II. Chorvador xo‘jalikning tashkiliy tuzilishi.
Chorvachilik tipi (og‘il, og‘il-yaylov, haydov, yaylov).
Ko‘chmanchi, yarim o‘troq va o‘troq Chorvachiligi raYonlarida Chorvachilik xo‘jaligini tashkil etish prinsiplari:
a) Chorva bilan ta’minlash darajasiga ko‘ra xo‘jalikni tashkil qilish farqlari. Ko‘chmanchi ovullari (qishki va Yozgi)
b) Chorvani birgalikda boqish uchun uyushish
v) Ovuldagi urug‘lar tarkibi
g) Ko‘chish davridagi ovullar uyushmasi, yaylovlardan birgalikda foydalanish. Ko‘chmanchi va yarim o‘troq xo‘jaliklarning xususiyatlari
d) O‘troq dehqonchilik xo‘jaliklarida uy hayvonlarini saqlash va boqish. O‘troq xo‘jaliklarida haydov-yaylov tizimining qo‘llanilishi. Ba’zi o‘troq guruhlarida Yozgi yaylovlarga ko‘chib borish.
Ko‘chmanchi Chorvadorlarning yarim o‘troq va o‘troq xo‘jaliklar bilan (ayniqsa Yozgi boquvda) o‘zaro munosabatlari. Haydov Chorvachiligida ovulda qoladigan aholi bilan aloqaning Yo‘lga qo‘yilishi.
Ko‘chmanchi Chorvachilikda o‘troq va yarim o‘troq xo‘jalikka o‘tish, uning sabablari.
III. Chorvachilik xo‘jaligidagi yillik sikl.
Yaylov. a) yaylovlarning mavsumlari bo‘yicha taqsimlanishi. Ularning joylashuvi. Ulardagi o‘simlik turlari. Turli Chorva hayvonlarining yaylovda bo‘lish muddatlari.
Ko‘chmanchi va yarim o‘troq Chorvadorlarning har xil Chorva turlari uchun maxsus yaylovlarning bo‘lishi. yaylovlarning chegaralanishi.
b) Jamoa va urug‘ yaylovlari prinsipining saqlanganligi. YAylovlarning egalari. YAylovdan foydalanganlik va undan haydab o‘tganlik haqning undirilishi.
v) Chorvadorlarning turli guruhlari uchun ko‘chish Yo‘llari.
g) Jamoalarga yaylovlarning biriktirilganligini huquqiy asoslari. YAylovlar ijarasi.
Suvloqlar. Suvloqlarning tashkillashuvi (turli joylarda). Quduqlar, ularning tiplari (chuqur, saYoz), tuzilishi. Quduqlar qurishda ishlatiladigan qurollar. Egalik qilish. Foydalanish prinsiplari. Quduqlardan foydalanish huquqi.
Suv idishlari (chelak, mesh). Quduqdan suvni tortib olish usullari (arqon, tishong). Suvni chiqarishda hayvon kuchidan foydalanish. Hayvonlar suv ichishi uchun tog‘oralar, novlar va ularning tuzilishi.
Quduqlardan boshqa sun’iy suvloq qurilmalari.
Tabiiy suvloqlar va ulardan foydalanish.
3. Turli mavsumlarda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining Chorvani boqishi va ko‘chib yurishi.
a) Qishki saqlash va boqish. Qishlovlar va qishlov oldi yaylovlari. Ularning joylashuvi va nima sababdan shu joyda joylashganligi. Ulardan foydalanish qoidalari.
Qishki boquv uchun yaylovning ajratilishi. Qishki yaylovning taqsimlanishi. Qishlov o‘tov, qishki xo‘jalik binolari, qo‘ra, don o‘ra va b.
Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi xo‘jaliklarda qishki ko‘chuv, uning davomiyligi, manzillar orasidagi masofa, manzilda to‘xtash davomiyligi. Ko‘chish tartibi. Chorvaning tunash uchun go‘ng qatlami joylarning tanlanishi. Chorvadorlarning egallangan quduq, buloq, manzillarning belgilashi (belgi qo‘yish).
Qishqi yaylovlarda har xil Chorva turlarining saqlash rejimi va boquv xarakteri. Qorli vaqtda Chorva boquvidagi navbat almashuvi. Chorva boqish prinsiplari (jamoa, ovul, aralash Yoki alohida).
Og‘ilda saqlanadigan Chorva turlari (ish hayvonlari, miniladigan otlar, bo‘g‘oz sigirlar va h.k.).
Chorvani qishda qo‘shimcha oziqlantirish uchun ishlatiladigan emish (xashak, somon.yu don, beda). Qish uchun tayYorlanadigan emish hajmi. Chorvani oziqlantirish Yo‘llari. Qishki suvloq.
Hayvonlarni oziqlantirish uchun qo‘llanadigan moslamalar (oxur, tog‘ora, to‘rva va h.k.).
YArim o‘troq Chorvadorlarda yilqi va qo‘ylarning qishki haydovi. Yilqi uyurlari va qo‘ylarni qattiq qish va bo‘ronlarda qo‘shimcha oziqlantirish (nima bilan, qancha vaqt).
Qishki yaylovlarda Cho’pon va yilqichilarning yashash sharoiti. Ularning turar joyi, kiyimi va ovqatlanishi. Cho’poning aslaha-anjomlari: xalta, taYoq va b. qurollari.
Cho’pon itlari. Ularning turlari. Tarbiyalash usullari. Cho’ponlar taqvimi. Joyni aniqlash usullari.
Cho’ponlarning vazifalari. yollash shartlari. Cho’pon va yilqichilarning haqini to‘lash (narsa Yoki pul bilan).
b) Chorvani bahorgi, Yozgi va kuzgi haydovi. Bahorgi yaylovga chiqish muddati. YAylovlarni aylanib chiqish. Muddatini kim aniqlagan va kimlar boshlab bergan. Bahorgi yaylovlarda erga buyumlarni ko‘mib qo‘yilishi. Bahorgi yaylovga ko‘chish bilan bog‘liq udumlar. Ko‘chishdagi harakat tartibi. Ovul va ovul guruhlarining harakati. Yo‘l va manzillarni kim tanlagan. Chorva qanday haydalgan (birga, tur-turi bilan). Haydash tartibi va sharoiti. Karvon tarkibi va uni tasvirlash. YUk ortiladigan va miniladigan hayvon turlari. Oilalarning ko‘chish tartibi. Karvon boshlig‘i. Ko‘chuvning xo‘jalik xarakteriga mos ravishda harakat tezligi va Yo‘nalishi. Bir kunlik Yo‘lning o‘rtacha uzoqligi. Ko‘chish davridagi oziq-ovqat zahirasi.
Bahorgi va Yozgi yaylovlarning joylashuvi va ularda turishning muddatlari. Poda, otar va ularning to‘ldirish prinsiplari. Turli Chorva mollarini boqish. YOzgi yaylovlardan foydalanish. Hayvonlarni sug‘orish. Tuz berish. Chorva boqish va qo‘riqlashda ishlatadigan hayvonlar. Uzoq ko‘chib o‘tish va bahorgi, Yozgi va kuzgi yaylovlardagi uzoq muddatli manzilgohlarda ovuldagi turli ijtimoiy guruhlarga mansub xo‘jaliklardagi xo‘jalik ishlarining turlari (nasl olish sut mahsulotlarini oldindan tayYorlab qo‘yish, Chorvachilik xomashYosini qayta ishlash, sovun qaynatish, qish uchun kuzda go‘sht va moy tayYorlash va b.).
IV. Nasl olish Yoki hayvonlarni saqlash va boqish.
Turli hayvonlarda bir erkak hayvonga to‘g‘ri keladigan urg‘ochi hayvonlarning soni. Vaqtidan oldin urchishning oldini olish choralari. Urchitishni boshlashdan oldingi udumlari.
Turli hayvonlarda ommaviy bolalash davri. Doimiy ko‘chib yuruvchi Chorvadorlarning bolalatishni tashkil etish. Turli hayvonlarning tug‘ishiga Yordamlashish usullari. Nasl olish bilan bog‘liq udumlar. YAngi tug‘ilgan jonivorlarga qarash. Qo‘zi va uloqlarni saqlash uchun o‘tovlar Yoki maxsus joylar qurilishi. Bo‘taloq Yoki buzoqlarni saqlash. Uzoq ko‘chuvlarda Yosh hayvonlarni tashish. Ularning emizilishi va ajratish.
Yosh hayvonlardan nasl uchun erkaklarini ajratib olish. Qolgan erkak hayvonlarni bichish usullari. Bichish qurollari va mutaxassislari.
Yosh hayvon (qo‘zi, qulun, buzoq, bo‘taloq)larni arqonlash. Ularning usullari va irimlari. YOsh hayvonlarni onasini emizishga to‘sqinlik qiladigan moslamalar.
Toy va bo‘taloqlarni egarga o‘rgatish usullari. Minib yurish va yuk tashishda ishlatiladigan moslamalar. Qamchi turlari. Hayvonlarni tutish uchun qurol va moslamalar (arqon, sirtmoq).
Tushovning har xil turlari (arqon, teri, temir).
V. Sutchilik xo‘jaligi.
Qo‘y, echki, tuya, biya, sigir sog‘ish usullari. Ishlatiladigan idishlar. Sog‘ishda erkak, aYol, o‘smir va bolalarning ishtiroki. Qo‘zi, buzoq, qulun va bolalarini emdirib olish. Sog‘ishda iydirishning turli Yo‘llari.
Turli hayvonlarning sutini ishlatilishi. Sut mahsulotlarining turlari va ularni tayYorlash usullari. Sut mahsulotlarini tayYorlash, saqlash va tashishda qo‘llanadigan idishlar. SarYog‘ olish. Sut mahsulotlarini oldindan tayYorlab qo‘yish.
VI. Qo‘y yungini olish, yung va mo‘y yig‘ish.
Qo‘y yungini bahorgi va kuzgi qirqish. Qo‘zilarni yungini olish. YUvish. Ishlatiladigan buyumlar. YUng qirqish bilan bog‘liq udumlar. Tuyani yungini olish. Qirqish usullari. Echkining juni va tivitini olish. Ot va toylarning dumi va Yolini qirqish.
VII. Uy hayvonlarining alohida turlarini saqlash, foydalanish va boqish xususiyatlari.
1. Qo‘y va echkilar. Urg‘ochi hayvonlarni qochirishdan oldin alohida haydab boqish. Nasldor qo‘chqorlarni alohida boqish. Ularga chopishdan oldin em berish. Alohida xo‘jaliklarga tegishli qo‘ylarni Yollangan Cho’ponning qo‘shib boqishi. Qo‘ylarni qo‘shimcha oziqlantirish (qattiq qishlarda). Ovuldan uzoqda yaylovda Yotib qolish (Yozgi mavsumda). Qo‘y otarini boshqarish va qo‘ylarni tutish. Turli mavsumlarda bir Cho’ponning qanchagacha qo‘yni boqishi. Suvlash. Tunash. Kechasi qo‘riqlash. Sanash usullari. CHo‘miltirish.
Qorako‘l qo‘ylarni saqlash va haydab boqish. Qorako‘l terisini olish. Echkilarning xo‘jalikdagi ahamiyati.
2. Otlar. Turli xo‘jalik tiplarida otlarning o‘rni. Mayda Chorvadorlarning otlarni navbat bilan boqishi. Sog‘iladigan biyalarni kunduzi va kechasi haydab boqish. Uyurni bir sutka davomida navbat bilan boqishi bo‘ron vaqtida yilqilarni qo‘riqlash usullari. Oriq biyalarni oldin va keyin qo‘shimcha oziqlantirish. Urchish va yangi uyurlar vujudga kelishi. shu bilan bog‘liq udumlar. Otlarni taqalash.
Qulunlarning biyalar bilan bo‘lish muddati. Qimiz tayYorlash va u bilan bog‘liq udumlar.
YOsh va voyaga etgan otlarni egarlarga va minib yurishga o‘rgatish. Poygaga o‘rgatish. Egar va ot anjomlarining turlari.
Miniladigan va ishchi otlarni parvarish qilish.
3. Qoramol. Qoramollarning o‘troq, yarim o‘troq xo‘jaliklardagi o‘rni.
Xo‘kizlardan foydalanish (dala ishlarida, yuk tashishda). Erta bahorda sigirlarning bolalashidan oldin qo‘shimcha oziqlantirish. Buzoqlarni bog‘lab sog‘ish. Qoramollarni turli mavsumlarda haydab boqish va parvarishlash.
4. Tuyalar. Zotlari (bir o‘kachlik, ikki o‘rkachlik). Tuyalarni haydab boqish xususiyatlari. Bitta tuya boquvchiga to‘g‘ri keladigan tuyalar soni. Qishda boqish.
Urg‘ochi tuyalar va nasldor tuya. Tuyalarni ishga o‘rgatish (qanday usul bilan, necha Yoshdan). Tuya egari va anjomlari.
5. Eshak va xachirlar.
VIII. Qish uchun em-xashak tayYorlash.
Xashak jamg‘arish, uni saqlash. Don va em tayYorlash, ularni saqlash usullari.
IX. Xo‘jalik binolari.
Xo‘jalik binolari tiplari va qo‘llanishi. Bino qurishda foydalanilgan xom ashYo (loy, bo‘yra, qamish).
Binolar rejasi.
Mayda mollar uchun sodda qo‘ra va bostirmalar. Otlar uchun usti Yopiq bostirma va qo‘ralar. YAylovda yashash uchun va xo‘jalik binolari.
X. Chorvachilik bilan aloqador xalq bilimlari.
a) Xalq veterinariyasi.
Uy hayvonlari kasalliklari va ularni davolashning usullari. Singan suyaklarni davolash. Hayvonlarni davolash davomida qo‘llaniladigan jihoz va qurollar.
b) Xalq meteorologiyasi.
Hisobchilar. Ob-havo kuzatish tajribalari. Mavsumning qanday bo‘lishini hisoblash. Mashhur xalq meteorologlari haqida hikoyalar. Fenologik kuzatishlar.
v) Xalq astronomiyasi.
YUlduzlar va ularni joylashuvi haqida tasavvurlar. Yo‘lni, joyni aniqlashda ulardan foydalanish.
Vaqt hisobi.
g) Singchi. Izchi.
XI. Marosimlar, udumlar davomidagi sehrgarlik usullari.
Uy hayvonlarining kelib chiqishi haqidagi afsonalar. Chorvachilik pirlari. «Arvohi pir» marosimi. Hayvonlarga o‘lat Yoki boshqa kasalliklar tekkanda jamoa bilan Yoki yakka tartibda duolar o‘qilishi.
Qurbonlik qilinadigan hayvonlar. Hayvonga sig‘inish sarqitlari. Tumorlar. Isiriq tutatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |