Etnologiyaning zamonaviy muammolari. O‘tgan XX asrning oxirgi choragida etnografiyada yangicha Yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi mazkur fan doirasida bajarila¸tgan tadqiqotlarni ham tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Aynan shu davrdan boshlab tadqiqotchilar tomonidan an’anaviy ko‘rinishni olgan uzoq yurtlardagi o‘ziga xos egzogamik madaniyatlar emas, balki, zamonaviy jamiyatlarni o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratila boshlandi. Natijada qator yangi nazariyalar va maktablar paydo bo‘ldi va tadqiqotchilar tomonidan etnografiyaning o‘ziga xos yangi Yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar bajarila boshlandi. Jumladan, Farbiy Evropa etnografiyasida ijtimoiy etnografiya, huquqiy etnografiya, si¸siy etnografiya, diniy etnografiya, xo‘jalik (iqtisodiy) etnografiyasi shakllandi va istiqbolli rivojlanib bormoqda. Umuman olganda etnografiya sohasida shu kunlarda tadqiqot olib boruvchilar quyidagi savollarga javob izlaydilar:
— insoniyat o‘zini o‘rab turgan tevarak atrofni qanday tarzda tasavvur etadi?
— odamlar tasavvurida moddiy olamdagi predmetlar qanday ma’no kasb etadi?
— ushbu qarashlarning o‘zgarish jaraYoni qanday kechadi?
— madaniyatlararo munosabatlar an’anaviy va zamonaviy madaniyatlarga qanday ta’sir o‘tkazadi?
— dunyoning etnik manzarasi o‘zida nimani aks ettiradi va bu manzaraning o‘zgarishi qanday mexanizmlar asosida o‘zgaradi?
— u yoki bu madaniyat vakillari dunyodagi sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga qay tarzda moslashadi va o‘z navbatida u yashayotgan jamiyatning moslashishi qanday prinsiplarga asoslanadi?
— zamonaviy industrial jamiyatda milliy-etnik madaniyatlarning roli va o‘rni qanday?
— xar qanday holatda etnos vakillari tafakkurida nima o‘zgarmaydi, Yoki nima butkul unutilishi, Yoinki o‘zgarishi mumkin va o‘z navbatida bu jaraYon qanday kechadi?
— madaniyatlarning o‘zining ichidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro aloqalar qay tarzda yuz beradi,
— etnik madaniyatda barcha tizimni mustahkam ushlab turuvchi va jamiyat haYotida sodir bo‘ladigan qizg‘in o‘zgarishlar jaraYonida himoya qiluvchi mustahkam o‘zgarmas qism mavjud-mi?
Shubhasiz mazkur muammolarning aksariyati oxirgi o‘n yilliklardagina etnolog tadqiqotchilarning tadqiqot muammosiga aylandi deb aytish mumkin. Bu borada ayniqsa Farb mamlakatlarida so‘nggi o‘n yilliklarda etnografiya fani «postmodernizm» falsafasiga asoslangan bo‘lib, bunda bevosita ijtimoiy guruhlar orasidagi etnoslararo jaraYonlarni tadqiq qilish asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, lokal va global jaraYonlarni tadqiq qilishda tadqiqotchilar tomonidan tadqiqiy tanlanish, ya’ni jamiyat haYotidagi barcha jaraYonlarni emas, balki etnos va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda eng muhim deb hisoblangan qarashlargina tadqiq qilinmoqda. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, bajarilaYotgan so‘nggi tadqiqotlarda asosiy e’tibor insoniyatning rivojlanish bosqichlari, ya’ni uning erda paydo bo‘lgandan to hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixiy Yo‘linining global miqYosdagi tavsifiga emas, balki muammoviy tanlanish asosidagi tadqiqotlarga qaratilmoqda. Zero, bugungi kun rivojlangan mamlakatlarda etnografiya Yo‘nalishida bajarilaYotgan ilmiy tadqiqotlarning aksariyati jamiyat haYotida aynan muhim va dolzarb deb e’tirof etilgan ijtimoiy muammolar doirasida amalga oshirilmoqda.
Dunyo miqyosida olib borilayotgan etnologik tadqiqotlar orasida Rossiya etnografiya maktabi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Rossiyada XX asrning 90-yillaridan boshlab etnos nazariyasi rad etilib, etniklik va madaniy antropologiya Yo‘nalishidagi tadqiqotlar bajarilmoqda. Rossiyaning markaziy shaharlarida, xususan, Sankt-Peterburg universitetida madaniy antropologiya va etnik sotsiologiya kafedrasi tashkil etilib, Evropa va AQsh olimlarining asarlari tarjima qilina boshlandi. Antropologiya va etnografiyaga oid qator o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy asarlar chop etiladi va hatto ushbu fan sohasida Rossiyadagi eng yirik ilmiy markazlardan biri Mikluxa Maklay nomidagi Etnografiya instituti ham Etnografiya va antropologiya instituti deb o‘zgartirildi hamda olib boriladigan tadqiqot mavzulari ham mazkur Yo‘nalishlarga moslashtirildi. Yurtimizda esa mustaqillikdan keyin Respublikamizning turli tarixiy - etnografik mintaqalari, jumladan, Farg‘ona vodiysi, Janubiy O‘zbekiston, Buxoro va Xorazm kabi tarixiy-etnografik mintaqalari etnografiyasi va bu mintaqalarda yashovchi aholining o‘ziga xos etnomadaniyatidagi lokal xususiyatlar, moddiy va ma’naviy madaniyatdagi transfarmatsion jaraYonlar, etnoslararo jaraYonlar, mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi turli diasporalar1 va irridentalar2 etnografiyasi, an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jaraYonlar, zamonaviy shahar muhitida an’anaviy milliy qadriyatlarning saqlanib qolish omillari, zamonaviy etnik jarayonlar kabi ko‘plab mavzularda tadqiqotlar bajarilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda etnografiyaning tadqiqot mavzusi doimiy ravishda kengayib bormoqda va bu esa ma’lum ma’noda fanga mukammal ta’rif berish imkonini cheklamoqda. To‘g‘ri bugungi kungacha turli uslubiy qarashlar va g‘oyalar asosida etnografiyaga berilgan o‘nlab ta’riflar mavjud bo‘lib, ular etnografiyaning ayrim muhim tomonlarini qamrab olgan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, etnografiya - turli etnik guruhlarning shakllanish va rivojlanish jaraYonini, ulardagi etnik o‘zlikni anglash, madaniy boshqaruv shakllarini hamda jamoaviy munosabatlar qonuniyatlarini, shaxslararo aloqalarini hamda ijtimoiy muhitni o‘rganuvchi fandir.
Shubhasiz, mazkur ta’rifni etnografiyaga berilgan eng maqbul va mazkur fanning barcha xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan yakuniy ta’rif deb aytib bo‘lmaydi. Kelgusi avlod tadqiqotchilari tomonidan umume’tirof etiladigan etnografiyaning yanada mukammal ta’rifini yaratilsa ajab emas.
Hozirda zamonaviy etnografiyaning tadqiqot maydoni ancha keng bo‘lib, uning turli Yo‘nalishlari u Yoki bu ko‘rinishda mazkur fanga yaqin bo‘lgan Yondosh fanlar bilan tutashadi. Ayniqsa etnografiya sotsiologiya, madaniyatshunoslik, psixologiya, antropololgiya, siYosatshunoslik, folklorshunoslik kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq holda taraqqiy etib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |