37
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida
AQSH murakkab ijtimoiy
muammolarga duch keldi. Bulardan eng yiriklari mahalliy hindular,
negrlar bilan bog’liq bo’lib, milliy masala o’tkirligicha qolayotgan edi. Sanoatning
tez rivojlanishi yerli hindulardan tortib olingan yerlarni mumkin qadar tezroq
o’zlashtirish, Sharqiy shtatlar bilan g’arbiy hududlarni qo’shish, undan ishlab
chiqarilgan maxsulotlarni
bozorlarga sotish, ko’plab temiryo’llar qurishni talab
qilardi. Mamlakatda aholi soni tez o’sdi. "Ko’hna dunyo"dan "baxt" qidirib
kelganlar bu yerda mashaqqatli mehnatga duch keldilar. Kasaba uyushmalari zaif,
milliy ishchilar ittifoqi 6-7 yildan so’ng tarqab ketdi. Ishchilarni himoya qiladigan
kuch yo’q edi. Ishchilar noroziligi ko’payib bordi. 1877 yilda AQSH temir
yo’lchilari ish tashladi va u 17 shtatga tarqaldi.
Ularga qarshi armiya, politsiya
tashlandi. Amalda bu "kichik" fuqarolar urushiga aylandi. Pitsburgda ishchilar
hukumat qo’shinlarini yengib, 7 kun shaharga ega bo’ldilar. Sent -Luistda ham
ishchilar ikki hafta hukumron bo’ldilar.
Nyu York, Ogayo, Indiana, Illinoys
shtatlarida qurolli qo’zg’alonlar bo’ldi. 1886 yil 1-mayda Chikago ishchilaridan
350 mingtasi ish tashladi. Ular 8 soatlik ish kuni talab qildilar. 3-mayda ular Senno
maydoniga mitingga to’plandilar, ammo politsiya namoyishchilarni o’qqa tutdi. Bu
xunrezlik ommaviy mitinglar namoyishlarni yanada kuchaytirdi. Hukumat ko’plab
ishchilarni qamoqqa oldi. 1887 yil 11-noyabrda ishchi rahbarlaridan 4 kishi
Parsons, Fisher, Engel, Shpis dorga osildi. Shpis so’ngi so’zida: "Bizning
sukunatimiz nutqlarimizdan ham dahshatli bo’ladi" degan edi. Bu qonli o’ch olish
dunyoni larzaga soldi. Jahondagi ishchilar Chekago
ishchilari bilan hamkorlik
bildirib, shu kunni ishchilarning birdamlik ramzi sifatida nishonlaydigan bo’ldilar.
G’arbdagi ba'zi mamlakatlarda bu kunni hozir ham birdamlik kuni sifatida bayram
qilib kelmoqda.1886 yilda AQSH da kasaba uyushmalari "Amerika mehnat
federatsiyasi" tahkil topdi. 1867 yilda fermerlarning grenjerlar tashkiloti tuzildi.
Uning safida 1,5 million a'zosi bo’lib, 32 shtatda bo’limlari bo’lgan. XIX asrning
60 yillar oxiridag’arbdagi agrar shtatlarda fermerlarning harakati boshlanib ketdi.
Bu harakat tarixda Grenjerlar harakati deb nom oldi. "Grensh" - "fermer" degani
AQSH da qishloq xo’jaligida noroziliklar fermerlar harakati ko’rinishida bo’lib
o’tgan agrar shtatlar Illinoes, Vesponsin, Ayova, Minnisota, ko’p o’tmay grenjlar
harakati grinbeklarga bo’shatib berildi. Grinbek - "ko’k yelka"
dollarining orqa
tomoni degan ma'noni anglatadi. Fuqarolar urushidan so’ng mamlakatda 450
milliard qog’oz pul chiqarilgan. Uushdan so’ng bu pullarning kursi 50 % ga tushib
ketdi. Bankirlar va omonatchilar uni bekor qilishni talab etdi. Hukumat 1875 yil
uni tillaga ayirish va sekin-asta mulklarga chiqish yo’lini tutdi. Ammo fermerlar
bunga qarshilik ko’rsatgan edilar. 1875-1876 yillarda grinbeklar ittifoqi tuzilgan
edi. Hatto ular 1878 yil saylovlarda 1 mln. ovoz va kongresda 15 o’rin olgan
edilar. Ammo keyin sayovlarda bu partiyaning ta'siri ham, 90 yillarga kelib o’zi
ham yo’qolib ketgan edi. AQSH siyosiy partiyalarinign hukmronligi quyidagicha
sodir bo’ldi:
AQSH prezidentlari (1865-1913 yy):
17-Endryu Jonson (1808-1875, 1865-1869)
tikuvchi, senator,
respublikachi
18-Uliss Grand (1822-1885, 1869-1877) harbiy, senator, respublikachi.
38
19-Ratterford Xeys (1822-1885, 1877-1881) yurist, senator,
respublikachi.
20-Jeyms Garfild (1831-1881, 1881-l887) yurist, senator, respublikachi
21-Chester Artur (1829-1886, 1887-1885) yurist, senator, respublikachi
22-Grover Klivlend (1815-1889, 1885-1889) yurist, demokrat.
23-Benjamin Garrison (1883-1908, 1889-1894) yurist, respublikachi
24-Uilyam Makkinli (1843-1901, 1897-1901) yurist, respublikachi
25-Teodor Ruzvelt (1858-1919,1901-1909) yozuvchi, respublikachi, "Nobel"
mukofoti berilgan.
26-Uilyam Taft (1857-1930, 1909-1913) yurist, respublikachi.
27-Vudro
Vilson
(1856-1924,
1913-1921)
o’qituvchi,
demokrat,
PrinstonUniversitetining tarix va huquq professori, rektori.
Vilson prezidentligi
davrida bojlarni 10 % ga kamaytirdi. (Unlervud qonuni), daromadlarning oshib
borishiga qarab qo’shimcha soliq joriy etildi, Senatorlarni oldin shtatlarning qonun
chiqaruvchi organlari saylagan bo’lsa, endi xalq saylaydigan bo’ldi, mahalliy
banklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi zahira bank tashkil etildi, 1914
yilda
trestlarga qarshi Kleyton qonuni kuchga kirdi. Unda ish yashlash davrida yetgan
zararni kasaba uyushmalari talab qila olmasligi korsatilgan edi.Vilson ham AQSH
ning jahonda hukmron bo’lishi uchun katta hissa qo’shdi. U shunday deyishni
yaxshi ko’rgan: "Biz yangi davr arafasida turibmiz,
bu davrda amerikaliklar
dunyoni idora qilishlari kerak". V.Vilson yirik monopolyalarga sadoqat bilan
xizmat qildi. U Nobel mukofotini olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: