Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Yevropada etnografiya maktablarini shakllanishi



Download 0,92 Mb.
bet4/148
Sana01.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#285478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
Bog'liq
2 5350734501477617770

Yevropada etnografiya maktablarini shakllanishi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, Evropa mamlakatlari orasida etnografiya mustaqil fan tarmog‘i sifatida dastlab Fransiyada «Parij etnograflar jamiyati»ning tuzilishi bilan shakllangan. XIX asr ikkinchi yarmida Evropadagi boshqa yirik davlatlar singari Fransiya siyosiy doiralari tomonidan mustamlakachilik siyosatini kuchayishi va mustamlakalarni boshqarish mexanizmining murakkablashuvi qaram xalqlar to‘g‘risida kengroq ma’lumotlarga ega bo‘lishni, ularning milliy xususiyatlari, o‘tmish tarixi, turmush tarzi, madaniyati va an’analari haqida batafsilroq ma’lumot olishni talab qilgan. SHu bois etnografiya bu erda "etnografiya" (yunoncha etnos - xalk, grophien - bayon qilish) deb yuritilgan. Fransiyada mazkur termin XIX asr oxirigacha ilmiy iste’mol doirasida bo‘lgan. XX asr boshlarida fransuz tadqiqotchilari tomonidan etnografiyaga tarixiy va nazariy materiallarni jalb etgan holda izlanishlar olib borilishi natijasida etnografiya etnografiyaga aylangan va hozirda fransuz olimlari tomonidan asosan etnologik tadqiqotlar olib boriladi.

Xalqlar to‘grisidagi fan - etnografiya tarzda shakllangan mamlakatlardan yana biri Germaniyadir. 1789 yil Germaniyada evropalik bo‘lmagan xalqlar va ularning madaniyatlarini o‘rganuvi «Yolkerkunde» deb nomlangan ilmiy maktabga asos solingan. XIX asrning 30-yillarida nemis sayyohlari va tadqiqotchilar tomonidan barcha o‘rganilgan xalqlarga nisbatan "etnografiya" terminini qo‘shib tadqiq qilish rasm bo‘lgan. XIX asr o‘rtalariga kelib esa "Yolkerkunde" va "etnografiya" iboralari bir xil ma’noda, ya’ni insoniyat madaniyatini tadqiq qiluvchi fan tarmog‘iga nisbatan qo‘llanilgan. Qizig‘i shundaki, nemislar orasida mazkur termin hozirda ham ba’zida etnografiyaga sinonim tarzda qo‘llaniladi. Bundan tashqari nemislarda xalqlar to‘grisidagi Volkskund (xalqshunoslik) degan yo‘nalish ham mavjud bo‘lib, buni asosan nemis tilida so‘zlashuvchi xalqlar va ularning madaniyati o‘rganadi. XX asrning so‘nggi choragidan boshlab Germaniyada etnologik yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlar ancha samarali natijalar bera boshlagan. Ayniqsa, bu borada Maks Planka nomidagi Etnografiya va antropologiya ilmiy tadqiqot instituti tomonidan olib borilayotgan izlanishlar alohida e’tiborga sazovordir.

Ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqlar orasida etnografiyaning fan tarzda shakllanishi birmuncha boshqacharoq tarzda kechgan. Avvalo inglizzabon mamlakatlarda xalqlar to‘g‘risidagi fan antropologiyaning bir qismi sifatida o‘rganilgan. SHu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, antropologiya insoniyat tabiatiga oid biologik fan tarzida paydo bo‘lishini ayrim tadqiqotchi olimlar O. Gosmanning 1596 yilda aynan shu nomdagi kitobining nashr etilishi bilan bog‘laydilar.

XVIII asrda dunyo miqyosida mustamlakachilik siyosati va irqchilik hamda demografik jarayonlarning kuchayishi antropologiyani juda tezlik bilan rivojlanishiga olib kelgan. Natijada XIX asrga kelib Evropa mamlakatlarida "orqada qolgan" ibtidoiy xalqlarni o‘rganuvchi qator antropologik jamiyatlar tuzila boshlagan. 1906 yil ingliz etnografiya maktabining asoschilaridan biri Dj. Frezer tomonidan "Ijtimoy antropologiya" nomli yangi yo‘nalishga asos solindi. Mazkur yo‘nalish orqali mashhur ingliz tadqiqotchisi o‘zining mustaqil maktabini yaratgan va u o‘z qarashlarini «madaniy antropologiya» nomi bilan yuritiluvchi E. Taylor qarashlaridan ajratib olishga muyassar bo‘ldi. Darhaqiqat, "ijtimoy antropologiya" iborasi dunyo bo‘yicha juda tezlikda tarqaldi va keyinchalik etnografiyaning inglizcha sinonimiga aylangan. Hozirda ham ayrim «ijtimoiy antropologiya» maktabi vakillari o‘zlarining ilmiy izlanishlarini turfa xil madaniyatlar sohiblari bo‘lgan ayrim etnik guruhlar tadqiqiga qaratadilar.




Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish