III. «Chorvachilik» mavzusini o‘rganish dasturi.
Chorvachilik - O‘zbekiston aholisi xo‘jalik faoliyatining asosiy va eng qadimiy turlaridan biri. Boshqa hududlar aholisining Chorvachiligi bilan ko‘pgina o‘xshash jihatlari bo‘lsada, O‘zbekistondagi etnik guruhlarning har birida uy hayvonlarini boqishda o‘ziga xos usullari va jihatlari bo‘lishi tabiiy. shu bilan birgalikda, hatto bir elat istiqomat qiladigan hududda ham Chorvachilik xo‘jaligini yuritishdagi tabiiy-geografik sharoitlar tufayli, qo‘shni xalqlarning ta’siri Yoki ijtimoiy-iqtisodiy sabablar natijasida xilma-xil usullardan foydalanganliklarini kuzatishimiz mumkin.
Tadqiqotchi Chorvachilik xo‘jaligining o‘rganilaYotgan davrdagi qadimdan shakllangan bir qancha tiplarini uchratishi mumkin. Bular, yarim o‘troq Chorvachilik Yoki o‘troq xo‘jalikning bir sohasi sifatida Chorvachilik bo‘lishi mumkin. Bu Chorvachilik tiplari turli joylarda o‘ziga xos variantlarga ega bo‘lishi mumkin. O‘troq aholida Chorva boqishning qo‘ra Yoki qo‘ra-yaylov tizimi, yarim o‘troq aholida haydov-yaylov tizimi, ko‘chmanchi aholida esa yaylov tizimi ustun turgan.
Ko‘pgina Chorvador elatlar asosiy mashg‘ulotlari bilan birga ozmi-ko‘pmi darajada dehqonchilik bilan ham shug‘ullanganlar. Bu narsa ularning turmush-tarzi, moddiy madaniyatida ham aks etgan.
Chorvachilikni tadqiq etishda turli xil manbalardan: adabiYotlar, arxiv materiallari, muzey to‘plamlari, fotosurat, surat va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Ushbu dastur O‘zbekiston hududida dala tarixiy etnografik materiallar yig‘ish uchun qo‘llanmadir.
Materiallar yig‘ishda quyidagi spetsifik usullaridan foydalanish muhim:
1. Tadqiqotchi o‘rganilaYotgan etnik guruhning Chorvachilik xo‘jaligi xarakteri haqidagi hamma materianing shu etnik guruh yashaYotgan barcha hududlar bo‘yicha aniq geografik lokallashtirishga katta e’tibor berishi kerak.
Shu sababli dalaga chiqishdan oldin o‘rganilayotgan etnik guruhning Chorvachiligini xarakterlaydigan asosiy adabiYotlar bilan tanishib, mavzuning o‘rganilishi darajasini aniqlashtirish lozim. O‘rganilaYotgan hududning geografik xaritasiga ega bo‘lishi katta ahamiyatga ega.
2. Dala tadqiqotlari davomida tasviriy materiallar, fotografiyalar, chizmalar, rejalar, sxemalarni to‘plash, Chorvachilikning asosiy tiplari va usullarini tasvirlashda ulardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Dala materiallarini to‘plashda imkoni boricha o‘rganilaYotgan davrda xo‘jalikning shu turi bilan shug‘ullangan, katta tajribaga ega bo‘lgan podachi, Cho’pon, otboqar va boshqalardan ma’lumot olishga e’tibor qaratilishi kerak. Bir yillik uzluksiz xo‘jalik sikli, kerakli Chorvachilik tipi (ko‘chmanchi, yarim o‘troq, o‘troq) bilan bog‘liq holda tasvirlab berilishi shart.
Hayvonlarning alohida turlarini ko‘paytirish - qo‘ychilik, yilqichilik haqida material to‘plash, sutchilik xo‘jaligi, xalq veterinariyasi, xo‘jalik binolari ham alohida mavzu bo‘lishi mumkin. Chorvachilik xo‘jaligining mavusmiy sikllari (m-n: qishqi mavsum)ni tasvirlab berishi ham mumkin.
Ishlab chiqarish jaraYonini o‘rganishda unga tegishli terminlarni astoydil Yozib olib, tasvirlash jaraYonida tushuntiruvchi sxema va chizmalar, fotosuratlar qilish zarur.
Chorvachilikda ishlatiladigan mehnat qurollari va boshqa buyumlarni tasvirlashda qurollar va buyumlarning hamma qismlarining mahalliy nomlari keltirilishi, ularning o‘lchamlari, yasalgan xom-ashYo, qurol ishlatilaYotgan vaqtdagi texnik o‘rni berilishi kerak; chizma va sur’atlari chizilishi lozim. Qurolning tarqalish darajasi va ishlatilishi haqida ma’lumot berilishi va terminologiya Yozilishi muhim.
Yillik ko‘chish siklini tadqiq etilaYotgan vaqtda xaritaga ko‘chish Yo‘li, undagi yaylovlar, qishlovlar, quduqlar, daraxtzorlar bilan birga tushirilishi kerak. Qo‘shni xalqlardan olingan Chorvachilik usullari haqidagi ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratilsa yanada yaxshi.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Tadqiqot o‘tkazilaYotgan joy haqidagi ma’lumotlar.
Etnik guruh.
Chorvachilik xo‘jaligi tipining dehqonchilik bilan bog‘liqligi. Xo‘jalikka tabiiy-geografik sharoitning ta’siri.
Chorva: a) Chorva turlari, ularning podadagi nisbati, xo‘jalikda u Yoki bu turning qachon paydo bo‘lganligi, azaliymi Yoki keyinchalik kirib kelganligi. b) hayvonlarning zotlari, ularning yaxshilanishi. Uy hayvonlarining har xil turlarining xo‘jalikdagi ahamiyati. Ishchi, sog‘iladigan, miniladigan uy hayvonlari turlari. Hayvonlarning Yoshini aniqlash usullari. v) Chorvaning hamma turlarining jinsi va Yoshiga ko‘ra atalishi. g) Chorvani tamg‘alash, qanday hayvonlarga tamg‘a qo‘yiladi. Usullar va qurollari. Turli etnik guruhlarga xos tamg‘alarning tuzilishi. Hayvonlarning quloqlaridagi va burun (ot)laridagi tamg‘a va belgilarning qo‘yilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |