3
Kirish. Yangi tarix fanining predmeti va vazifalari.
Reja:
1.Kirish. Jahon tarixida Yangi tarix davrining o'rni. Yangi tarix fanining, predmeti
vavazifalari.
2.Yangi tarix fanini davrlashtirish.
3.Yangi tarixning jahon qit'alaridagi umumiy
xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar:
Jahon tarixida yangi davr. Yangi tarix fani predmeti va uning vazifalari,
davrlashtirish va uning bosqichlari. Prezident I.Karimov jahon hamjamiyati
iqtisodiyotining tajribasi va O’rta Osiyo tarixining xususiyati haqida.
Yangi
tarixning jahon qit'alaridagi umumiy belgilari: Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika,
Avstraliya.
Jahon tarixida yangi tarix davrining o'rni.Yangi tarix fanining predmeti va
vazifalari.
XVIIasrga kelib insoniyat tarixidagi o'rta asrlar davri feodal yermulk
munosabatlarining cheksiz hukmronligiga putur etdi. XVII-XVIII asrlarda qo'l
mehnatiga asoslangan manufakturalar o'rnini mashinalashgan kapitalistik
korxonalar egalladi.Sanoat to'ntarishi yuz berdi. Bu inqilobiy o'zgarish jamiyat
hayotining barcha sohalariga-iqtisod, siyosat, ijtimoiy
va madaniyat jabhalariga,
kishilarning ongi va ruhiyatiga, mehnati va turmushiga ta'sir qildi. Angliyada
vujudga kelgan va jahonning eng yirik mamlakatlarini qamrab olgan bu
o'zgarishlar, kishilik jamiyati tarixida yangi davrni boshlab berdi.
Bu davrda sodir bo'lgan voqea-hodisalar hozirgi zamon tarixchiligida "Yangi
tarix" -deb nomlangan fan tomonidan o'rganiladi. Shunday qilib, "Yangi tarix"
fanining predmeti insoniyat tarixining XVII asr o'rtalarida Angliyada bo'lib o'tgan
burjua inqilobidan
to XX asr boshlarigacha, ya'ni 1-jahon urushiga qadar
voqealarini o'z ichiga oladi."Yangi tarix" insoniyat taraqqiyotining muhim
bosqichlaridan biri bo'lib, uni o'rganmasdan turib, bugungi murakkab va
ziddiyatlarga to'la dunyoning rivojlanish sabablarini va taraqqiyot yo'nalishini
anglash qiyin. Jahon taraqqiyotida jamiyat ijtimoiy tuzumining va ishlab
chiqaruvchi kuchlarning o'sishi turli sur'atlarda yuz bergan.
Ayrim mamlakatlar
tarixida yuksalish va taraqqiyot, boshqalarida esa turg'unlik, tanazzul, hatto orqaga
ketish hollari bo'lgan. Ba'zi qit'alardagi xalqlar taraqqiyoti bir necha asrlar orqaga
surib yuborilgan."Yangi tarix" fanining vazifasi talabalarga rivojlangan
davlatlardagi yutuqlar sabablarini ko'rsalish, orqada qolib ketgan mamlakatlardagi
turg’unlik va qoloqlik qanday yuz berganini tushuntirishdir. Chunki tarix
yo'nalishi bo’yicha mutaxassislikni tanlagan kishi XVII asr o'rtalaridan
Angliyadagi mustabid tuzumga qarshi inqilob nafaqat sanoatda, balki kishilarning
ijtimoiy, siyosiy faoliyatida, hatto ongi va ruhiyatiga juda katta ta'sir qilganligini,
xuddi ana shu buyuk voqea jahonning yirik davlatlari rivojiga u yoki bu yo'sinda
turtki bo'lganligini anglashi, uning natijasida dunyoning qator mamlakatlari bir
tomondan, rivojlanish bosqichiga qadam qo'ygan bo'lsalar,
ikkinchi tomondan,
ular aynan, XVII asr o’rtalaridan e'tiboran mustamlakalar bosib olish siyosatini
o'tkaza boshlaganlarini anglashlari va bu siyosat XIX asr oxiri va XX asr
boshlariga kelib insoniyat uchun katta xavf tug'dirgan, dunyoni bo'lib olish kabi
maqsadlarga xizmat qilganligini. Oxir oqibat, 1-jahon urushi kelib chiqqani bilan
bog'liq bilimlarni yaxshi o'zlashtirgan holda kelajakda bu bilimlardan yosh avlodni
4
tarbiyalash va zarur bo'lganda tarix ixtisosligi yuzasidan foydalana olishlari juda
muhim."Yangi tarix" kursining yana bir vaziiasi-bozor iqtisodiyoti yo'lini
bosib
o'tgan mamlakatlar tajribasini yosh tarixchi mutaxassislarga o’kazish orqali, bu
bilimlar shu yo'lni tanlagan va undan tobora ilgari odimlayotgan mamlakatimiz
yoshlari uchun naqadar zarurligini anglatish orqali, puxta bilim hosil qilishdir.
Xo'jalik taraqqiyotining tarixiy tajribasidan foydalanish, yo’l qo'yilgan xatolarni
bugungi kunda takrorlamaslik, mamlakatimizda buyuk jamiyat qurishni maqsadiga
yangilashtiradi va jahon hamjamiyatida munosib joy egallashimizni tezlashtiradi.
Shu sababdan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning
quyidagi fikrlari juda
o’rinlidir: "Biz turli mamlakatlar iqtisodiyotining o'ziga xos taraqqiyotini diqqat
e'tibor bilan o'rganamiz, jahon amaliyoti va jahon tafakkurida to'plangan eng
yaxshi tajribalarni o'zimizda qo'llashni or bilmaymiz, aksincha, bunday intilishni
har jihatdan rag'batlantiramiz".
Shuning uchun ham ushbu kursda o'tilayotgan
mavzularni puxta
o'zlashtirish, ularni kelajakda yosh avlodga etkazish va har bir siyosat bilan
aloqador inson o'z faoliyatida foydalana olishi uchun zamin tayyorlashda juda
katta ahamiyat kasb etadi.