Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi



Download 1,25 Mb.
bet12/181
Sana28.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#587607
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   181
Bog'liq
UMK O\'ZBEKISTON ENG YANGI TARIXI 2020

Birinchidan, ijtimoiy foydali mehnat bilan band bo'lmagan aholini ish bilan ta'minladi, ishsizlikning kuchayishini oldi olindi.
Ikkinchidan, aholining real daromadlari oshdi, shartnomalar asosida qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirayotgan mehnatkashlar mehnat daftarchalari olish va qariganda nafaqa olib ijtimoiy kafolatlanish huquqiga ega bo'ldilar.
Uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashdek keskin muammoga barham berildi.
To'rtinchidan, qishloq mehnatkashlarini uy-joy bilan ta'min­lashdek sotsial muhim masala ham o'z yechimini topdi.
Beshinchidan, respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat bir qadar barqarorlashdi va yaxshilandi.
O'zbekistonning yangi rahbari I.Karimov «o'zbeklar ishi», «paxta ishi» bahonasi bilan tahqirlangan o'zbek millatining g'ururini tiklashni, yurt va elni haqiqiy mustaqillikka olib chiqishni o'zining asosiy vazifasi etib belgilaydi.


Mavzu 3. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. 2 soat.
Reja:

  1. Mustaqillik tushunchasi. O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun amaliy harakatlar

  2. O’zbekiston siyosiy tizimidagi o’zgarishlar.

  3. O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi e’lon qilinishi va uning olamshumul ahamiyati.

4.I.Karimov-mustaqil O'zbekistonning birinchi Prezidenti


Tayanch iboralar: Davlat ramzlari, Davlat bayrog’i, Davlat gerbi, Davlat madhiyasi, milliy valyuta, o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li, o’zbek modeli.


1. Mustaqillik tushunchasi. O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun amaliy harakatlar.
Mustaqillik tushunchasi o’zida azaldan insoniyatning orzu-umidlarini, armon va iztiroblarini mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o’zini erkin his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha min-taqalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o’xshash bo’lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko’p ko’rgan.
XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, zo’ravonlik va tazyiqqa asoslangan kommunistiq mafkura tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi mutlaqlikni da’vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham «jar»ga qula-di. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar torn ma’nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar.
Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimizga azaldan meros. Bu orzu avloddan avlodga o’tib, ming yilliklar qa’ridan bizgacha yetib kelmoqda.
Birinchi Prezident I.Karimov «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» nomli risolasida «O’zbek millati azaldan o’z fikr-zikri, o’z istiq-loli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, o’z yo’lidan, mas-lagidan, so’zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz»,-deganda xalqimiz tari­xiy qismatidan saboq olishni, otalar tajribasini o’rganishni nazarda tutadi. Zotan, xalqimizning uzoq tarixi ozodlik, istiqlol uchun tinimsiz kurash davridir.
Turkiston o’zining keyingi bir yarim ming yillik tarixida bor-yo’g’i 376 yil hur mamlakat rutbasida bo’lgan (B.Ahmedov). Bosh­qa paytlar esa bosqinchilar zulmi ostida kun kechirgan. Shundan ham ko’rinib turibdiki, Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shaklda bo’linishlarga, uning xalqi o’zgalar to­monidan tahqirlanishga, kamsitilishlarga duchor bo’lgan. Xalqimizning grek, makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mo’g’ul bosqinchiligiga va nihoyat Chorizm mustamlakachiligiga qar-shi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan. Ayni chog’da yaqin tariximizda, sovet hokimiyati yillarida O’zbekistonning markazga tobeligiga qarshi, aniqrog’i, shu davrda O’zbekistonning milliy Mustaqillikka erishishi uchun tarixiy vazi-yatga qarab goh oshkora, goh yashirin tarzda olib borgan kurashlarini qator manbalar orqali tobora chuqurroq bilib boryapmiz. Bir so’z bilan aytganda xalqimiz azal-azaldan o’z fikrizikri bilan Mustaqil, Ozod, Erkin yashash uchun tinimsiz intilgan.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish