108
topdi. Fransiyadan uzoqlashib ketgan ko'p sonli Fransuz armiyasini oziq-ovqat,
kiyim-kechak, o'q-dori bilan ta'minlashdagi uzilishlar, Rossiya hududining
kengligi,
qahraton qish, Bagration, Kutuzov kabi tajribali sarkardalarning rus
qo'shiniga qo'mondonlik qilishi oqibatida Napoleonning Rossiyaga yurishi
barbod bo'ldi. Mag’lubiyatga uchragan fransuz armiyasini nafaqaf
Rossiyadan balkiYevropa davlatlari hududidan haydab chiqarishda Rossiya armiyasi
muhim rol o'ynadi.Angliyaning tezlashi bilan Eron 1826 yilda Kavkaz ortiga hujum
qilib, navbatdagi rus-Eron urushini boshladi. Biroq, tezda mag'lubiyatga uchragan
Eron Turkmanchoy qishlog'ida sulh shartnomasini imzolashga majbur bo'ldi. Unga
muvofiq Kavkaz ortidagi Naxchevon va Yerevan xonliklari Rossiyaga o'tdi. Eron 20
mln. rubl kumush miqdorida kontribusiya to'lash majburiyatini oldi.Rossiya 1828-
1829-yillardagi Rus-turk urushida Turkiyani mag'lubiyatga uchralibBolqonda o'z
mavqeini mustahkamlashga erishdi. Xulosa qilib aytganda, XIX asrning birinchi
yarmida Rossiya tashqi siyosat bobida bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi.Napoleon
urushlari Rossiyaning ijtimoiy va iqtisodiy ahvoliga halokatli ta'sir qildi. Urush
davomida mamlakatning g'arbiy va markaziy guberniyalari talanib, butunlay vayron
qilindi, ishlab chiqarish kuchlariga katta zarar yetkazildi. Natijada urushdan keyingi
1812 -1817 yillarda dehqonlarning krepostnoylik tizimga qarshi 90
ga yaqin
norozilik chiqishlari bo'lib o'tdi.XIX asrning boshlarida Rossiyadagi murakkab
ijtimoiy-siyosiy vaziyat, Yevropadagi inqilobiy harakatlar, Napoleon urushi
davomida Fransiyada va boshqa Yevropa davlatlarida siyosiy kurashning guvohi
bo'lgan. Rossiyaning yosh dvoryan zobitlari dunyoqarashida keskin o'zgarish
yo'z byerdi. Ular burjua erkinliklari joriy qilingan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan,
Yevropa bilan krepostnoylik tuzumi hukumronlik qilayotgan va iqtisodiy
jihatdan qoloq bo'lgan Rossiyani solishtirib ko'rib, Rossiya uchun ham buyuk
o'zgarishlar va yangilanishlar lozim degan xulosaga keldilar.1816
yilda harbiy
zobitlar A.Muravyov, I.D.Yakushkin, P.I. Pestel tomonidan «Qutqarish ittifoqi»
nomli siyosiy tashkilot tuzdi. Bu ittifoq krepostnoylik huquqini bekor qilish va chor
samodyerjaviyasini ag'darishni o'zining asosiy maqsadi deb bildi. 1818 yilda bu
ittifoq «Farog'at ittifoqi» deb atala boshladi. 1821 yilda poytaxtga rus harbiy
qo'shini orasida norozilik kayfiyatining kuchayishi natijasida mazkur ittifoq tarqatib
yuborildi.«Farog’at ittifoqi» tarqatib yuborilgach, shu yili uning a'zolari
Peterburgda N.Muravyov boshchiligida «Shimoliy ittifoq» va Ukrainada P.Pestel
rahbarligida «Janubiy ittifoq” tashkil qildi. Har ikkala ittifoq o'zaro aloqada
bo'lib, birgalikda harakat qilish dasturini tuzdilar va 1826 yil bahorida poytaxtda
hokimiyatni qo'lga olish haqida kelishib oldilar. 1825 yil dekabrda Aleksandr 1
vafot etdi. 1825-1865 yil 25 dekabrda Aleksandr 1 ning ukasi Nikolay taxtga
o'tirdi. Janubiy va Shimoliy ittifoqlar 26 dekabr kuni qo'zg'olon uyushtirishga qaror
qildilar. Ularning asosiy maqsadi senat tomonidan demokratik erkinliklarni
e'lon
qilinishiga, krepostnoylik huquqini bekor qilinishiga va ta'sis majlisini
chaqirishga erishish edi.26 dekabr kuni qo'zg'olon Sankt-Peterburgdagi harbiy
qismlar orasida boshlandi. Qo'zg'olonchilarning soni 3 ming kishiga edi, ular senat
maydonida hukumat qo'shini tomonidan qurshovga olinib, to'pga tutildi.
Qo'zg'olon qisqa vaqtda bostirildi. Bu qo'zg'olon dekabr oyida ko'tarilganligi
sababli tarixga «Dekabristlar qo'zg'oloni» nomi bilan kirdi.Nikolay 1 (1825-
1855yillar) o'zining 30 yillik hukumronligi davomida mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy hayotida dvoryanlar tabaqasining hukumronligini tiklashga
harakat qildi. Shu va podsho hokimiyatini himoya qilish maqsadida 1826-yil
109
podsho devonxonasida «3-bo'lim» tashkil qilindi. Maxsus jandarm korpusiga ega
bo'lgan bu bo'lim siyosiy ahvolni nazorat qilish bilan shug'ullanib, shaxsan Nikolay
1 ning o'ziga bo'ysungan. Chor Rossiyasining
jandarm-politsiya rejimi
hokimiyatiga qarshi har qanday qarshilikni shafqatsiz ravishda bostirgan.
Hukumat dvoryanlarining moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida, 1836-
yillarda pomeshchiklarga 300 ming desyatinadan ortiq davlat yerlarini bo'lib
bergan. Shu yili dvoryanlarning kreposlnoy dehqonlarga egalik qilishdagi
hukumronligi yana bir marotaba e'tirof etildi. 1845-yilda «Mayorat» haqidagi qonun
qabul qilingan. Bu qonun yirik dvoryan-pomeshchiklarning mulk yerlarini
merosxo'rlar o'rtasida mayda uchastkalarga taqsimlanishini ta'qiqlagan.Nikolay 1
hukumati dehqonlarga nisbatan tutgan siyosatida ba'zan chekinishlar ham qilingan,
1842 yil «Majburiyatli dehqonlar» haqida qonun chiqdi. Mazkur qonun krepostnoy
dehqonlarni to'lov asosida ozod qilinishiga ruxsat berdi. Majburiyatli dehqonlar
«Erkin g'allakorlar» dan farqli ravishda xususiy yer uchastkalariga egalik qila
olmaganlar va ularga pomeshchik yerlaridan vaqtincha foydalanishga ruxsat etilgan.
1835 yilda manufaktura va fabrikalarda yollanib ishlayotgan dehqonlarni shartnoma
muddati tugaguncha pomeshchiklar tomonidan chaqirib olinishi taqiqlandi. 1845-
yilda esa zavod va fabrikalarda 12 yoshgacha bo'lgan bolalarning tungi mehnatidan
foydalanishni ta'qiqlovchi qonun chiqdi.XIX asrning o'rtalarida Rossiya aholisi 62
mln
kishiga eldi, uning 80% krepostnoy, dehqonlardan, 1% dvoryan-
pomeshchiklardan iborat edi. Bu XIX asrning birinchi yarmida ham dehqonlarni
ommaviy tarzda xonavayron bo'lish holatlarini davom etganligidan dalolat beradi.
Mamlakatda krepostnoylik huquqi va boshqa ko'plab feodal munosabatlarning
hukumronligi,
chor
samodyerjaviyasining
yakka
hokimligi,
kapitalistik
munosabatlarning keng ravishda rivojlanishiga g'ov bo'lmoqda edi.XIX asrning
30-40-yillarida rus xalqining ilg'or vakillari Rossiyaning ijtimoiy hayotida
ulkan
o'zgarishlar qilish lozimligini bashorat qila boshladilar. Ularning orasida
A.Gyertsen, N,Ogaryov, V.Belinskiy kabi inqilobiy demokratlar katta rol o'ynadilar.
Natijada Rossiyaning kelgusidagi taraqqiyot yo'lini muhokama qilish oqibalida
«Slavyanofillar» (slavyanlarning ya'ni, Rossiyaning alohida taraqqiyot yo'li bor
deb, g'arb davlatlariga uni qarshi qo'yuvchilar va «g'arbchilar» (Rossiyada ham
g'arbdagi kabi burjua islohotlarini amalga oshirish lozim, deb hisoblovchilar) kabi
iqtisodiy , siyosiy g'oyalar paydo bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: