rsatuv va eshittirishlar beriladigan, sahifalar chiqadigan bo'ldi. Bu ish mehnat va pedagogika jamoalari hamda ota-onalar kengashlarining amaliy hamkorligi asosida ham tashkil etiladi.
O'zbekiston hukumati aholi aqliy imkoniyatlarini kengayti-rish va ma'naviy yetukligini ta'minlash asosida mustaqillikning sof insonparvarlik mazmunini chuqurlashtirish hamda uning jamiyatning mustahkam poydevori bo'lib xizmat qilishiga katta umid bog'lagan. Shu bois amalga oshirilgan tadbirlarga tanqidiy nazar bilan qaraydi. Boy berilgan imkoniyatlar yo'l-yo'lakay o'rganib, tuzatib boriladi. Ijodiy va ilmiy kuchlarga ko'maklashuvchi qator jamoat tashkilotlari faoliyatiga ana shu nuqtayi nazardan baho berildi. Natijada uning kuch va imkoniyatlarini birlashtirish maqsadida 1996-yil 17-aprelda yosh ijodkorlarga, olimlarga va tadqiqotchilarga ko'maklashuvchi, umuman yoshlar muammolari bilan shug'ullanuvchi «Kamolot» jamg'armasi ta'sis etildi. «O`zbekiston yoshlarining «Kamolot» jamg'armasi yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, chuqur bilim, kasb egallashi, o'zlarida yuksak ma'naviyat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik fazilatlari hosil qilishi, ularning istiqlol ishining davomchilari bo'liby yetishishlarida ko'p qirrali yordam ko'rsatishni o'zining dasturiy vazifasi qilib belgiladi va bu borada bir qator ishlarni amalga oshirdi. Keyinchalik jamg'arma «Kamolot» yosh­lar ijtimoiy harakatiga aylantirildi. Uning faoliyatini yanada tako-millashtirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatini qo'llab-quvvatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish to'g'risida»gi Qarori katta ahamiyatga ega bo'ldi.
O’zbekiston Respublikasining Qonuni
Ta’lim to’g’risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish