Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Chor Rossiyasi mustamlakasi va sovetlar davrida mamlakatimiz xududida olib borilgan etnografik tadqiqotlar



Download 0,92 Mb.
bet7/148
Sana01.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#285478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   148
Bog'liq
2 5350734501477617770

Chor Rossiyasi mustamlakasi va sovetlar davrida mamlakatimiz xududida olib borilgan etnografik tadqiqotlar. XIX asrning 70-80 -yillariga kelib O‘rta Osiyo xalqlarining antropologiyasi, milliy-etnik tuzilishi, an’anaviy xo‘jalik faoliyati, moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘rganish borasida ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha aniq dastur ishlab chiqilgan.

1870 yilda Samarqand, Buxoro, Urganch bo‘yicha uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya (N.N.Karazin, N.E.Simanov)lar o‘z davrida etnografik ma’lumotlarni to‘plash imkonini bergan.

O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, o‘zbek xalqi etnografiyasini o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, 1895 yilda Toshkentda Arxeologiya havaskorlari Turkiston to‘garagining tashkil etilishi natijasida o‘zbek xalqining etnografiyasiga oid ilmiy materiallar yig‘ila boshlandi. SHuningdek, Sattorxon Abdug‘afforov, Mirzo Barot, Mulla Qosimov, Muhammad Vafo, G.Arandrenko, L.S.Berg, V.L. Vyatkin, M.F.Gavrilov, A.D.Grebenkin, A.A.Divaev, I.I.Ibrahimov, A.V. Kaulbars, P.E. Kuznetsov, D.N. Logofet, N.A.Maev, A.E.Snesarev, M.S. Andreev, A.A. Semenov, A.F.Petrovskiy, A.P.Shishov, V.N.Nalivkin, N.P.Malitskiy kabilarning tadqiqotlarida o‘zbek xalqining etnik tarixi, ijtimoiy–iqtisodiy hayoti, geopolitik joylashuvi, o‘zaro ichki va tashqi aloqalari, an’anaviy turmush tarzi va madaniyati hamda qator marosimlari va urf-odatlariga oid ko‘plab ilmiy materiallar to‘plangan.

XX asrning birinchi choragida Respublikamiz hududida etnografik tadqiqotlarni o‘tkazishda yosh Turkiston Respublikasining fan va maorif tashkilotlari ancha jonkuyarlik ko‘rsatgan. 1921 yilda mahalliy hokimiyat tomonidan o‘z davrining mashhur etnograf olimlardan tashkil topgan «Turkiston tub aholisining maishiy turmushini o‘rganish ilmiy komissiyasi» o‘zbek etnografiya rivojida muhim amaliy tadqiqotlarni olib borgan bo‘lib, bu borada mashhur elshunos tadqiqotchi olim A.A.Divaev rahbarligida Sirdaryo viloyatini va O‘rta Osiyo xalqlari etnografiyasining bilimdonlaridan biri M.S.Andreev boshchiligida Samarqand viloyati hududida yashovchi el-uluslar etnografiyasi va boy folklor na’munalarini o‘rganish borasida etnofolkloristik ekspeditsiyalar uyushtirilgan.

1928-30 yillarda yirik o‘zbek folklorshunoslari G‘ozi Olim YUnusov va Hodi Za­ri­povlar hamda mashhur rus etnografi L.P. Potapovlar tomonidan O‘zbekiston madaniyati, etno­g­ra­fi­ya­si va folklorini o‘rganish borasida uyushtirilgan maxsus ekspeditsiyalar jarayonida ham o‘zbeklar etnografiyasi bo‘yicha ham juda boy materiallar yig‘ilgan.

XX asrning 20-30 - yillariga qadar etnografiya muammolari bilan ko‘proq ru­siy­­zabon olimlar shug‘ullangan bo‘lsalar, 30-yillar oxiriga kelib Res­pub­lika muzeylarida faoliyat olib borgan Turdi Mirzaev, M.A. Bikjanova, SH. Inog‘omov, T. Mirg‘iyosov, M.Yusupov, H. Husanboev, G. Alimov, A. Boltaev, M. Saidjonov kabi mahalliy mutaxassis-etnograflar avlodi shakllangan. Bu davrda yaratilgan tadqiqotlar muzeylarda va ilmiy markazlarda bajarilgan bo‘lib, asosiy ilmiy natijalar turli jurnallarda maqolalar tarzidagina e’lon qilingan. Etnografiya fani bilimdonlaridan biri t.f.d. A.Doniyorovning yozishicha, o‘sha yillarda etnograf va tarixchilar o‘zbek hamda qoroqalpoq xalqlari va ular ajdodlarini kelib chiqish muammosini faol o‘rganishga kirishganlar1. Natijada qator kompleks ekspeditsiyalar va tadqiqotlar bajarilgan. Bu borada ayniqsa mashhur arxeolog va elshunos olim S.P.Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeo-etnografik ekspeditsiyasi muhim o‘rinni egallaydi. Mazkur ekspeditsiya tarkibida o‘zlarining dastlabki ilmiy izlanishlarini olib borgan T.A.Jdanko, K.L.Zadыxina, I.Jabborov, S.Kamolov, G.P.Snesarev kabi tadqiqotchilar keyinchalik mashhur etnograf olimlar bo‘lib etishishgan. Ular Xorazm vohasida yashovchi xalqlar-o‘zbeklar, qoraqalpoqlar, turkmanlar va qozoqlarning madaniyati va turmushiga oid ko‘plab asarlar yaratishdi.

Xorazm ekspeditsiyasi tadqiqotlari, bir tomondan, O‘zbekiston etnograflari uchun mintaqa xalqlarining etnogenezi, xo‘jalik o‘tmishini, moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini, turmushi va urf-odatlarini tadqiq etishdek murakkab masalalarni hal etish imkoniyatini yaratdi. Ikkinchi tomondan, etnografik tadqiqotlar va xulosalar orqali tarixchilarning tadqiqotchilik amaliyoti uchun muhim tarkibiy qism hisoblangan ijtimoiy institutlar va oilaviy tarkiblarni tarixiy asoslash uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keldi.

1943 yil O‘zFA Tarix va arxeologiya instituti tarkibida Etno­g­ra­fiya bo‘limining tashkil etilishi Respublikada etnografik ilmiy izla­nishlarni jonlantirib yubordi deb aytish mumkin. Bu davrda tadqiqotchilar tomonidan asosan tarixiy va zamonaviy et­no­g­ra­fiya hamda o‘zbeklarning etnik muammolari yuzasidan tadqiqot ish­­­­la­ri­­ olib borildi. 1950-53 yillar mobaynida Farg‘ona vodiysini o‘rga­nish bo‘­yi­cha tashkil etilgan ilmiy ekspeditsiya jarayonida Namangan va Far­g‘ona viloyatlari qishloq aholisi turmushida sovet davrida yuz bergan o‘zgarishlar o‘sha davr mafkurasi nuqtai nazaridan o‘rganilgan. 1960-70 yillarda o‘zbeklarning etnogenezi va etnik tarixi, etnik tarkibi hamda mintaqadagi qator subetnoslar bo‘yicha K.SH. SHoniyozov, T. Fayziev, B.Ahmedov, I.Ermatov, B.X.Karmisheva kabi tadqiqotchi olimlarning qator fundamental monografiyalari nashr qilinishi o‘zbek xalqi etnografiyasida etnogenez va etnik tarix yo‘nalishini jonlanishiga sabab bo‘ldi deb aytish mumkin. SHuningdek, bu davrda o‘zbekistonlik qator olimlar (K.SH.SHoniyozov, O.A.Suxareva, I.M.Jabborov, M.A.Bikjonova va boshq.) «Jahon xalqlari» turkumida chiqqan «O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari» nomli ikki tomlik fundamental asarni (M.:1962.) yozilishida bevosita faol qatnashdilar.

XX asrning 70-yillaridan boshlab O‘zbekistonning ayrim mintaqalari aholisining etnik tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot beruvchi viloyatlar bo‘yicha etnografik xaritalar tayyorlandi (SH.I.Inog‘omov, K.SHoniyozov, X.Toshev, B.Aminov va b.). O‘zbekistondagi ishchilar sinfining hayoti va turmushidagi o‘zgarishlar haqida etnografik tadqiqotlar (F.O.Oripov, SH.Muzaffarov, K.L.Zadыxina, R.Qurbongalieva, T.X.Toshev, X.Ismoilov va b.) paydo bo‘ldi. Bu davrda o‘zbeklarning ijtimoiy hayoti va an’anaviy turmush tarziga bag‘ishlangan qator asarlar yaratildi (I.M.Jabborov, S.Mirhosilov, M.Ro‘zieva va b).

O‘tgan asrning 70-80-yillarida mustabid sovet tuzumining mafkuraviy tazyiqi tufayli o‘zbek xalqi etnografiyasini o‘rganishda susayish jarayoni yuz berdi. Mamlakatda asosan yagona sovet xalqi yaratish to‘g‘risidagi g‘oya ustun bo‘lganligi bois etnograf olimlar ham o‘zlarining tadqiqotlarida ko‘proq sovetlar davri odamlari etnografiyasini o‘rganishga qaratganlar. Sovetlar davrida barcha ijtimoiy fanlar kabi etnografiya fani ham kommunistik mafkuraga bo‘ysundirildi. Ushbu yo‘nalishda bajarilgan tadqiqotlar kommunistik mafkura prizmasidan o‘tkazildi. Lekin shunga qaramasdan, K.SHoniyozov va H.Ismoilovlarning «O‘zbeklar moddiy madaniyatidan etnografik lavhalar»(1981), S.S. Gubaevaning «Farg‘ona vodiysi aholisi va uning etnik tarkibi» (1983), X.Toshevning «Zarafshon o‘zbeklarining ijtimoiy turmushi va xo‘jaligi» (1987), T.Toshboeva va M.Savurovlarning «O‘zbek oilasi turmushidagi an’anaviylik va zamonaviylik»(1989) kabi asarlari e’lon qilindi.

Etnografiya fan tarzda paydo bo‘libdiki, to hozirgi kunga qadar xalq va xalqlarning madaniy o‘ziga xosligi uning asosiy tadqiqot ob’ekti bo‘lgan. Yanada kengroq tushuntirilsa mazkur fan turli xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi, ular ishtirokidagi an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, moddiy va ma’naviy madaniyat muammolari hamda etnoslararo jarayonlar ushbu doirasida tadqiq qilinadi. Demak fikrimizcha, etnografiya asosiy tadqiqot ob’ekti sifatida etnos bilan bog‘liq quyidagi jihatlarni o‘rganadi (Etnografiya predmetini ma’lum bir tartibda baYon qilishda biz fanda an’anaviy bo‘lib ulgurgan qarashlardan yangi noan’anaviy qarashlar tomon harakatlanishni ma’qul deb bildik.):


    • Etnogenez va etnik tarix muammolari;

    • Xalqlarning moddiy madaniyati;

    • Xalqlarning e’tiqodiy qarashlari, milliy marosimlari va urf-odatlari;

    • Turli xalqlarning qarindoshlik tizimi: qarindosh-urug‘chilik aloqalari;

    • Xalqlarning ijtimoiy va siYosiy tuzulmalari (oilaviy munosabatlar va hokimiyat munosabati;

    • Turli xalqlarga xos tarbiya an’analari tizimi;

    • Bir xalq madaniyatining turli komponentlari orasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqlik muammolari;

    • U yoki bu xalq madaniy xususiyatlari dinamikasi (madaniy o‘zgarishlar);

    • Turli xalqlarning psixologik o‘ziga xosligi;

    • Turli xalqlarning xaYot tarziga moslashishi: ularning tabiiy muhitga moslashishi

    • Etnos qadriyatlarini taqqoslash;

    • Turli xalqlarning dunyo xaritasida taqqoslash;

    • Madaniyatlararo muloqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari;

    • Etnoslarning paydo bo‘lishi va bo‘linib ketishi sabablari;

    • Xalqlarning joylashuvi;

    • Etnoslar bilan bog‘liq sodir bo‘ladigan demografik jaraYonlar;

    • U Yoki bu etnos vakillarining iqtisodiy munosabatlari;

    • Etnolingvistika;

    • Etnomadaniyat muammolari;

    • An’ananing paydo bo‘lishi va taraqqiYoti va innovatsiyasi;

    • Etniklik va etnik guruhlar muammosi.

Ushbu ro‘yxatni yanada davom ettirish mumkin. Biroq mazkur ro‘yxatning o‘zi ham etnografiyaning tadqiqot ob’ekti ko‘p qirrali ekanligidan dalolat beradi. Qolaversa, ushbu ma’lumotlar etnografiyaning asosiy manbai Yozma manbalar hamda moddiy Yodgorliklar bo‘lgan an’anaviy tarix fanidan birmuncha kengroq ekanligidan dalolat berib turibdi. shuningdek etnografiyada insoniyat tarixining dastlabki Yozma madaniyat shakllangangunicha bo‘lgan davrda yashagan va o‘zlarining alohida Yozuvlariga ega bo‘lgan xalqlar-etnoslar asosiy tadqiqot ob’ekti tarzida o‘rganiladi.

Oldingi bo‘limda ta’kidlaganimizdek, XIX asr oxirida Evropada etnografiyaning asosiy mavzusi ibtidoiy sharoitda yashaYotgan «primitiv» xalqlar bo‘lgan. Bu xalqlar misolida evropalik tadqiqotchilar go‘Yoki o‘zlarining qaysidir ma’noda uzoq o‘tmishdagi «tirik ajdodlari»ni his qilganliklari bois ushbu xalqlar evropalik tadqiqotchilarni ko‘proq qiziqtirgan. shuning uchun ham evropaliklar «orqada qolgan» xalqlarga nisbatan «primitiv», ya’ni «birinchi» degan iborani qo‘llaganlar. Bu borada «birinchi» xalqlar to‘g‘risida XIX asrdagi etnografiya maktablarining yirik namoyandalari hisoblangan Lyuis Genri Morganning «Qadimgi jamiyat», Eduard Taylorning «Ibtidoiy madaniyat» kabi mashhur asarlari paydo bo‘lgan. shuningdek nemis etnografiyasining asoschilaridan bo‘lgan Teodor Vays va Adolf Bastianlarning tadqiqotlari ham «ibtidoiy xalqlar»ga bag‘ishlangan bo‘lib, ular mazkur xalqlarni «madaniy rivojlangan xalqlar», ya’niki Evropa xalqlari bilan o‘zaro qiYosiy tarzda o‘rganishga bag‘ishlagan.

O‘tgan yuz yillikda mazkur fan doirasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli etnografiya Oliy o‘quv yurtlari o‘quv predmetiga aylangan va dunyoning ko‘plab mashhur universitetlarida maxsus fan sifatida o‘qitila boshlandi. Buning pirovardi natijasida etnografiyaga yangicha qarashlar bilan qurollangan fan namoyandalari-nazariYotchi etnologlar kirib kelgan1. shu bois etnografiyaning mavzusi ham takomillashib borgan va fandagi mavjud ba’zi qarashlar hamda g‘oyalar jiddiy tanqid ostiga olingan va hattoki ularning ayrimlari keyinchalik butkul ilmiy muomaladan chiqib ketishiga olib keldi.

Etnografiyada jiddiy tanqidga uchragan ayrim qarashlar to‘g‘risida to‘xtalganda, avvalo, xalqlarning ibtidoiy va sivilizatsiyalashgan tarzda bo‘linishiga oid qarashlar jiddiy tanqid ostiga olinganini ta’kidlab o‘tish joizdir. YAngi avlod tadqiqotchilarining ta’kidlashlaricha, «ibtidoiy» deb atalgan xalqlar ham xuddi «sivilizatsiyalashgan» deb hisoblangan evropaliklar singari o‘zlarining tarixi va madaniyatiga ega bo‘lgan. O‘z navbatida ular, oldingi tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, insoniyat tarixining dastlabki bosqichlariga taalluqli emas va mazkur jamoalar ham boshqa xalqlar kabi ibtidoiylikdan yiroq xalqlar hisoblanadi. Inchunun, bu borada ularni faqatgina atrofdagi olamga bo‘lgan munosabati borasidagina ibtidoiy deb aytish mumkin. Bunday qarash dastlab mashhur nemis etnolog olimi Rixard Turnvald(1869-1954 )tomonidan bildirilgan bo‘lib, uning fikricha, «ibtidoiy xalq» tushunchasini tahlil qilish asnosida bir omil o‘ta muhimdir. Bu omil tabiatni o‘zlashtirishdagi bilim, malaka va mehnat qurollari hamda moslamalardir. Turnvaldning fikricha, «ibtidoiy» deb yashash va ovqatlanish uchun eng oddiy mehnat qurollaridan foydalangan va atrofdagi olam to‘g‘risida juda kam bilimga ega bo‘lgan qabilalarga nisbatan qo‘llash joizdir. Bunday texnik qurollanish va tabiiy qonunlarni bilish me’yorlaridan kelib chiqib qaraydigan bo‘lsak, Turnvald aytganidek, «tabiatni bo‘yinsundirgan odamlar» hozirgi zamonaviy industrlashgan jamiyatga qaraganda haqiqatdan ham ko‘proq tabiatga bog‘liq bo‘lgan. Biroq bu o‘rinda ikkinchi mulohaza paydo bo‘ladi. YA’ni, agar insonlarning tabiatdan mustaqil bo‘lib yashashlariga qaramay, bugungi zamonaviy kishilar ikkinchi bir ko‘rinish-texnikaga bog‘lanib qolishiga olib keldi. shu bois ayrim etnologlar yuqoridagi mulohazaga asoslanib, etnografiyada «ibtidoiy xalqlar» iborasini qoldirishni, lekin bunda tabiatdan uzilmagan va o‘zlarining ijtimoiy me’yorlarini saqlab qolgan jamoalar hamda madaniyatlarni anglash g‘oyasini ilgari surganlar.

O‘z navbatida boshqa bir olimlar guruhi esa «ibtidoiy xalqlar» iborasini qo‘llanishiga qat’iy qarshi chiqqan. «Chunki fanda bunday iborani qo‘llanishi shubhasiz unga qarama - qarshi bo‘lgan «madaniy xalqlar» terminini paydo bo‘lishini taqozo etadi va bu esa birinchi guruhga kiruvchi xalqlarni tahqirlanishiga sabab bo‘ladi» - deb ta’kidlaydilar. Darhaqiqat, sayyoramizning turli mintaqalarida yashovchi xalqlar, etnik guruhlar hayotiga, o‘tmish tarixiga, turli-tuman sivilizatsiyalar va madaniyatlar taraqqiYotiga nazar tashlar ekanmiz o‘zining tarixiy taraqqiyotida madaniyatiga ko‘ra biror bir rivojlanishga erishmagan insonlar jamoasini topish juda mushkul. Hatto tosh davri odamlari to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, ular ham dastlab toshdan yasalgan mehnat qurollarini rivojlantirib borganliklari tarixiy-arxeologik manbalardan ma’lumdir. XVII-XIX asr tadqiqotchilari ta’kidlaganlaridek, sayyoramizda ibtidoiy insonlar mavjud emas. Har bir etnik jamoa yoki xalq o‘ziga xos madaniyat sohibidir. shu tufayli bugungi kunda «madaniyatli xalq», «madaniyatsiz xalq» degan iboralarni qo‘llash o‘rinsizdir. Faqatgina madaniyatning turli ko‘rinishlari to‘g‘risida gapirish mumkin. shuning uchun ham, aynan turli madaniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari va turfa xil etno-milliy madaniyatlar etnografiyaning asosiy tadqiqot predmetlaridandir. Keyingi vaqtlarda etnografiyada lokal (mahalliy) madaniyatlarning tadqiq qilish borasida ancha samarali tadqiqotlar bajarilmoqda.

Shu bilan birga turli olimlar tomonidan «ibtidoiy xalqlar» termini o‘rniga qator boshqa tushunchalar va atamalar tavsiya qilingan bo‘lib, tadqiqotchilar fikricha, mazkur ibora etnografiyaning yangi mavzusi doirasiga ko‘proq to‘g‘ri kelar ekan. Turli davrlarda etnografiyaga «arxeik madaniyat», «industirlashtirishgacha bo‘lgan jamiyat», «an’anaviy jamiyat», «Yozuvsiz jamiyat», «qabilaviy ittifoq» va shu kabi nomlar tavsiya qilingan. shubhasiz, mazkur iboralarning har biri ma’lum bir etnik madaniyatning o‘ziga xos tomonlarini ifodalaydi. shu bois garchi ulardan birortasi ham «ibtidoiy xalqlar» terminiga almashtirilmagan bo‘lsada, zamonaviy etnografiyada ularning barchasi qo‘llaniladi.




Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish